“Dasaturiy ta`minot turlari haqida” mavzusining dars ishlanmasi


Download 27.17 Kb.
Sana29.04.2020
Hajmi27.17 Kb.
#102180
Bog'liq
Dasaturiy ta`minot

Dasaturiy ta`minot turlari haqida” mavzusining dars ishlanmasi


“Dasaturiy ta`minot turlari haqida” mavzusida texnologik xarita tayyorlash uchun dars vaqti, ya’ni dars davomiyligi, mashg’ulot rejasi, pedagogik vazifalar, o’quv shart-sharoitlariga e’tibor qaratiladi.Mashg’ulotning texnologik xaritasini quyidagi jadvalda ko’rish mumkin.

Mashg’ulotning o’qitishning texnologiyasining modeli

Mavzu

Dasaturiy ta`minot turlari haqida

Vaqt

80 daq

O'quv mashg'ulotining shakli

Vizual ma’ruza

O'quv mashg'ulotining rejasi

  1. Dasturiy ta`minot nima?

  2. Tizimli dasturiy ta`minot?

  3. Amaliy dasturiy ta`minot?

O'quv mashg'ulotining maqsadi: Talabalarga dasturlash asoslari haqidagi bilimlarni yetkazib berish.

Pedagogik vazifalar:

  • mavzuga oid tushunchalarni talabalarga tushuntirish ;

  • talabalarga texnika xavfsizligi haqida ma’lumot berish.




O'quv faoliyatining natijalari:

Talaba:





O’qitish uslubi

Loyihalash metodi orqali muammoni hal qilish

O'qitish vositalari


Proyektor, komputer, tarqatma materiallar.

O'qitish shart sharoitlari

Komputer sinfi, media vositalari bilan jihozlangan auditorya.


Mashg'ulotning texnologik xaritasining modeli

Bosqichlar

vaqti


Faoliyat mazmuni

O'qituvchi

O'quvchi

Kirish

15 daq.


1.1. Mavzuning nomi, maqsad va kutilayotgan natijalarni yetkazadi. Mashg'ulot rejasi bilan tanishtiradi.

1.2. Mavzu bo'yicha asosiy tushunchalari;

Mustaqil ishlah uchun adabiyotlar ro’yxatini aytadi.

1.3. O'quv mashg'ulotida o'quv ishlarini baholash mezonlari bilan tanishtiradi.



Tinglaydilar, yozib oladilar.

Aniqlashtiradilar, savollar beradilar.



Asosiy,

50 daq.



2.1. Savol- javob orqali bilimlarni faollashtiradi.

2.2. …….. metodi orqali mavzuni mustahkam o’rganadilar.

2.3. Mavzuning rejasiga muvofiq dars jarayoni tashkil qilinadi.


Javob beradilar, yozadilar, guruhlar bilan ishlaydilar, metod ustida ishlaydilar.

Yakuniy,

15 daq.


3.1. Mavzu bo’yicha yakun qiladi, qilingan ishlarni kelgusida kasbiy faoliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi muhimligiga talabalar e’tiborini qaratadi.

3.2. Guruh ishini baholaydilar, o’quv mashg’ulotining maqsadga erishish darajasini tahlil qiladi.

3.3. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uning baholash mezonlarini yetkazadi.


O’zini o’zi o’zaro baholash o’tkazadilar.

Savol beradilar.

Topshiriqni yozib oladilar.


Yuqorida keltirilgan texnologik xarita orqali ma’ruza matnni shakllantiriladi. Quyida ma’ruza matnni ko’rib chiqish mumkin.



Mavzu: Dasaturiy ta`minot turlari haqida

Reje:

1.Dasturiy ta`minot nima?

2.Tizimli dasturiy ta`minot?

3.Amaliy dasturiy ta`minot?

Dasturiy ta`minot deganda, hisoblash texnikasi vositalari bilan ma`lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni jamlash tushuniladi. Dasturiy ta`minot tomonidan bajariladigan funktsiyalarga bog`liq holda, uni ikki guruh -tizimli dasturiy ta`minot va amaliy dasturiy ta`minotga bo`lish mumkin. Dasturiy ta'minot kompyutеrning ikkinchi muhim qismi bo’lib, u ma'lumotlarga ishlov bеruvchi dasturlar majmuasini va kompyutеrni ishlatish uchun zarur bo’lgan xujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy ta'minotsiz xar qanday kompyutеr bamisoli bir parcha tеmirga aylanib qoladi. Mа’lumki, kоmp’yutеr tеxnоlоgiyalаri fаqаt chеgаrаlаngаn аmаllаrniginа 

bаjаrishgа mo’ljаllаngаn bоshqа elеktrоn qurilmаlаr (tеlеfоn, mаgnitоfоn, tеlеvizоr vа h.k.) dаn fаrq qilib, kiritilgаn mа’lumоtlаr ustidа xilmа-xil аmаllаrni bаjаrishi mumkin. Buning uchun shu tеxnоlоgiyalаrning аsоsi bo’lmish kоmp’yutеr tushinаdigаn tildа kеrаkli ko’rsаtmаlаr (dаsturlаr) tuzib, uning xоtirаsigа kiritish kеrаk. SHundаy dаsturlаrning mаjmui kоmp’yutеr tеxnоlоgiyalаrining dаsturiy tа’minоtini tаshkil qilаdi vа ulаrning imkоniyatlаrini, quvvаtlаrini аks ettiruvchi аsоsiy vоsitаlаrdаn biri hisоblаnаdi.

Tizimli dasturiy ta`minot



Tizimli dasturiy ta'minot (Sistem software) — kompyutеrning va kompyutеr tarmoklarining ishini ta'minlovchi dasturlar majmuasidir. Tizimli dasturlar ta'minoti deganda avvalo operatsion tizim tushuniladi. Operatsion tizim maxsus dastur, aniqrog’i dasturlar umumiy tizimda jamlashganbo’lib, u kompyuter qurilmalarining ishini boshqaradi, turli qurilmalarining boshqa dasturlar tomonidan ishlatilishini tashkillashtiradi, bir necha dasturlarning birgalikda ishlashini xotira qurilmalarida ma’lumotlarni saqlanishi, ularning xafvsizligi va butunligi ta’minlaydi. Tizimli DT kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun me’yordagi ish muhitini ta’minlaydi. Tizimli DT apparat vositalari bilan shu qadar yaqin aloqadaki, uni ba’zida kompyuterning bir qismi deb ham hisoblashadi. Amaliy DT foydalanuvchining aniq vazifalarini hal etish va umuman axborot tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish uchun mo‘ljallangan. Tizimli DT tarkibiga quyidagilar kiradi: Operatsion tizimlar (OT) xabarni qayta ishlash jarayonini boshqarish va apparat vositalari bilan foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlaydi. OTning asosiy vazifalaridan biri axborotning kirish - chiqish jarayonini avtomatlashtirish, foydalanuvchi hal etadigan amaliy vazifalarning bajarilishini boshqaradi.Operatsion tizimlar (OT) xabarni qayta ishlash jarayonini boshqarish va apparat vositalari bilan foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlaydi. OTning asosiy vazifalaridan biri axborotning kirish - chiqish jarayonini avtomatlashtirish, foydalanuvchi hal etadigan amaliy vazifalarning bajarilishini boshqaradi.

OT kerakli axborotni EHM xotirasiga kiritadi va uning bajarilishini kuzatadi; to‘g‘ri hisoblashga halal beruvchi vaziyatlarni tahlil etadi, qiyinchiliklar paydo bo‘lganda nima qilish zarurligi haqida ko‘rsatma beradi. Bajaradigan vazifalaridan kelib chiqib, OTni uch guruhga bo‘lish mumkin - Bular quyidagilar

• -bir vazifali (bir kishi foydalanuvchi);

• -ko‘p vazifali (ko‘p kishi foydalanuvchi);

• -tarmoqli. Bir vazifali OT bir foydalanuvchining har bir aniq paytda aniq vazifani bajarish uchun mo„ljallangan. Bunday operatsion tizimlarning tipik vakili MS DOS dir (uni Microsoft firmasi ishlab chiqqan).

Ko‘p vazifali OT vaqtni multidastur rejimida taqsimlashda EHMdan jamoa bo‘lib foydalanishni ta’minlaydi (EHM xotirasida bir necha dastur vazifalar bo‘ladi va protsessor kompyuter resurslarini vazifalar o‘rtasida taqsimlaydi). Bunday sinfdagi OTning tipik vakillari -IBM korporatsiyasining UNIX, OS2, Microsoft Windows 95, Microsoft Windows NT va boshqalardir.

Tarmoqli operatsion tizimlar lokal va global tarmoqlarni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha resurslariga kirishini ta’minlash uchun mo‘jallangan. Tarmoqli OTlarning tipik vakillari -Novell NetWare, Banyan Vines, IBM LAN, Sun firmasi mahsuloti Solaris dir.

OTning sozlovchisi bo‘lgan qobiqlar operatsion qobiqlar deb ataladi.

Utilitalar va avtonom dasturlar tor ixtisoslashgan bo‘lib har biri o‘z vazifasni bajaradi. Biroq utilitalar avtonom dasturlardan farqli ravishda tegishli qobiqlar muhitida bajariladi. Kopmyuterlarni sinflanishi

Bunda ular o‘z vazifasini bajarishda OT dasturli va boshqa utilitalar bilan raqobatga kirishadi. Shu bois servis vositalar tavsifi o‘z vazifalari va tashkil etish usullariga ko‘ra ancha shartlidir.

Utilitalar

Utilitalar foydalanuvchilarga sifat jihatidan yangi interfeys taqdim etadi. OT foydalanuvchi operatsiya va buyruqlarini ikir-chikirigacha bilishdan ozod etadi. Utilitalar foydalanuvchiga qo‘shimcha xizmatlarini (maxsus dasturlar ishlab chiqishni talab etmaydigan) asosan disklar va fayllar tizimlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish ko‘rinishida taqdim etadi.

• Utilitalar ko‘pincha quyidagi vazifalarini bajaradi;

• disklarga xizmat ko‘rsatish (axborotni shaklga solish, saqlashni ta’minlash, to‘xtatish va boshqalar yuz berganda uni tiklash imkoniyati);

• fayl va kataloglarga xizmat ko‘rsatish (huddi qobiqlar kabi);

• arxivlarni yaratish va yangilash;

• kompyuter resurslari haqida, diskli makon xususida, dasturlar o‘rtasida TXKni taqsimlash to‘g‘risida axborot taqdim etish;

• turli rejim va formatlarda matnli va boshqa fayllarni bosish;

kompyuterni viruslardan himoya qilish.

Virusga qarshi himoyali dasturiy vositalar viruslarini topish va davolashni ta’minlaydi. Virus atamasi bilan turli noma’qul harakatlarni amalga oshirib boshqa dasturlarga kirib olgan holda ko‘payishga qodir bo‘lgan dastur tushuniladi.

Tizimli va amaliy dasturlar dasturlashtirish tillari yordamida tuziladi. Bu jarayonda yozilgan dastur dasturlashtirish tili translyatori orqali mashina tiliga tarjima qilinadi.

Dasturlashtirish tili translyatori deb, dasturlashtirish tilidan (odatda) mashina kodiga dastur matnini tarjima qilishni amalga oshiruvchi dasturga aytiladi. Dasturlashtirishning kirish tili, translyator, mashina tili, standart dasturlar kutubxonasi, translyatsiya qilingan dasturlarni sozlash va bir butunlikka jamlash vositalarini o‘z ichiga olgan vositalar majmui dasturlashtirish tizimi deb ataladi. Dasturlashtirish tizimida translyator dasturlashtirishning kirish tilida yozilgan dasturni aniq bir EHMning mashina buyrug‘i tiliga tarjima qiladi. Kirish tilidan tarjima qilish usuliga bog‘liq holda translyatorlar kompilyator va interpretatorlarga bo‘linadi.

2. Amaliy dasturlar.

   Amaliy dasturiy ta'minot (Aplication program paskage) — bu anik bir prеdmеt soxasi bo’yicha ma'lum bir masalalar sinfini еchishga muljallangan dasturlar majmuasidir. Kompyuterdan amaliy maqsadda foydalanishimkonini beruvchi, masalan matn tayyorlash, elektron jadvallar bilan ishlash, Ma’lumotlar bazasini yaratish va yuritish, biror fan bo’yicha o’rgatish va sinov ishlarini amalga oshiruvchi dasturlar, grafik va video axborotlarni qayta ishlash, internetdagi Web saydlarni ko’rish uchun mo’ljallangan brauzerlar va shunga o’xshash maqsadlarda ishlatiluvchi dasturlar amaliy dasturlardir. Kompyuterlar dasturiy ta’minotining aksariyat qismini amaliy dasturlar tashkil etadi. Amaliy dasturiy ta’minot foydalanuvchining aniq bir vazifalarini ishlab chiqish va bajarish uchun mo‘ljallangan.Amaliy dasturiy ta’minot tizimli DT, xususan, operatsion tizimlar boshqariluvi ostida ishlaydi. Amaliy DT tarkibiga quyidagilar kiradi: - Turli vazifalardagi amaliy dasturlar paketlari;

- foydalanuvchi va AT umumiy ish dasturlari.

Amaliy dasturlar paketlari (ADP) - foydalanuvchi hal etayotgan vazifalarni avtomatlashtirishning kuchli qurolidir, u axborotni ishlash bo‘yicha biror ishni qanday bajarayotganini bilish zaruriyatidan amalda to‘liq ozod etadi. Hozirgi paytda o‘z funktsional imkoniyatlari va amalga oshirish usullariga ko‘ra farqlanuvchi ADPning keng spektri mavjud. Amaliy dasturlar paketi (ADP) - bu muayyan sinf vazifalarini hal etish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmuidir. ADPning quyidagi turlari farqlanadi :

- umumiy vazifadagi (universal)

- uslubiy yo’naltirilgan;

- global tarmoq;

- hisoblash jarayoni tashkilotlari. Umumiy vazifadagi amaliy dasturlar paketi (ADP) - foydalanuvchi va umuman axborot tizimi funktsional vazifalarni ishlab chiqarish va foydalanishni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Bu ADP sinfiga quyidagilar oiddir:

- matnli va grafik muharrirlar;

- elektron jadvallar;



- ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) Diskdagi fayl va kataloglar • Joriy disk bu siz tomoningizdan ayni paytda ishlatilayotgan diskdir. MS DOS foydalanuvchi so‘rayotgan fayllarni joriy diskdan qidiradi. MS DOSning maxsus komandalari joriy diskni o‘zgartiradi. Foydalanuvchi ishlayotgan laqzadagi katalog joriy katalog deb ataladi. Agar MSDOS komandasida faylning nomi ko‘rsatilsa u holda bu fayl joriy katalogdan qidiriladi yoki tashkil qilinadi. Disketalar

Disketalar ma’lumotlarni bir kompyuterdan ikkinchisiga o‘tkazish va ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Asosan 5.25 va 3.5 dyuymli disketalardan foydalaniladi. 5.25 dyuymli disketalar hajmiga ko‘ra turlicha bo‘ladi -180, 360 Kbayt va 1.2, 2 Mbayt. Shuning uchun ularni 360 Kbaytli disklarni o‘qish qurilmasidan o‘qish mumkin emas. Ularni maxsus disk o‘qish qurilmasida o‘qiladi. 3.5 dyuymli disketalar hajmi 720, 1.44, 2 va 2.88 Mbayt. Ular ishonchliroq, chunki qattiq plastmass qobiq ichida joylashgan. Hozirgi kunda 3.5 dyuymli disketalar ko`proq tarqalgan. Disketalarni maxsus himoya tirqishi bor, agar u berkitilsa, disketaga ma`lumot yozish mumkin bo`lmaydi. 3.5 dyuymli disketalarda bu vazifani disketa pastki chap qismida joylashgan maxsus tugmacha bajaradi. 360 Kbaytli disketa 2 intervalda bosilgan 200 betli ma`lumotni o`zida saqlashi mumkin.
Download 27.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling