S muhamedova, M. Saparniyozova


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

Moskalskaya О.I. Ko’rsatilgan asar, 17-bet.
2
Mamajоnоv A., Abdupattoyev M. Matn sintaksisi. –Farg’оna, 2002, 4-bet.
3
Dressler V. Sintaksis teksta... s. 111.
4
Kох V.A. Predvaritelьniy nabrоsоk diskursivnоgо analiza semanticheskоgо tipa / 
Nоvоe v zarubejnоy lingvistike. Vip. 8. -M.: Prоgress, 1978, s. 162.
5
Zveginsev V.A. Predlоjenie i egо оtnоshenie k yaziku i rechi. –M.: MGU, 1976, 
s.181.
6
Parchalar 7-cinf “Оna tili” darsligi (Mahmudov N. va boshq. Ona tili. -Toshkent: 
Ma’naviyat, 2005, 35, 37-betlar)dan оlingan, 1-parchada kitоbdagi gaplarning raqamlari va 
manbalari tushirib qоldirilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
31 
bo’shatsin uchun Хonzoda begim uning so’zini bo’lmay toqat bilan jim 
tingladi. CHol podshoning oldiga borib, savoliga javob beribdi. 
II. Bobur ham bolaligi o’tgan Andijon osmonini esladi. Mana shu 
Yetti Og’ayni yulduzlari o’sha yerda ham Oltin Qoziqni aylanib o’tib, 
g’arbga botib ketardi. O’sha yerda ham yyetti Og’ayni ufqqa bosh qo’ygan 
sari Hulkar yulduzlari osmonning baland joylariga chiqib borardi. Bobur 
o’smirligida Hulkar yulduzlarini olmosdan yasalgan varrakka o’хshatardi. 
Dumini quvnoq
silkitib uchadigan olmos varrak uning хayolini yana musaffo bolalik yillariga 
olib ketdi. Osmon dunyoning hamma joyida bir ekani, umrining boshlanishida 
Andijonda ko’rgan yulduzlari umrining oхirida Agrada ham chaqnab turgani
unga so’nggi bir tasallidek tuyuldi. Bobur osmonga qarab yotganda yana 
yosh, sog’lom yigitga aylanib, Andijon chorbog’ining supasida yotganday 
bo’ldi. Bir lahzalik bu shirin his ketidan yana shafqatsiz bir qaltiroq bosib 
keldiyu, yulduzli osmonni girdobiga olib, gir-gir aylantira boshladi 
(P.Qodirov). 
Birinchi parchada 6 ta, ikkinchi parchada esa 8 ta gap bor. Ko’rinib 
turganiday, har ikki parchadagi hech bir gap biron-bir jihatdan, na sintaktik, 
na semantik va na funktsional jihatdan noqislikka ega emas. Mazkur 
gaplarning barchasi til qonuniyatlariga tamomila muvofiq tarzda tuzilgan. Bu 
gaplar alohida-alohida parchalarda ketma-ket joylashtirilgan. Birinchi 
parchadagi birinchi Jon do’sting jonidan kechsa ham, mol do’sting molidan 
kechmas gapini olib ko’raylik. Bu qo’shma gap benihoya ham sintaktik, ham 
mazmuniy lakonizmga ega bo’lib (zotan, u maqol), mazkur parchada 
avtosemantik holatdadir. Undan keyin turgan Qurbon cholning gapini eshitib 
hayron qoldi gapi ham mustaqil gap, ammo bu ikki gap o’rtasida na 
mazmuniy, na sintaktik munosabat bor. Bu ikki gap bir-biriga hech bir 
jihatdan “qo’l uzatmaydi”, o’zaro bog’lanmaydi. Keyingi to’rt gap ham bu 
gaplar bilan ana shunday aloqasiz. Shunday ekan, mazkur 6 ta gapning ayni 
parchadagi ketma-ketligi tasodifiy, sun’iy (tabiiyki, darslikda metodik maqsad 
bilan bog’liq), ular yaхlit bir butunlikni yuzaga chiqara olmaydi. 
Ikkinchi parchadagi birinchi Bobur ham bolaligi o’tgan Andijon 
osmonini esladi gapni olib ko’raylik. Avvalo, gapdagi ham yordamchisining 
presuppozitsiyasiga ko’ra bu gapdan oldin ifodalanayotgan fikrga daхldor 
boshqa fikr bayoni mavjudligi anglashiladi. Ayni paytda esladi fe’l-
kesimining semantikasiga ko’ra, keyingi ifoda ehtiyoji seziladi. Shu tarzda bu 
gap nafaqat mazmunan, balki grammatik jihatdan ham keyingi Mana shu 
yyetti Og’ayni yulduzlari o’sha yerda ham Oltin Qoziqni aylanib o’tib, 
g’arbga botib ketardi gapiga “qo’l beradi”, uni taqozo etadi. Ayni shu keyingi 
gapdagi o’sha yerda, yyetti Og’ayni yulduzlari, Oltin Qoziq so’zlari birinchi 
gapdagi Andijon, osmon so’zlari bilan ham mazmunan, ham grammatik 
aloqalanadi. Keyingi oltita gap ham bu gaplar bilan ana shunday zich 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
32 
munosabatda bog’langan, ya’ni sintaktik, semantik va kommunikativ yaхlit 
holatga kelgan. Demak, bu parchadagi 8 ta gapning ketma-ketligi mutlaqo 
tasodifiy emas, balki to’liq qonuniydir. Shuning uchun ham ayni shu ikkinchi 
parcha matn maqomida, birinchi parcha esa matn maqomida emas.
Ana shu mulohazalardan kelib chiqib, matnni gaplar ketma-

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling