Essey o'zbekiston huquq normalari norma-bu hulq-atvor qoidalaridir


Download 22.97 Kb.
bet2/2
Sana14.03.2023
Hajmi22.97 Kb.
#1268223
1   2
Bog'liq
ESSEY O\'ZBEKISTON HUQUQ NORMALARI

Siyosiy normalar - alohida shaxslar (siyosatchilar) va siyosiy birlashmalar (partiyalar, harakatlar)ning hokimiyatga munosabatini tartibga soluvchi xulq-atvor qoidalaridir.  
Huquq normalari - davlat tomonidan o’rnatiladigan, kafolatlanadigan va muhofaza qilinadigan, barcha uchun umumiy majburiy bo’lgan xulq - atvor qoidalaridir.
Huquqning ijtimoiy normalar orasida tutgan o’rni beqiyosdir. Huquq ijtimoiy munosabtlarni tartibga soluvchi tizim sifatida insoniyat jamiyati taraqqiyotining qonunlarga muvofiq ravishda rivojlanadi. Huquqning asosiy mohiyati muayyan jamiyatda kishilar o’rtasida kelishuvni ta’minlash fuqarolar osoyishtaligini saqlashga ko’maklashish, davlat ishlab chiqqan iqtisodiy – siyosiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish orqali jamiyat taraqqiyotini ta’minlashdan iboratdir.
Huquq bu qonunlar yig’indisi bo’lib muayyan xatti-harakatlar qoidalari sifatida turli davrlarda va jamiyatlarda o’ziga xos hususiyatlarga ega bo’lgan. Huquqning shakllariga davlat olib borayotgan adolatli siyosati, tarixiy milliy an’analar ta’sir qiladi.
Huquq funksiyalari.
Huquqning asosiy funksiyalari ya’ni vazifalari quyidagilardan iborat:
Tartibga solish. Huquq hayotning har bir sohasiga joriy qilinishi natijasida jamiyatdagi barcha ijtimoiy munosabtlarni tartibga soladi. Jamiyat a’zolarining faol xulqini ta’minlaydi.
Muhofaza qilish. Bu funksiya orqali barcha huquqiy qoidalar himoya qilinadi, ular buzilsa javobgarlik choralari belgilanadi, shu bilan birgalikda huquq barcha shaxslar zimmasiga ma’suliyat yuklaydi.
Huquqning funktsiyalari kishilar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni xuquqiy tartibga solish va ularni rivojlantirish bilan bog’liq asosiy vazifldardan kelib chiqadi.
Huquq funktsiyalari- bu avvvalom bor, uning maxsus xususiyatlari, belgilarning yo’zaga chiqishida ko’rinadi. Funktsiyalarda xuquqning erkinligidan ( mustaqilligidan) kelib chiqadigan belgilari mujassamlashadi.
Shuning uchun xuquq funktsiyalari ijtimoiy munosabatlarga ta'sir etishning asosiy yuknalishlari xarakterlovchi belgilarini ajratib kursatish mumkin.
Huquqiy funktsiyasining belgilarining quyidagilarini kursatish mumkin:
Huquq funktsiyalari uning moxiyatidan kelib chiqib, jamiyatda xuquqning vazifasi bilan aniqlanadi;
Huquqiy funktsiyalari- bu ijtioiy munosabatlarga ta'sir etish yunalishlari bo’lib, uning amalga oshirishga bo’lgan talab, xuquqni ijtimoiy xodisa sifatida zarurligini bildiradi;
Huquqiy funktsiyalarining eng muxim tomonlarini kursata turib, xuquqni rivojlantirish bosikichidagi uning oldida to’rgan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan;
Huquqiy funktsiyalari ijtimoiy munosabatlarning ma'lum turlarini tartibga solishga qaratilgan uning aktiv xarakatlari yunalishidir;
Huquqiy fuknktsiyalari o’zining doimiyligi hamda o’zluksiz xarakatdaligi bilan ajralib turadi.
Huquq funktsiyalari tizimini 5 ta guruxga bo’lish mumkin:
Umumxuquqiy funktsiyalar, (barcha xuquqiy soxalariga taalukli);
O’zarosoxaviy funktsiyalar (ikkita va undan kup, ammo barcha xuquqiy soxalariga emas);
Soxaviy funktsiyalar (konkret xuquq soxasiga taaluqli);
Huquq institutlari funktsiyalari (konkret xuquqiy institutga);
Huquq normasi funktsiyalari (konkret xuquqiy normasining turga taalluqli).
Huquqiy funktsiyalarni 2 xil nuqtai-nazardan tasniflash mumkin:
A) maxsus yuridik funktsiyalar regulyativ va ko’riklovchi funktsiyalarga bo’linadi.
Regulyativ funktsiyalar – xuquq funktsiyalari tizimida bosh va asosiy urinni egallaydi, chunki xuquqning asosiy ijtimoiy vazifasi ham ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.
Regulyativ funktsiyalar o’z navbatida: statik va dinamik funktsiyalarga bo’linadi.
Statik funktsiya amaldagi ijtimoiy munosabatlarni mustaxkamlashga xizmat qiladi;
Dinamik funktsiya ijtimoiy munosabatlarni rivojlantiradi va o’zgartirish kiritadi.
Qo’riqlovchi xuquqiy funktsiyalari – xuquqiy ta'sir etish yunalishlari bo’lib, umumahamiyatga ega bo’lgan, birmuncha muxim bo’lgan iqtisodiy, siyosiy, milliy va boshqa ijtimoiy munosabatlarni ko’riklashga qaratilgandir.
B) umumijtimoiy funktsiya (iqtisodiy, siyosiy, tarbiyaviy, ekologik funktsiyalar va b.). jumladan, dikkatni yana bir masalaga qaratish zarur bo’ladi, ya'ni ko’riklovchi funktsiyalarni regulyativ funktsiyalarga karama-qarshi quyish kerak emas. Fakat ko’riklovchi funktsiya – bu negativ funktsiya bo’lib, takiklash, sanktsiya, javobgarlik kabilarni o’z ichiga olsa, regulyativ funktsiya pozitiv funktsiya bo’lib, xuquq sub'ektlarining ijobiy faoliyatini muvofiqlashtirishga yunaltirilgandir.
Huquq funktsiyalari tatbiql etishning 3 ta shakli mavjud bo’lib, ularga:
Informatsion, yunaltirilgan (orientirovanno`y), xuquqiy shakllar kiradi.
Huquqshunos olim Z.Islomov xuquqning funktsiyasi to’qrisida quyidagi fikrlarni bildirgan. Xuquqning funktsiyalari uning fazifalaridan kelib chhadi. Xuquqning vazifasi davlatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va mafko’raviy vazifalarini amalga oshiradi. U shulardan kelib chhadigan kishilar o’rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Huquq kishilar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirib tartibga solsa bu xuquqning dinamik funktsiyasi bo’ladi. Masalan; O’zbekiston Respublikasi mexnat kodeksining 259 – moddasiga asosan mexnat nizolarining xal qilinishi. Huquq kishilar o’rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni ximoya qilsa-bu xuquqning qo’riqlovchi (negativ) funktsiyasi bo’ladi. Bunda xuquqni turli soxalarida qarab, ijtimoiy munosabatlar ximoya qilinadi. Turli xuquqbo’zarliklarning jamiyat uchun yetkazgan moddiy va ma'naviy oqibatlariga qarab , intizomiy, ma'muriy, fuqarolik, jinoiy va boshqa jazo choralari belgilangan. Bulardan tashkari xuquq tarbiyaviy funktsiyaga ega. Xuquq kishilarga goyaviy ta'sir kursatib, ularning jamiyat uchun zararli bo’lgan harakat va harakatsizliklarini qilmaslikni talab qiladi. Agar fuqarolar tomonidan xuquqbo’zarliklar sodir etilsa, ularga jazo choralari belgilab ularni tarbiyalaydi.
Davlat va xuquqning vazifasi (moxiyati) ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ko’rinadi va kishilarning normal xayotiy faoliyatini ta'minlashga qaratilgan bo’ladi.
Davlat va xuquq paydo bo’lgani vaqtidan boshlab o’zaro mantiqiy bog’liq bo’lib, bir-biriga ob'ektiv ravishda, «suyangan» bo’ladi, va ular ajralgan xolda bo’la olmaydi hamda amal qila olmaydi.
Download 22.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling