Odob — axloq qoidalari Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchi va o‘quvchilarining odob — axloq qoidalari I bob. Umumiy qoidalar «Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarining odob-axloq qoidalari»
Download 26.02 Kb.
|
odob — axloq qoidalari Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchi va o‘quvchilarining
- Bu sahifa navigatsiya:
- III bob. Jamoa a’zolarining odob-axloqiga oid qoidalar
- IV bob. O‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari
- V bob. O‘qituvchilarning o‘zaro munosabatlari
- VI bob. Maktab jamoasi a’zolarining odob-axloqqa oid majburiyatlari
odob — axloq qoidalari Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchi va o‘quvchilarining odob — axloq qoidalari I bob. Umumiy qoidalar «Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarining odob-axloq qoidalari» (matnda keyingi o‘rinlarda «Odob-axloq qoidalari» deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi, «Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi, «Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida»gi, «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 21 maydagi 139-son «O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori hamda umume’tirof etilgan ma’naviy-axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan. Mazkur «Odob-axloq qoidalari» O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga tadbiq etiladi. Mazkur «Odob-axloq qoidalari» ta’lim muassasalari jamoa a’zolari (ma’muriyati, o‘qituvchilari, texnik xodimlari va o‘quvchilari)ning ta’lim muassasasidagi o‘zaro munosabatlarida rioya etishlari shart bo‘lgan odob-axloq tamoyillari, xulq-atvor meyorlari va majburiyatlarini belgilab beradi. Mazkur «Odob-axloq qoidalari»ga rioya qilish ta’lim muassasasi jamoa a’zolarining barchasi uchun majburiy hisoblanadi. II bob. Maqsad va vazifalar Mazkur «Odob-axloq qoidalari»ning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, yosh avlodga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida ta’lim-tarbiya berish, ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonining sifati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga sharoit yaratishdan iboratdir. 5. Mazkur «Odob-axloq qoidalari»ning asosiy vazifalari: umumiy o‘rta ta’lim maktablari jamoasi a’zolarining ma’naviy immunitetini shakllantirish va mustahkamlash; o‘quvchilar orasida odob-axloqni buzishni, zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviq qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olishga, yoshlarni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan va boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, past saviyali «ommaviy madaniyat» xurujlaridan himoya qilishga ko‘maklashishdan iborat. III bob. Jamoa a’zolarining odob-axloqiga oid qoidalar Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida hamjihatlik, o‘zaro ishonch, hurmat, bir-biriga g‘amxo‘rlik qilish hamda ahil-inoqlik jamoa a’zolarining o‘zaro munosabatlaridagi muhim shartlardir. Jamoa a’zolari umumiy o‘rta ta’lim maktabiga muassasa Ustavida belgilangan kiyimda kelishi lozim. Ta’lim muassasasida har bir jamoa a’zosining sha’ni va qadr-qimmati o‘zaro hurmat qilinishi, jamoa a’zolari o‘zaro munosabatlarda «Siz» deb murojaat qilishi odat tusiga kirishi lozim. Ularning bir-biriga nisbatan hurmatsizlik qilishi, o‘zaro munosabatlarda behayo so‘zlar ishlatishi qat’iyan taqiqlanadi. Jamoa a’zolari umumiy o‘rta ta’lim maktablari hududida yurganda bir-biriga o‘zaro hurmat ko‘rsatib, yo‘lak yoki koridorning o‘ng tomonidan yurishlari, bir-biriga duch kelganda, albatta salomlashishlari kerak. Bunda o‘quvchilar o‘qituvchilarga, o‘g‘il bolalar qizlarga, kichik yoshdagilar katta yoshdagilarga birinchi bo‘lib salom berishlari tavsiya etiladi (ushbu holatlarda qo‘l berib so‘rashish istisno bo‘lib, yoshi katta shaxslar yoki xotin-qizlar birinchi bo‘lib qo‘l uzatganidan keyingina ularga javoban qo‘l uzatish mumkin). Ta’lim muassasalari binolariga kirish joylarida tirbandlik yuzaga kelsa, o‘quvchilar o‘qituvchi va xodimlarga, o‘g‘il bolalar qizlarga, yuqori sinf o‘quvchilari boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga yo‘l berishlari lozim. Milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bo‘lmagan yoki umumiy o‘rta ta’lim maktabining ichki munosabatlariga taalluqli masalalarni Internet tarmog‘iga joylashtirish yoki undan turli maqsadlar yo‘lida foydalanish taqiqlanadi. Kompyuterlarda ta’lim muassasasiga tegishli bo‘lmagan ma’lumotlarni, shuningdek, turli kinofilmlar, noqonuniy diniy ma’lumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targ‘ib qiluvchi har qanday materiallarni tayyorlash, saqlash, foydalanish va targ‘ib etish qat’iyan man etiladi. O‘qituvchilar va o‘quvchilar tasdiqlangan mashg‘ulotlar jadvali asosida ishga va darsga o‘z vaqtida kelishi, ish kuni va dars jarayonidan unumli foydalanishlari lozim. IV bob. O‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari O‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari «ustoz-shogird» an’anasiga asoslanishi lozim. O‘qituvchi sinfga kirib kelishi bilan o‘quvchilar hurmat yuzasidan o‘rinlaridan turib kutib olishlari va baravariga «Assalomu-alaykum!» — deb salom berishlari, o‘qituvchi ruxsatidan so‘ng o‘rinlariga o‘tirishlari odobdan hisoblanadi. Bunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘quv kunining birinchi dars soatida, yuqori sinf o‘quvchilari har bir darsda sinfga kirgan fan o‘qituvchisiga xuddi shunday tartibda munosabatda bo‘ladilar. O‘quvchilarning dars mashg‘ulotlari davomida o‘zboshimchalik bilan maktabdan tashqariga chiqib ketishi taqiqlanadi. Maktabda dars mashg‘ulotlarining boshlanishi va tugashi «Kirish» va «Chiqish» qo‘ng‘iroqlari bilan tartibga solinadi. «Kirish» qo‘ng‘irog‘i dars boshlanganligini bildirib, u chalingandan so‘ng barcha o‘quvchilar va dars jadvalida belgilangan fan o‘qituvchilari zudlik bilan tegishli sinf xonalariga kirib, mashg‘ulotni boshlashlari lozim. Dars mashg‘ulotini tugaganligini bildiruvchi «Chiqish» qo‘ng‘irog‘i o‘qituvchi uchundir. O‘qituvchi mashg‘ulot yakunlanganligini e’lon qilgandan keyingina o‘quvchilarning sinfdan chiqishlariga ruxsat beriladi. «Chiqish» qo‘ng‘irog‘i chalingandan so‘ng o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarni uzoq vaqt sinf xonasida ushlab turishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘qituvchi sinfdan chiqayotganda o‘quvchilar o‘rinlaridan turib, «Xayr, salomat bo‘ling!» — deb hurmat ko‘rsatadilar. Dars mashg‘ulotlari va tadbirlar vaqtida mobil telefonlaridan foydalanish barcha uchun taqiqlanadi. Maktabda o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari va shu kabilar) boshlanishidan oldin o‘quvchi va o‘qituvchilar mobil telefonlarini o‘chirib qo‘yishlari lozim. Shuningdek, maktab hududiga kirib kelishda har bir o‘quvchi, o‘qituvchi, xodim va boshqa tashrif buyuruvchi shaxslar o‘z mobil telefoni abonentining chaqiruv ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi (telefonni «ovozsiz» rejimga o‘tkazishi) shart. V bob. O‘qituvchilarning o‘zaro munosabatlari O‘qituvchilar o‘zaro munosabatlarda – yagona jamoa, o‘zaro hurmat, do‘stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillariga amal qilishlari lozim. O‘qituvchilarning o‘zaro munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hurmatsizlik qilish man etiladi. Maktab ma’muriyati va o‘qituvchi-xodimlarning ish faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha hamkorlik qilishda bir tarafning boshqa tarafga tazyiq o‘tkazishiga yoki shunga harakat qilishiga, shuningdek, adolat tamoyillariga yoki ta’lim muassasasi manfaatlariga zid bo‘lgan qarorlar tayyorlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Jamoada biror bir masala bilan ma’muriyatga murojaat qilish o‘rnatilgan tartibda tashkil etiladi. O‘qituvchi va boshqa xodimlarning ta’lim muassasasida ma’naviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash bo‘yicha tashabbus va g‘oyalari rag‘batlantiriladi. Ma’muriyat o‘qituvchilar va xodimlarning kasbiy va intellektual jihatdan rivojlanishlari uchun qulay ish joyi, zamonaviy kompyuter, internet tarmog‘i, kutubxona fondi va axborot resurslaridan erkin foydalanish, shuningdek, dam olishlari va jismonan chiniqishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berish choralarini ko‘radi. VI bob. Maktab jamoasi a’zolarining odob-axloqqa oid majburiyatlari O‘qituvchilarning odob-axloqqa oid majburiyatlari: mazkur odob-axloq qoidalariga rioya qilishda o‘quvchilarga ibrat bo‘lish; maktab manfaatlariga zid bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish; biror-bir noxush voqea yoki hodisa ro‘y bersa, zudlik bilan ma’muriyatni xabardor qilish; umumiy o‘rta ta’lim maktabining sha’ni va nufuziga dog‘ tushiradigan har qanday holatlarning oldini olish; umumiy o‘rta ta’lim maktabi to‘g‘risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obro‘siga ziyon yetkazish uchun yoki o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmaslik; dars jarayonida o‘quvchilarga odob-axloqqa oid milliy an’analarimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni keng tushuntirib borish; yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni zararli odatlardan va boshqa turli halokatli tahdidlar hamda jamiyatimiz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, past saviyali «ommaviy madaniyat» xurujlaridan ogoh etib borish. Download 26.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling