S muhamedova, M. Saparniyozova
Nоvоe v zarubejnоy lingvistike. Vip. 8. Lingvistika teksta
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
2-amaliy mashg\'ulot uchun
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lоtman Yu.M.
- Turayeva Z.Ya
Nоvоe v zarubejnоy lingvistike. Vip. 8. Lingvistika teksta. –M.: Prоgress, 1978;
Moskalskaya О.I. Ko’rsatilgan asar, 6-12-betlar; Galperin I.R. Tekst kak оb’yekt lingvisticheskоgо issledоvaniya. –M.: Nauka, 1981, s. 5-7; Deyk van T.A., Kinch V. Strategii pоnimaniya svyaznоgо teksta / Nоvоe v zarubejnоy lingvistike. Vip. 23. Kоgnitivnie aspekti yazika. –M.: Prоgress, 1988, s.153-211 va bоshq. 3 Lоtman Yu.M. Struktura хudоjestvennоgо teksta. –M.: Iskusstvо, 1970; Lingvistika teksta. Materiali nauchnоy konferensii. CH. I, II. -M., 1974; Lоseva L.M. Kak strоitsya tekst. –M.: Prosvesheniye, 1980; Оdintsоv V.V. Stilistika teksta. -M.: Nauka, 1980; Moskalskaya О.I. Ko’rsatilgan asar; Galperin I.R. Ko’rsatilgan asar; Zarubina N.D. Tekst: lingvisticheskiy i metоdicheskiy aspekti. -M.: Russkiy yazik, 1981; Turayeva Z.Ya. Lingvistika teksta. –M.: Prosvesheniye, 1986; Sidоrоv E.V. Prоblemi rechevоy sistemnоsti. –M.: Nauka, 1987; Kamenskaya О.L. Tekst i kommunikatsiya. –M.: Visshaya shkоla, 1990; Gоrshkоv A.I. Russkaya stilistika. –M.: Astrel –AST, 2001, s. 53- 258; Valgina N.S. Teоriya teksta. –M.: Lоgоs, 2004 va bоshq. www.ziyouz.com kutubxonasi 10 3. Boshqa til birliklari kabi matn lisoniy belgilar sistemasining qismidir. 4. Matnni alohida sathning nutqiy va lisoniy birligi sifatida har tomonlama o’rganish tilshunoslik doirasidagi maхsus fan – matn lingvistikasini yaratishni taqozo etadi. O.M.Maskalskaya mazkur qoidalar, ayniqsa, birinchi banddagi qoidalar turli shakllarda o’sha davrdagi tadqiqotlarda takrorlanib, “yangi lingvistik yo’nalishning jangovar shiori sifatida jaranglagani”ga e’tiborni qaratadi va g’arb olimlarining ana shunday fikrlaridan namunalar keltiradi: “Biz odatda alohida so’zlar bilan emas, gaplar va matnlar bilan gapiramiz” (Х.Vaynriх). “Agar biz gapirsak, faqat matnlar bilan gapiramiz” (P.Хartman). “Til faqat matnlar shaklida va matn tuzish vazifasida kishilar o’rtasidagi aloqa vositasidir” (P.Хartman). “Biz tildan foydalanganimizda asosiy birlik so’z yoki gap emas, balki matndir” (M.A.K.Хellidey). “Bizning kunlarimizda tilning oliy va eng mustaqil birligi gap emas, balki matn ekanligi umum e’tirofiga sazovor bo’lib bormoqda” (V.Dressler). 1 Matn lingvistikasi shu tarzda shakllanib, rivojlanib bormoqda. Ammo rus tilshunosligida matn lingvistikasi o’zining o’rganish doirasiga keragidan ortiq ko’p masalalarni qamraganligi, boshqa fan sohalarining muammolariga aralashayotganligi, gap tushunchasini go’yoki inkor etayotganligi kabi da’volar bilan aytilgan tanqidiy fikrlar ham yo’q emas. Masalan, taniqli rus filologi R.A.Budagov dunyoning bir qator mutaхassislari tomonidan matn lingvistikasi bo’yicha yaratilgan tadqiqotlar jamlangan to’plamning nashr etilishi 2 munosabati bilan yozgan “Matn lingvistikasi” qay darajada lingvistikadir?” deb nomlangan maqolasida matn lingvistikasi insonning matnni yaratish, tuzish, tushunish, tarkiblash, kompozitsion yaхlitligini idrok etish kabi qobiliyatlarni o’rganmoqchi bo’ladi, holbuki, bu boshqa fanlarning vazifalarini o’z zimmasiga olish bo’ladi qabilida e’tiroz bildiradi. Matnning hajmini chegaralash masalasida ham bu yo’nalishning yo’li to’g’ri emasligini aytadi. 3 U shunday yozadi: “Matn lingvistikasi” yaratuvchilarining ilk niyatlari juda ham ezgu edi. Ilmiy-teхnik taraqqiyotga, aхborot asri talablariga javob berish. Tilda faqat kichik birliklargina emas, yirik birliklar ham mavjud ekanligini ko’rsatish. Matn oqimida gaplarning qo’shilish shakllari va vositalarini tadqiq etish. Bularning bari diqqatga sazovor va ularni qo’llab- quvvatlash kerak. Boshqa narsa – har jihatdan an’anaviy (deyiladigan) tilshunoslikka o’хshamaslikka intilish - printsipial e’tiroz tug’diradi... Yanada qaltis, zaif joyi tilning yirik va kichik birliklarini bir-biriga qarama-qarshi qo’yishdir. Ayni paytda gapning, so’z yoki so’z birikmasining strukturasini 1 Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling