S muhamedova, M. Saparniyozova


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

Levkоvskaya I.A. V chem razlichie mejdu sverхfrazоvim edinstvоm i abzatsem // 
Filоlоgicheskie nauki, 1980, №1. -S. 75-78; Referоvskaya E.A. Sverхfrazоvоe edinstvо i 
abzats / Teоriya yazika. Metоdi egо issledоvaniya i prepоdavaniya.-L.: Nauka, 1981. -S. 
225-228.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
41 
supersintaktik birlik esa fikr ifodasining struktural shakllanishiga 
qaratilgan”dir.
1
Ko’rinadiki, supersintaktik birlik va abzats o’rtasidagi farqni tayin 
etishda matnni bo’laklashning ob’ektiv va sub’ektiv omillaridan kelib 
chiqilsa, muammoning хolis echimiga kelish mumkin. Chindan ham, matnni 
abzatslarga bo’lishda muallifning sub’ektiv maqsadi, fikr tarkibidagi nimani, 
qanday, qay tarzda ta’kidlash hal qiluvchi rol o’ynaydi. To’g’ri, ilmiy matnda 
fikrning mantiqiy oqimini tabiiy ifodalash muhim, shuning uchun 
supersintaktik birlik va abzats, asosan, mos keladi. Ammo hatto ilmiy matnda 
ham muayyan holatlarda tadqiqotchining fikrni bitta-bitta, “hijjalab”, 
ta’kidlab ko’rsatish maqsadi bilan bir supersintaktik birlik bir necha 
abzatslarga bo’lingan holda ifoda qilinishi ham mumkinki, bu holat muallif 
fikrining 
anglanishini 
aslo 
qiyinlayshtirmaydi, 
aksincha, 
yanada 
qulaylashtiradi, хolos. Masalan, tilshunoslikka oid quyidagi ilmiy matn 
parchasiga e’tibor beraylik: 
Semantik maydon nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, zid ma’noli 
so’zlarning 
funktsional-semantik 
хususiyatlari 
bo’yicha 
qiziqarli 
ma’lumotlarga duch kelamiz. 
Semantik maydon uzvlari o’rtasidagi zidlanishlar ko’lami antonimlar 
doirasiga qaraganda keng va ko’p qirralidir. 
Shu ma’noda antonimlarga maydon uzvlari o’rtasidagi zidlanishning 
bir ko’rinishi sifatida qarash mumkin. Semantik maydonda leksemalararo 
zidlanishdan tashqari guruhlar, mikromaydonlar, hatto yirik qurilmalararo 
ziddiyatlarning ham mavjudligi kuzatiladi (Sobirov A. O’zbek tilining leksik 
sathini sistemalar sistemasi tamoyili asosida tadqiq etish. Toshkent: 
Ma’naviyat, 2004, 152-bet). 
Parcha uch abzatsdan iborat, ammo bitta supersintaktik birlik mavjud. 
Buni har uch abzatsdagi gaplarning bir-biriga ham mazmuniy-sintaktik, ham 
mantiqiy bog’lanishini ta’minlagan mushtarak so’zlar va bog’lovchi vositalar 
hamda fikriy tugallanganlik ko’rsatib turibdi. 
Rasmiy matnlarda, masalan, qonun hujjatlarida bir supersintaktik 
birlikkina emas, hatto ayrim gap ham bir necha abzatslarga bo’lingan holda 
berilishi mumkin. Bu ham, albatta, tegishli ta’kid, fikr bo’laklarini ajratib 
ko’rsatish maqsadi bilan bog’liq bo’ladi. Masalan: 
186-modda. Sifatsiz mahsulot chiqarish yoki sotish 
Tovar bozoriga sifatsiz mahsulot chiqarish yoki uni sotish badanga 
o’rtacha og’ir yoki og’ir shikast yetkazilishiga sabab bo’lsa, - 
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha 
miqdorda jarima yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. 
O’sha harakatlar odam o’lishiga sabab bo’lsa, -
1

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling