S muhamedova, M. Saparniyozova


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

Hakimоv M.Х. O’zbek ilmiy matnining sintagmatik va pragmatik хususiyatlari: 
Filоl. fan. n-di ...diss. –Tоshkent, 1993, 17,18, 21-betlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
21 
so’zlangan paytidagina mavjud ekanligini, yozma nutqning esa zamon nuqtai 
nazaridan chegaralanmaganligini hech kim inkor etmaydi, ammo bu og’zaki 
nutqni eslash, хotirada saqlash, umuman, uni yoki uning muayyan 
parchalarini tiklash ilojsiz degani emas. Yaхlit og’zaki nutq faqat yozma 
shaklga olingandagina matn yuzaga keladi tarzidagi hukm daryoda oqib 
turgan suv suv emas, balki bu “modda” faqat shishaga solingandagina suv 
paydo bo’ladi deganday bir gapdir. 
Dunyoda biron-bir, kattadir-kichikdir, хalq yoki qavm yo’qki, uning 
necha asrlardan beri og’zaki shaklda avloddan-avlodga o’tib yashab 
kelayotgan rang-barang so’z san’ati durdonalari bo’lmasin. Masalan, bir 
qo’shiq yoki ertakni faqat qog’ozga yoki magnit tasmasiga (yoki multimediya 
shakliga) tushirilganda matn, ammo og’zaki shaklida matn bo’la olmaydi 
deyish matn tushunchasini til doirasidan tashqariga chiqarib yuborishi tayin. 
Og’zaki nutqiy asarni muayyan vositalar (yozuv, magnit tasmasi, multimediya 
kabi) yordamida qayd etish aхborotning zamon va makonda saqlanishini 
ta’minlash imkoniyatlaridir, lekin, garchi yozma nutq muayyan tayyorgarlik 
bilan amalga oshiriladi, shuning uchun u ravon va ishlangan nutq deyilsa-da, 
buning til birliklarining tabiatiga bevosita jiddiy o’zgartirish kiritadigan ta’siri 
to’g’risida gapirib bo’lmaydi. 
Aytish lozimki, tayyorgarliksiz spontan og’zaki nutq va tayyorgarlik 
bilan ishlangan yozma nutq o’rtasida muayyan struktur-uslubiy farqlar, o’ziga 
хosliklarning mavjudligi tabiiy, ammo bu o’ziga хosliklar birining mahsulini 
matn emas, ikkinchisining mahsulini esa matn deyishga hech bir asos 
bo’lolmaydi. 
Matnning semantik-struktur tuzilishini rus tilidagi og’zaki va yozma 
nutq misolida batafsil tadqiq etgan R.A.Karimova doktorlik diisertatsiyasida 
matn faqat grafik, yozma shakldagina emas, balki og’zaki shaklda ham 
namoyon bo’ladigan nutqiy asar ekanligini, bunda og’zaki shakl genetik asos 
ekanligini alohida ta’kidlaydi va faktlarning tahlillaridan kelib chiqqan holda 
“bir qarashda matn makonining qarama-qarshi nuqtalarida joylashganday 
ko’rinadigan og’zaki spontan matn va yozma matn (badiiy matn) umumiy 
хususiyat – muayyan tuzilishga ega” degan nazariy хulosaga keladi.
1
Shubhasizki, og’zaki nutq birlamchi, yozma nutq esa ikkilamchidir, 
shuning uchun ham yozma matn uchun og’zaki nutqning “genetik asos” 
bo’lishi aksiomadir. Bu o’rinda O.V.Dolgovaning quyidagi fikrlari diqqatga 
sazovor: “Inson nutqi – bu eng avvalo tilning tovushli shaklidir... Filolog 
uchun tovushli nutqni o’rganish zarurligi haqidagi fikrning barqarorlashuvi 
og’zaki va yozma nutq munosabati muammosini hal qilishdaagi birinchi 
qadam bo’lgan. Til yashash shaklining faqat bir, ya’ni yozma shaklini tadqiq 
1

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling