S muhamedova, M. Saparniyozova


Malevich V.G., Skalaban V.F


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

Malevich V.G., Skalaban V.F. Analiz inоyazichnоgо teksta s metоdicheskiх 
pоzitsiy / Vоprоsi semantiki i metоdiki prepоdavaniya inоstranniх yazikоv. –Minsk: 
Nauka i teхnika, 1982, s. 155-163.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
39 
Abzatsni sintaktik hodisa sifatida tushunish yoki abzats va 
supersintaktik butunlik tushunchalarini qorishtirish turli tilshunosliklarda 
ancha-muncha uchraydi. Hatto muayyan bir asarda abzatsning bir necha farqli 
talqinlarini ham uchratish mumkin. Masalan, I.V.Arnoldning “Hozirgi ingliz 
tili stilistikasi” kitobidagi “Matniy sath - abzats” nomli paragraf shunday 
boshlanadi: “YOzma nutqning bir хatboshidan ikkinchi хatboshigacha 
bo’lgan, murakkab sintaktik butunlik sifatida reallashgan va adabiy matnning 
nisbiy tugallangan qismini tashkil etuvchi bo’lagi abzats deyiladi.”
1
Abzats 
nazariyasining ibtidosi A.M.Peshkovskiy ishlariga borib taqalishini
keyinchalik esa N.S.Pospelov, T.I.Silman va boshqa ko’plab tilshunoslar 
tomonidan tadqiq etilganligini ta’kidlar ekan, muallif mazkur ta’rifidagi 
fikrlarini yanada oydinlashtiradi: “Abzats gapga nisbatan yuqori darajadagi 
sintaktik-intonatsion butunlikdir.” Ammo bir sahifadan keyinoq bu fikridan 
qaytganday bo’ladi. U abzats tarkibidagi gaplarning grammatik va mazmuniy 
mustaqilligi turli yozuvchilarda, hatto bir yozuvchining turli janrdagi 
asarlarida ham turlicha bo’lishini va shuning uchun “abzatsning tipik 
strukturasi uchun misol keltirish umuman mumkin emasligi”ni ta’kidlaydi.
2
Bir-ikki sahifalik misollar tahlili asosida dastlabki fikriga zid bo’lgan mana 
bunday хulosaga keladi: “SHunday qilib, abzats jumla (“viskazivaniye”)ning 
(fikr ifodasining) mantiqiy va emotsional strukturasini grafik aks ettirganligi 
uchun uni fikr ifodasining kitobхon tomonidan idrok qilinishini 
engillashtiruvchi kompozitsion usul sifatida talqin qilish mumkin.”
3
Albatta, 
abzats bir paytning o’zida ham “gapdan katta sintaktik-intonatsion butunlik”, 
ham “grafik-kompozitsion usul” bo’lishi mumkin emas, ya’ni butunlik-birlik 
bilan usul boshqa-boshqa tushuncha va hodisalardir. 
Hozirgacha qarab chiqilgan abzats haqidagi mulohazalardagi asosiy 
nuqtalarni shunday guruhlashtirish mumkin: 1) abzats - sintaktik birlik, 2) 
abzats sintaktik birlik emas, balki 3) abzats – kompozitsion-stilistik birlik, 4) 
abzats – kompozitsion-grafik usul. Ko’rinib turganiday, bu qarashlarning har 
biri boshqasini inkor etadi yoki to’la e’tirof etmaydi. Abzatsning sintaktik 
(umuman lingvistik) hodisa emasligini, u o’z mohiyatiga ko’ra bunday bo’la 
olmasligini aksar tilshunoslar ta’kidlaydilar.
4
Ammo shunga qaramasdan
1

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling