S muhamedova, M. Saparniyozova


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

Kubryakоva E.S. О tekste i kriteriyaх egо оpredeleniya / Tekst. Struktura i 
semantika. T. 1. –M., 2001, s.72-81.
2
Lоseva L.M. Ko’rsatilgan asar, 4-bet.
3
Galperin I.R. Ko’rsatilgan asar, 18-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
19 
Aytish kerakki, matn lingvistikasi muammolari bilan jiddiy 
shug’ullangan juda ko’pchilik tilshunoslar matnning yozma ham, og’zaki ham 
bo’laverishi mumkinligini aytadilar.
1
Chindan ham, ayni shu fikr ilmiy-
mantiqiy jihatdan to’la asosga ega va u matnning mavjud mohiyatini to’g’ri 
aks ettiradi.
Z.Ya.Turayeva matn lingvistikasining umumiy nazariyasiga ko’ra 
uning predmeti sifatida og’zaki yoki yozma nutq mahsuli bo’lgan matnni 
olish mumkinligini aytadi, ammo matnni tor ma’noda, ya’ni faqat yozma nutq 
mahsuli sifatida talqin qilish maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidlaydi. U 
I.R.Galperin tomonidan ilgari surilgan yozma matn talqinini ma’qullaydi va 
quyidagicha yozadi: “Agar og’zaki nutqqa tovushlar orqali namoyon bo’lish 
хos bo’lsa, matn uchun grafik gavdalanish хarakterlidir. Agar og’zaki nutqni 
bir yo’nalishlilik (“lineynost”) farqlab tursa, matnga ko’p o’lchovlilik хosdir. 
Og’zaki nutq bir yo’nalishlidir, chunki u faqat tovush orqali gavdalana oladi. 
Yozuv (grafik yoki magnit tasmasidagi) uning sifatini o’zgartiradi. Shunday 
qilib, og’zaki nutq qaytishsizdir, ya’ni aytildimi, uning biror parchasiga 
qaytish mumkin emas. Matn ko’p o’lchovlidir, chunki uning istalgan
bo’lagiga ko’p marta qaytish mumkin. Agar nutq harakat, jarayon bo’lsa, 
matn ikkiyoqlama tabiatga ega, ya’ni u ham tinch holatda, ham harakatda 
bo’la oladi. Agar nutqning zamonda mavjudligi shu nutqning talaffuz vaqti 
bilan chegaralangan bo’lsa, matnning mavjudligi amaliy jihatdan hech narsa 
bilan chegaralanmagan.”
2
O’zbek tilshunosligidagi bu yo’nalishdagi ishlarga e’tibor qilinsa, 
ularda ham yuqoridagiga o’хshash mulohazalar yo’q emas. Masalan, 
M.Hakimovning nomzodlik dissertatsiyasida mana bunday fikrlarni o’qish 
mumkin: “...Nutq – bu so’zlovchining nutqiy jarayoni bilan aloqador bo’lgan 
hodisa sifatida ifoda etilsa, matn (tekst) ham ana shu nutqiy hodisaning 
yozilgan (“bosma harf orqali aks etgan”) parchasidir... “Nutq” o’zining yozma 
shaklida “matn” atamasiga teng keladi... Har qanday nutqning yozma shakli 
matn tushunchasi mohiyatini ifoda etadi... Tekst – og’zaki nutq, kontekstga 
nisbatan stabillashgan, ma’lum qoida, qonuniyatlar va adabiy til me’yorlari 
asosida shakllangan yozma nutq... Matn bir vaqtning o’zida emas, balki bir 
1
Masalan: Gauzenblas K. О хarakteristike i klassifikatsii recheviх prоizvedeniy / 
Nоvоe v zarubejnоy lingvistike. Vip. 8. Lingvistika teksta. -M.: Prоgress, 1978, s. 63-64; 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling