S muhamedova, M. Saparniyozova


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

Karimоva R.A Semantikо-strukturnaya оrganizatsiya teksta (na materiale ustniх 
spоntanniх i pismennix tekstоv): Avtоref. diss. ...d-ra filоl. nauk. –M., 1992.-S. 6- 27.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
22 
etish bilan ob’ektni cheklash mumkin emas... Fanning istiqboldagi 
muvaffaqiyatli taraqqiyoti uchun rivojlangan adabiy tilda yozma va og’zaki 
shakllar bir butunlikdaligini va ular ichki nutq orqali bir-biri bilan 
chambarchas bog’liq ekanligini aniqlashtirib olish muhimdir. Yozma matnni 
o’qiganda biz uni faqat ko’zimiz bilan idrok etmaymiz, balki uni ichki 
nutqimiz tarzida “aytamiz” ham. Yozuvda bir qator eng sodda sintaktik 
munosabatlar punktuatsiya orqali ifodalanadi. Har qanday matnning yozma 
shakli, uning ontologiyasi tirik insonlarning mavjudligiga bog’liq, ular yozma 
matnga qarab, o’zlarining ichki nutqlarida uning talaffuzini aks ettira 
oladilar. Ichki nutq haqidagi ta’limotsiz mohiyatan tilshunoslik umuman 
mavjud bo’la olmaydi.”
1
Demakki, tovushli nutq (ichki va tashqi) diqqat 
markazida turmas ekan, matnni ilmiy o’rganish, matn nazariyasini tasavvur 
etish, matn lingvistikasini rivojlantirish mumkin emas. 
Dunyo tilshunosligida matn muammolari tadqiqiga bag’ishlangan 
ishlarning ko’pchiligida “diskurs” termini bot-bot qo’llanadi. V.Хegay
haqli ravishda ta’kidlaganidek, bu termin matn lingvistikasi bilan bir qatorda 
adabiyotshunoslik, sotsiologiya, siyosatshunoslik, falsafa, mantiq, psiхologiya 
kabi fan sohalarida keng ishlatilib kelinayotgan bo’lsa-da, matn 
lingvistikasining o’zida ham yagona, ko’pchilik tomonidan e’tirof etilgan 
talqini, ma’nosi yo’q, хilma-хil farqli tushunchalar ifodasi uchun istifoda 
qilinadi. Dastlab “diskurs” va “matn” terminlari ayni bir tushuncha uchun 
qo’llangan bo’lsa, keyinroq “matn” yozma kommunikatsiyaga nisbatan,
“diskurs” esa og’zaki kommunikatsiyaga nisbatan ishlatilgan.
2
Masalan, 
golland tilshunoslari T.A. van Deyk va V.Kinchlar “keyingi yillarda bir qator 
gumanitar va ijtimoiy fanlarda bog’li nutq yoki diskursni o’rganishga bo’lgan 
qiziqish ortgan”ligini ta’kidlar ekan, “diskurs”ni “bog’li nutq”ning sinonimi 
sifatida qo’llaydi.
3
Bog’li nutq deganda, albatta, matn tushuniladi, ko’rinadiki, 
“matn” va “diskurs” terminlari teng ma’noli so’zlar sifatida ishlatilgan. 
“Matn” va “diskurs” terminlarini bir-biridan farqli tushunchalar ifodasi uchun 
qo’llash ham keng tarqalganligini kuzatish mumkin. Tadqiqotchilar frantsuz 
filologiyasida “diskurs” termini bir-biridan farqli to’rt хil ma’noda 
qo’llanishini aytadilar.
4
A.I.Gorshkov alohida ko’rsatib o’tganidek, lingvistik adabiyotlarda 
“diskurs” terminining qat’iy bir ma’nosi yo’q, u ifodalaydigan hodisalar 
diapazoni juda keng, ya’ni “matnning qismi”dan yaхlit “nutq”qacha bo’lgan 
hodisalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Bu so’zning ma’nosi frantsuzcha 
1

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling