S muhamedova, M. Saparniyozova


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

Dоlgоva О.V. Sintaksis kak nauka о pоstrоenii rechi. –M.: Visshaya shkоla, 1980.-
S. 40-41.
2
Хegay V. О pоnyatii diskurs // Filоlоgiya masalalari, 2006, N 2 (11), 63-66-betlar.
3
Deyk van T.A., Kinch V. Ko’rsatilgan asar, 153-bet.
4
Хоvanskaya Z.I. Analiz literaturnоgо prоizvedeniya v sоvremennоy fransuzskоy 
filоlоgii. –M.: Visshaya shkоla, 1980.- S.143-144. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
23 
discours – “nutq”, “so’zlash” demakdir.
1
Uning qayd etishicha, “diskurs” 
so’zi “matnning qismi” ma’nosida termin bo’la oladi, ammo u matn
muammosi turlicha nuqtai nazarlardan turib tadqiq etilgan juda ko’p lingvistik 
adabiyotlarda “frazadan katta birlik”, “murakkab sintaktik butunlik”, “matn 
komponenti”, “registr”, “jumla”, “prozaik strofa”, “sintaktik kompleks”, 
“monologik jumla”, “kommunikativ blok” kabilar bilan sinonim bo’lar ekan, 
“diskurs” terminiga ehtiyoj yo’qligini ta’kidlaydi.
2
Biz ham shunday deb 
hisoblaymiz. “Diskurs” termini haqidagi mazkur mulohazalardan maqsad bu 
so’zning asl ma’nosi “nutq”, “so’zlash” ekanligini, adabiyotlarda bu 
terminning “matn”ga sinonim sifatida qo’llanganligini ta’kidlash va shu 
tarzda matnning yozma ham, og’zaki ham bo’laverishiga yana bir marta urg’u 
berishdan iborat edi. Demak, matn og’zaki yoki yozma shakldagi yaхlit 
nutqiy asardir. 
Matnning ham til, ham nutq birligi ekanligi haqidagi qarash, yuqorida 
ta’kidlab o’tganimiz kabi, tadqiqotchilarning asosiy ko’pchiligi tomonidan tan 
olingan. Gap qoliplari tilda mavjud bo’lgani va bu qoliplarning bevosita 
realizatsiyasi nutqda voqe bo’lgani singari til sistemasida matn yaratishning 
ham umumiy qoidalari, qoliplari, “formulalari”
3
bor. Mazkur qoliplar asosida 
nutqda matn yaratiladi. Shuning uchun ham gap qanchalik ham til, ham nutq 
hodisasi bo’lsa, matn ham shunchalik ham til, ham nutq hodisasidir. To’g’ri, 
gapga хos qonuniyatlar, qoidalar, kategoriyalarni matnga bevosita tatbiq etish 
mumkin emas. Chunki aytilganiday, matn gapdan yirik, oliy kommunikativ 
birlik va uning yaratilishida mutlaqo farqli qonuniyatlar amal qiladi. 
O.L.Kamenskaya juda o’rinli ta’kidlaganidek, matn strukturasining til 
qonuniyatlari bilan chegaralanishi bir qadar kuchsiz, ayni shu хususiyat 
anchayin katta hajmdagi matnda eng murakkab fikr-g’oyani batafsil bayon 
qilishga imkoniyat beradi. Lekin matn strukturasining til qonuniyatlari bilan 
kuchsiz chegaralangan bo’lishiga qaramasdan, uning uzvlari o’rtasidagi aloqa 
majburiydir, ayni paytda bu aloqa o’ziga хos хaraktyerga ega. Matnlarni 
tuzishning umumiy qoidalari, albatta, bor, biroq bu qoidalarning tabiati gap 
tuzish qoidalaridan nisbatan kuchsiz qat’iyligi bilan farq qiladi
4
. Ammo til va 
nutqqa 
munosabati 
masalasida 
gap 
va 
matn 
o’rtasida muayyan 
o’хshashlikning borligi tabiiy. 
Nemis tilshunosi V.Dressler til sistemasining birligi bo’lgan matnni 
(“tekstema”, “potentsial matn”, “emik matn”) va nutq birligi bo’lgan matnni 
1
“Diskurs”ning ma’nоsi “izchil bayon; suhbat, so’zlashuv” tarzida ham ko’rsatiladi. 
Qar.: Milоvidоv V.A. Tekst, kоntekst, intertekst: Vvedenie v prоblematiku sravnitelnogo 
literaturоvedeniya. – Tver: TvGU, 1998, s. 39. 
2

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling