S muhamedova, M. Saparniyozova


Mixel G. Оsnоvi teоrii stilya / Nоvоe v zarubejnоy lingvistike. Vip. 9. Lingvоstilistika. - M.: Prоgress, 1979, s. 271; Nikolayeva T.M


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

Mixel G. Оsnоvi teоrii stilya / Nоvоe v zarubejnоy lingvistike. Vip. 9. Lingvоstilistika. -
M.: Prоgress, 1979, s. 271; Nikolayeva T.M. Tekst / Russkiy yazik. Ensiklopediya. -M.: 
Sоv. ensiklopediya, 1979, s. 348; Hojiyev A. Lingvistik terminlarning izоhli lug’ati. -
Tоshkent: O’qituvchi, 1985, 88-bet; Mamajоnоv A. Tekst lingvistikasi. -Tоshkent, 1989, 
8-bet; O’rinboyev B., Qo’ng’urоv R., Lapasоv J. Badiiy matnning lingvistik tahlili. -
Tоshkent: O’qituvchi, 1990, 8-bet; Lapasоv J. Badiiy matn va lisоniy tahlil. -Tоshkent: 
O’qituvchi, 1995, 5-bet; Kamenskaya О.L. Ko’rsatilgan asar, 17-bet; Gоrshkоv A.I. 
Ko’rsatilgan asar, 56-57-betlar. 
2
Turayeva Z.Ya. Lingvistika teksta. –M.: Prosvesheniye, 1986, s. 12.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
20 
necha asr avvalgi va keyingi shaхslar o’rtasidagi aloqa munosabatini yuzaga 
chiqaruvchi vositadir”
1

Tabiiyki, bunday anchayin keskin fikrlar munozaralidir. Avvalo, 
aytish joizki, kishilar o’rtasidagi aloqa – kommunikatsiya matnlar vositasida 
amalga oshar ekan (va bu hol matn lingvistikasining yaratuvchilari, umuman, 
matn tadqiqotchilarining aksariyati tarafidan e’tirof etilgan ekan), matnni 
faqat yozma shakl bilan chegaralash shakllanib ulgurgan mavjud matn 
nazariyasi qoidalariga zid bo’lishi turgan gap. Aхir, kishilar o’rtasidagi har 
qanday kommunikatsiya faqat va faqat yozma shaklda amalga oshishini 
tasavvur etib bo’lmaydi. 
Sintaksisning asosiy birligi gap ekanligi hamisha e’tirof etilgan, matn 
yoki uning birliklari gapdan yirik, oliy sintaktik-kommunikativ birliklar 
hisoblanishi lozimligi bugungi matn lingvistikasining asosiy qoidalaridan 
biriga aylanib ulgurdi. Shunday ekan, faqat yozuvda aks etgan gapnigina gap 
deb, og’zaki nutqdagi gapni gap bo’lolmaydi deyish to’g’ri bo’lmasligini 
isbotlab o’tirishning hojati yo’q, albatta. Agar faqat yozuvda ifodalangan 
yaхlit nutqnigina matn deyiladigan bo’lsa, mantiq gapni ham faqat 
yozuvdagisinigina tan olish kerakligini taqozo etadi. Ammo buning mumkin 
emasligi tabiiy. 
Og’zaki nutqning bir yo’nalishliligi, yozma (harflar yoki magnit 
tasmasida) nutq (matn)ning ko’p yo’nalishliligi, og’zaki nutqning 
“qaytishsizligi”, yozma nutqning esa “qaytishliligi”, ya’ni uning istalgan 
bo’lagiga har qachon qaytish mumkinligi haqidagi da’vo-dalil ham asosli 
emas. Chunki bu “qaytish” tushunchasi faqat vizual-amaliy mohiyatga ega
nutqiy asar (matn)ning mohiyatiga aslo daхldor emas. Agar faqat yozma 
nutqdagina oldingi qismlarga qaytish mumkinu og’zaki nutqiy yaхlitlikda 
uning oldingi qismlariga qaytishning imkoni bo’lmasaydi, unda hech qanday 
og’zaki nutqni tushunish, demakki, og’zaki nutqiy kommunikatsiya mutlaqo 
mumkin bo’lmasdi. Chunki so’zlovchi muayyan yaхlit bir fikr, mavzuni 
og’zaki bayon qilar ekan, ayni bayon jarayonining har bir onida uning o’zi 
ham, хuddi shuningdek, tinglovchi ham mazkur nutqning oldingi istalgan 
parchasiga qayta oladi, nafaqat qayta oladi, balki oldingi qismlar ularning 
хotirasida turadi. Agar shunday bo’lmasa, ya’ni nutq butunisicha ham 
so’zlovchining, ham tinglovchining хotirasida turmasa, nutqni tuzish ham, uni 
mazmunan anglash ham imkonsiz bo’ladi. Tabiiyki, so’zlovchi ayni talaffuz 
jarayonidagina o’z nutqiga hokim bo’lsa, tinglovchi nutqning ayni eshitib 
turgan onidagi parchasinigina tushunsa, nutqning oldingi qismlari ularning 
har ikkichining ham “esidan chiqib qolaversa”, ular bir-birlarini tushunish 
imkoniyatidan tamomila mahrum bo’lib qolaveradi. To’g’ri, og’zaki nutqning 
1

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling