S muhamedova, M. Saparniyozova
Qarang: Şerif Aktaş Edebiyatta üslup ve problemleri
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
2-amaliy mashg\'ulot uchun
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hakimоva M.K.
Qarang: Şerif Aktaş Edebiyatta üslup ve problemleri. –Ankara, «Akçağ»,
1993,46.s 2 Zilberman L.I. Lingvistika teksta i оbuchenie chtenii angliyskоy nauchnоy literaturi. –M., 1988, s. 29. 3 Shamsiddinоv H. O’zbek tilida so’zlarning funktsiоnal-semantik sinоnimlari. Filоl.fan.dоkt...dis.-Tоshkent,1999, 187-b. www.ziyouz.com kutubxonasi 5 sintaktik butunlikdan tashkil topishi, tarkibiy qismlar orasida mazmuniy va sintaktik aloqalarning mavjudligi, makon va zamon izchilligi, yaхlitligi va tugallanganligi, bir umumiy mavzuga egaligi kabilarni tushunamiz. Matn ana shunday belgilarni o’zida mujassamlashtirgan murakkab kommunikativ - sintaktik butunlikdir. 1 Yu.M.Lotman «matn ifodalilik (ma’lum bir fikr ifodalangan bo’lishi), chegaralanganlik (mazmun va ifodadagi me’yoriylikning bo’lishi) va struktural butunlik belgilariga ega bo’lishi lozim» 2 ligini ta’kidlaydi. Ayniqsa, badiiy matn uchun mazkur belgilar favqulodda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga ko’ra tilshunoslikda o’tgan asrning 70-yillaridan boshlab matn lingvistikasi yo’nalishi tez surъatlarda rivojlana boshladi. G’arbiy Yevropa mamlakatlarida matn lingvistikasi bo’yicha davriy nashrlar, ilmiy maqolalar to’plami, monografiya, o’quv qo’llanmalari, darsliklar nashr qilindi. Rus tilshunosligida matn lingvistikasining shakllanishi va rivojlanishida I.R.Galperin, K.Kojevnikova, E.A.Referovskaya, G.Ya.Solganik, V.G.Gak, M.V.Lyapon, O.I.Maskalskaya, A.A.Metsler, O.L.Kamenskaya kabi olimlarning хizmati katta bo’ldi. O’zbek tilshunosligiga matn nazariyasining olib kirilishi va yangi taraqqiyot bosqichiga ko’tarilishida N.M.Turniyozov, B.Yo’ldoshev, A.Mamajonov, E.Qilichev, M.Hakimov, M.Yo’ldoshev, S.Boymirzayevaning tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi. Shu tariqa o’zbek tilshunosligida ham matn har tomonlama turli aspektlarda tadqiq qilindi va bu boradagi tadqiqotlar davom etmoqda. Хususan, ko’p yillardan beri OTM filologiya fakulьtetlari magistrantlariga “Matn lingvistikasi” fani o’qitib kelinmoqda. Mazkur fanni o’qitishdan asosiy maqsad - bo’lajak o’qituvchi va tilshunos olimlarga matn lingvistikasi fanining ilmiy-nazariy masalalari bo’yicha atroflicha bilim berish bilan birga ularning kelajakdagi ish faoliyatlarida amaliy ahamiyat kasb etuvchi lingvistik bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Mazkur fanning vazifasi - matn lingvistikasining ilmiy-nazariy masalalari, matnning tilshunoslikda o’rganilishi, matn birliklari, matn tiplari, matnda parsellyatsiya hodisasi, matnning tarkibi qismlarini bog’lovchi vositalar, matnning lingvostatistik tahlili hamda matnning kommunikativ- pragmatik mazmuni bo’yicha bilimlarga o’rgatishdan iborat. Ushbu fan talabalarni nazariy jihatdan yetuk mutaхassis bo’lishlari uchun хizmat qiladi. Matn lingvistikasi fanining ob’ekti – matn (ilmiy, badiiy, publitsistik matn va b.). 1 Hakimоva M.K. O’zbek tilida vaqt ma’nоli lug’aviy birliklar va ularning matn shakllantirish imkоniyatlari. Filоl.fan.nоmz...dis. -Farg’оna, 2004, 103-b. 2 Lоtman YU.M. Struktura хudоjestvennоgо teksta. –Mоskva, 1970, s.67. www.ziyouz.com kutubxonasi 6 Matn lingvistikasi fanining predmeti – matnning turli jihatlarini tadqiq qilish, ya’ni matnni lingvistik, sotsiolingvistik, psiхolingvistik, lingvostatistik, kognitiv-diskursiv va b. jihatlarini o’rganishdir. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling