Essey o'zbekiston huquq normalari norma-bu hulq-atvor qoidalaridir
Download 22.97 Kb.
|
1 2
Bog'liqESSEY O\'ZBEKISTON HUQUQ NORMALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axloq normalari
- An’ana normalari
- Marosim normalari
- Diniy normalar
ESSEY O'ZBEKISTON HUQUQ NORMALARI Norma-bu hulq-atvor qoidalaridir. Ijtimoiy normalarning quyidagi turlari mavjud: Ahloq normalari; Jamoat birlashmalari normalari; Milliy urf odat normalari; An’ana normalari; Marosimlar normalari; Diniy normalar; Siyosiy normalar; Huquqiy normalar va boshqalar. Axloq normalari inson hayoti bilan chambarchas bog’lanib ketgan, inson ongida juda uzoq yillar mobaynida shakllangan tuygular - ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, burch va mas’uliyat, adolat va nohaqlik, mehribonlik va shafkatsizlik, hurmat va hurmatsizlik kabilarga mos ravishda o’rnatilgan xulq-atvor qoidalaridir. Masalan, avtobusda ketayotganda keksa bir odam chiqsa unga joy berish ahloqiy normani bajarishni bildiradi. Qariya joy so’ramaydi, lekin ahloq normalari joy beruvchini shunga majbur qiladi. Jamoat birlashmalari normalari - barcha tashkilotlar o’rtasidagi, shuningdek bu tashkilot a’zolari o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi xulq - atvor qoidalaridir. Jamoat birlashmalari normalarning boshqa normalardan farqi shundaki, ular o’z maqsadlaridan kelib chiqqan holda ma’lum tartib qoidalar ishlab chiqadi va jamiyat rivojiga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, xotin-qizlar jamiyati oila, ayol, farzand, ota-ona bilan bog’liq munosabatlarni, “Kamolot” jamg’armasi yoshlar, ularning jamiyatdagi o’rni, bilimi, xulqi, odobi bilan bog’liq munosabatlarni belgilaydi va tartibga soladi. An’ana normalari - hayotda muhim o’rin tutgan qadriyatlarni asrash maqsadida yuzaga kelgan xulq - atvor qoidalaridir. Masalan, ming yillar davomida shakllanib kelayotgan o’zbek milliy to’ylari, taomlari, liboslar, уylarning tuzilishi, uy-ro’g’or anjomlari, hasharlar va boshqalar an’ana normalari asosida tartibga solinadi. Marosim normalari - an’analardan kelib chiqqan holda o’tkaziladigan rasm-rusumlarni bajarishdagi qoidalaridir. Masalan, milliy to’ylariga bog’liq yuzlab rasm-rusmlarni keltirish mumkin (to’ylarda albatta karnay-surnaylarning bo’lishi, olov yoqilishi, nahorga osh tortilishi, to’ylarni o’tkazishda mahalla-kuyning faolligi va boshqalar). Diniy normalar - dinga e’tiqod qiluvchilar, dindorlar, diniy tashkilotlar (masjid, cherkov, madrasa va boshqalar) hayotini, shuningdek, diniy marosimlarni tartibga soluvchi xulq -atvor qoidalaridir. Masalan, O’zbekiston aholisining aksariyat qismi dinga, xususan musulmonlar, islom diniga e’tiqod qiladi. Download 22.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling