e) Sport majmualarida:
sport majmuasiga xos bo‘lgan kiyim va poyabzallarda kirish;
sport inventarlaridan oqilona va samarali foydalanish;
mashg‘ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirish;
sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga to‘liq rioya qilish.
Bundan tashqari, o‘quvchilarga quyidagilar tavsiya etiladi:
o‘zining namunaviy xulqi va bilimi bilan atrofdagilarda o‘quvchilik odobi haqida ijobiy taassurot hosil qilishga intilish;
ko‘cha-ko‘yda bemaqsad yurmaslik, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo‘lish, jamoat transportlarida keksa, nogiron va yosh bolali yo‘lovchilarga joy berish;
doimo komillikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarni chuqur anglash;
o‘z maktabi manfaati, uning sha’ni va nufuzi to‘g‘risida qayg‘urish, ularni saqlashda jonkuyarlik qilish va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish.
VII bob. Maktab jamoasi a’zolarining odob-axloqida
man etiladigan holatlar
Quyidagilar o‘qituvchilarga man etiladi:
jamoa a’zolari va boshqalarning shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish;
o‘quvchilarni o‘quv mashg‘ulotlaridan asossiz chiqarib yuborish;
o‘quv mashg‘ulotlarida diniy tashviqot olib borish;
o‘quv mashg‘ulotlariga spirtli ichimliklar iste’mol qilgan, soch-soqolni tartibga keltirmagan va kiyinish odobiga rioya qilmagan holda kelish;
maktab hududida spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish.
Quyidagilar o‘quvchilarga man etiladi:
mashg‘ulotlar yakunlangunga qadar maktab hududidan o‘qituvchilar ruxsatisiz tashqariga chiqish;
o‘qituvchilarga va boshqa o‘quvchilarga nisbatan hurmatsizlik qilish;
o‘qituvchilarni chalg‘itish bilan bog‘liq har qanday xatti-harakatlarni amalga oshirish;
yozma ishlar va oraliq nazoratlarni bajarish vaqtida chetdan yordam so‘rash, o‘zgalarga yordam ko‘rsatish;
boshqa o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o‘z nomidan topshirish;
mashg‘ulotlarga kechikib kelish yoki qatnashmaslik;
moddiy jihatdan yaxshi ta’minlanganligini turli yo‘llar bilan namoyish qilish.
VII bob. Rag‘batlantirish va chora ko‘rish tartibi
O‘quv yili davomida mazkur «Odob-axloq qoidalari»ga to‘liq rioya qilgan, ta’lim muassasasida yuksak ma’naviy-axloqiy muhitning qaror topishiga va yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa a’zolari quyidagicha moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirilib boriladi:
o‘qituvchilarga maktab buyrug‘i bilan tashakkurnoma e’lon qilish, ularni tarmoq va davlat mukofotlariga tavsiya qilish;
«Faxriy yorliq» bilan taqdirlash;
qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan mukofotlash;
maktab radiouzeli orqali e’lon qilish;
«Eng faol o‘quvchi» nominatsiyasini berish;
o‘quvchilar ota-onasining ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yig‘iniga tashakkurnoma xati yuborish.
Jamoa a’zolari mazkur «Odob-axloq qoidalari»ni buzganida ularga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi:
o‘qituvchilarga maktab buyrug‘i bilan «Hayfsan» e’lon qilish;
o‘quvchining kundaligiga tanbeh yozish;
boshqa sinfga o‘tkazish;
sinf jamoasi orasida muhokama qilish.
Mazkur «Odob-axloq qoidalari»ga rioya etilmaganlik holatlari ta’lim muassasasidagi «Kamolot» YOIH, Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotlari va «Ota-onalar» kengashlarida ham muhokama qilinishi mumkin.
IX bob. Yakuniy qoidalar
Mazkur «Odob-axloq qoidalari» har bir o‘quvchiga va ularning ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga hamda o‘qituvchilarga imzo qo‘ydirilgan holda yetkaziladi.
Mazkur «Odob-axloq qoidalari» maktabning foyesiga barchaga ko‘rinarli tarzda joylashtirib qo‘yiladi.
Mazkur «Odob-axloq qoidalari»ning talablarini har bir o‘qituvchi va o‘quvchilar to‘liq bilishi va unga qat’iy amal qilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |