Odob — axloq qoidalari Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchi va o‘quvchilarining odob — axloq qoidalari I bob. Umumiy qoidalar «Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarining odob-axloq qoidalari»
O‘quvchilarning odob-axloqqa oid majburiyatlari
Download 26.02 Kb.
|
odob — axloq qoidalari Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchi va o‘quvchilarining
O‘quvchilarning odob-axloqqa oid majburiyatlari:
a) Ta’lim muassasasi hududida: maktabga mashg‘ulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin, ta’lim muassasasi Ustavida belgilangan o‘quvchilar libosi (formasi)da kelish; toza va orasta kiyinish, saranjom-sarishta yurish, sochlarni ozoda va tartibga keltirilgan holda tutish (o‘g‘il bolalar sochlarining uzunligi meyor (2-3 sm)dan oshmasligi, qiz bolalarning ixcham zirakdan tashqari boshqa taqinchoqlarni taqmasligi lozim); chiqindilarni faqat maxsus belgilangan idishlarga tashlash; ustozlar va maktab mehmonlari bilan uchrashganda salom berish; o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida hududda sababsiz yurmaslik; ta’lim muassasasi mulki (parta, stol, stul, doska, o‘simliklar, hayvonot dunyosi va hokazolar)ga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish; maktab yo‘laklarida tinchlikni saqlash, baland ovozda gaplashmaslik; maktabga o‘quv-qurollari, dars jadvalida belgilangan darsliklar va daftarlar bilan kelish (o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan papka tutishi, kundalik daftarining bo‘lishi, ma’naviyatga zid rasmlar tushirilgan yozuv daftarlaridan foydalanmasligi); narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlarining iste’mol qilinishi hamda tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik. b) Dars vaqti (sinf xonalari)da: dars jarayoniga xalal beradigan harakatlar qilishdan saqlanish; uyali aloqa vositalarini o‘chirib qo‘yish; dars vaqtida o‘rinsiz gaplashmaslik; jihozlarni asrab-avaylash, partalarga, stol va stullarga chizmaslik; qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmaslik; ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslik. v) Tanaffusda: tanaffusdan unumli foydalanish; o‘z o‘qish joyini toza saqlash va tartibga keltirish; navbatdagi dars bo‘ladigan xonaga o‘z vaqtida o‘tish; fan o‘qituvchisining ko‘rsatmasi bo‘yicha sinfni kelgusi darsga tayyorlash; katta tanaffus vaqtida navbatchi o‘quvchilar tomonidan sinf xonasining tozaligini ta’minlash. g) Maktab oshxonasida: ovqatlanishdan oldin va keyin qo‘llarini yuvish; umumiy ovqatlanish joylarida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish; taomlarni olishda «navbatga turish» tartibiga rioya qilish; tirbandlik holatida ustozlar, yosh bolalar va qizlarga hurmat ko‘rsatish; ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik; issiq va suyuq ovqatlarni olishda va iste’mol qilishda ehtiyotkorlik ko‘rsatish; oshxonadan olingan ovqat va ichimliklarni oshxonaning o‘zida iste’mol qilish; ovqatlangandan so‘ng idishlarni yig‘ishtirib qo‘yish. d) Maktab kutubxonasi va axborot resurs markazi (ARM)da: kutubxona va ARM xodimlari bilan xushmuomalada bo‘lish; kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish; baland ovozda so‘zlashmaslik va boshqa kitobxonlarga xalaqit bermaslik; qog‘oz va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslik; kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish. Download 26.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling