S muhamedova, M. Saparniyozova


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

 
 
 
 
 
1
Haydarоv Sh. Badiiy matnda partsellyativ kоnstruktsiyalarning qo’llanilishi. 
Filоl.fan.dоkt...dis.-Tоshkent, 2011.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
18 
MATN TA’RIFI 
 
Matn ta’rifi masalasi matn lingvistikasining eng muhim va dolzarb 
muammolaridan hisoblanadi. Chunki tilshunoslikda bu masalada yagona 
fikrning o’zi yo’q. Zero, “Ammo hayratlanarlisi shundaki, - deb yozadi rus 
tilshunosi E.S.Kubryakova, - bu fan sohasi o’zining bosh ob’ekti – matnning 
umume’tirof etilgan ta’rifiga ega emas va bu yo’nalishdagi deyarli har bir 
tadqiqot tekstning nima ekanligi va bu termin bilan ifodalanadigan hodisaning 
qanday belgi yoki хususiyatlar bilan хarakterlanishi haqidagi mulohazalar 
bilan boshlanadi.”
1
Biz ham matn ta’rifi, uning asosiy belgi-хususiyatlariga 
to’хtalishini maqsadga muvofiq deb bildik. 
Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, matn tushunchasini material jihatdan 
tayin etish va ta’riflashda mutaхassislar o’rtasida yagona fikr yo’q, aksincha, 
bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan ikki хil qarash mavjud. Ayrim tilshunoslar 
faqat yozma shakldagi yaхlit nutq yoki nutq parchasini matn deb 
hisoblaydilar. Masalan, rus tilshunosi L.M.Loseva “matn” tushunchasini 
aniqlashda barcha matnlar uchun хos bo’lgan belgilardan kelib chiqish 
lozimligini aytadi va bu belgilarning birinchisi sifatida uning yozma shaklda 
bo’lishini alohida qayd etadi.
2
Matnni lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida rus 
tilshunosligida ilk o’laroq batafsil o’rganganlardan biri I.R.Galperin 
“matnning ontologik va funktsional belgilarini namoyon etadigan yetakchi 
jihatlar”dan 
biri 
sifatida 
“yozma 
hujjat 
tarzida 
reallashadigan 
tugallanganlik”ni alohida ta’kidlab ko’rsatadi. Uningcha, matn yozuvda qayd 
etilgan nutqiy asardir.
3
Ammo matnning yozma yoki og’zakiligi uning ontologiyasi va 
funktsiyasiga nechog’lik bog’liq yoki bog’liq emasligi muallif tomonidan 
aniq-tiniq ko’rsatib berilmagan. Matnning mohiyati va kommunikatsiya 
jarayonida bajaradigan vazifasi faqat yozuv bilan chegaralanadigan bo’lsa, bu 
yirik kommunikativ birlikning tildagi o’rni qanday belgilanishi haqidagi 
masala ochiq qolgan. 
1

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling