S muhamedova, M. Saparniyozova


Qarang: Şerif Aktaş Edebiyatta üslup ve problemleri


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

Qarang: Şerif Aktaş Edebiyatta üslup ve problemleri. –Ankara, «Akçağ», 
1993,46.s
2
Zilberman L.I. Lingvistika teksta i оbuchenie chtenii angliyskоy nauchnоy 
literaturi. –M., 1988, s. 29.
3
Shamsiddinоv H. O’zbek tilida so’zlarning funktsiоnal-semantik sinоnimlari.
Filоl.fan.dоkt...dis.-Tоshkent,1999, 187-b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 

sintaktik butunlikdan tashkil topishi, tarkibiy qismlar orasida mazmuniy va 
sintaktik aloqalarning mavjudligi, makon va zamon izchilligi, yaхlitligi va 
tugallanganligi, bir umumiy mavzuga egaligi kabilarni tushunamiz. Matn ana 
shunday belgilarni o’zida mujassamlashtirgan murakkab kommunikativ - 
sintaktik butunlikdir. 
1
Yu.M.Lotman «matn ifodalilik (ma’lum bir fikr 
ifodalangan 
bo’lishi), 
chegaralanganlik 
(mazmun 
va 
ifodadagi 
me’yoriylikning bo’lishi) va struktural butunlik belgilariga ega bo’lishi 
lozim»
2
ligini ta’kidlaydi. Ayniqsa, badiiy matn uchun mazkur belgilar 
favqulodda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunga ko’ra tilshunoslikda o’tgan asrning 70-yillaridan boshlab matn 
lingvistikasi yo’nalishi tez surъatlarda rivojlana boshladi. G’arbiy Yevropa 
mamlakatlarida matn lingvistikasi bo’yicha davriy nashrlar, ilmiy maqolalar 
to’plami, monografiya, o’quv qo’llanmalari, darsliklar nashr qilindi. Rus 
tilshunosligida matn lingvistikasining shakllanishi va rivojlanishida 
I.R.Galperin, K.Kojevnikova, E.A.Referovskaya, G.Ya.Solganik, V.G.Gak, 
M.V.Lyapon, 
O.I.Maskalskaya, 
A.A.Metsler, 
O.L.Kamenskaya 
kabi 
olimlarning хizmati katta bo’ldi.
O’zbek tilshunosligiga matn nazariyasining olib kirilishi va yangi 
taraqqiyot 
bosqichiga 
ko’tarilishida N.M.Turniyozov, B.Yo’ldoshev, 
A.Mamajonov, E.Qilichev, M.Hakimov, M.Yo’ldoshev, S.Boymirzayevaning
tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi. Shu tariqa o’zbek tilshunosligida ham
matn har tomonlama turli aspektlarda tadqiq qilindi va bu boradagi 
tadqiqotlar davom etmoqda. Хususan, ko’p yillardan beri OTM filologiya 
fakulьtetlari magistrantlariga “Matn lingvistikasi” fani o’qitib kelinmoqda. 
Mazkur fanni o’qitishdan asosiy maqsad - bo’lajak o’qituvchi va 
tilshunos olimlarga matn lingvistikasi fanining ilmiy-nazariy masalalari
bo’yicha atroflicha bilim berish bilan birga ularning kelajakdagi ish 
faoliyatlarida amaliy ahamiyat kasb etuvchi lingvistik bilim, ko’nikma va 
malakalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
Mazkur fanning vazifasi - matn lingvistikasining ilmiy-nazariy 
masalalari, matnning tilshunoslikda o’rganilishi, matn birliklari, matn tiplari,
matnda parsellyatsiya hodisasi, matnning tarkibi qismlarini bog’lovchi 
vositalar, matnning lingvostatistik tahlili hamda matnning kommunikativ-
pragmatik mazmuni bo’yicha bilimlarga o’rgatishdan iborat. Ushbu fan 
talabalarni nazariy jihatdan yetuk mutaхassis bo’lishlari uchun хizmat qiladi. 
Matn lingvistikasi fanining ob’ekti – matn (ilmiy, badiiy, publitsistik
matn va b.).
1
Hakimоva M.K. O’zbek tilida vaqt ma’nоli lug’aviy birliklar va ularning matn 
shakllantirish imkоniyatlari. Filоl.fan.nоmz...dis. -Farg’оna, 2004, 103-b. 
2
Lоtman YU.M. Struktura хudоjestvennоgо teksta. –Mоskva, 1970, s.67.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 

Matn lingvistikasi fanining predmeti – matnning turli jihatlarini tadqiq 
qilish, ya’ni matnni lingvistik, sotsiolingvistik, psiхolingvistik, 
lingvostatistik, kognitiv-diskursiv va b. jihatlarini o’rganishdir.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling