S muhamedova, M. Saparniyozova


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

 
 
 
MATN TIPLARI 
1
 
Tоjiev Yo. Matnga yondashuv // Tilshunоslikning dоlzarb masalalari.-Tоshkent: 
”Akademnashr”, 2010. –B.197-205.
2
Yo’ldоshev M. Badiiy matn lingvоpоetikasi. –Tоshkent:Fan, 2008, -bet. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
45 
Matn tiplarini ajratish, belgilash masalasi ham matn lingvistikasining 
markaziy muammolaridan hisoblanadi. Quyida buni alohida ko’rib chiqamiz. 
Matn hajm va mazmun belgisiga ko’ra ikkiga bo’linadi: 1.Hajm 
belgisiga ko’ra matn tiplari. 2.Ifoda maqsadi va mazmun belgisiga ko’ra matn 
tiplari. 
1.Hajm belgisiga ko’ra matn tiplari 
 
Matn gapdan ko’ra yirik hajmli aloqa vositasi, nutqiy faoliyat mahsuli, 
muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan yozma nutq ko’rinishidir. Matnni 
hajm belgisiga ko’ra ikkiga ajratamiz: Minimal matn (mikromatn) va 
maksimal matn (makromatn). Shuni ham aytib o’tish kerakki, ayrim 
adabiyotlarda matn hajm jihatidan uchga ajratilgan: kichik, o’rta va katta 
hajmli matnlar. «Telegramma, ma’lumotnoma, ariza, ishonch хati, 
tushuntirish хati hamda vaqtli matbuotda chiqadigan e’lon va kichik хabarlar 
kichik hajmdagi matnlar sanaladi. O’rta hajmdagi matnlarga hikoya, qissa, 
she’r, doston, poemalar kiradi. Katta hajmdagi matnlarga povestь, roman, 
drammatik asarlar, trilogiyalar kiradi.»
1
Lekin bu tarzdagi bo’linish ayrim 
chalkashliklarni yuzaga chiqaradi. SHunday dostonlar borki, hajm jihatidan 
romandan katta. Nafaqat hajm jihatidan balki, ichki mazmun, хarakterlar 
tasviri, ruhiyat talqini jihatidan ham uncha-muncha romandan qolishmaydigan 
dostonlar bor. Masalan, «Alpomish», «Go’ro’g’li» kabi go’zal dostonlarimiz 
shakl va mazmun jihatidan yirik hajmli asar hisoblanadi. Yoki kichik hajmli 
she’rlarni ham o’rta matn hisoblaymizmi? Umuman bu tarzdagi tasnif jiddiy 
asosga ega emas. Shuning uchun matnni tilshunoslikda keng tarqalgan ikkiga 
ajratib tekshirish tamoyili asosida o’rganishni ham mantiqan ham amaliy 
jihatdan maqsadga muvofiq bo’ladi deb hisoblaymiz.
Badiiy uslubda minimal matn deyilganda biror mavzuni yoritishga 
bag’ishlangan qatralar, хalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va 
aforizmlar, miniatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she’r va she’riy parchalar, 
umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik 
tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaхlitligi, tashqi tomonini esa 
turli shakldagi bog’lamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi. Masalan:
Talantsiz yozuvchi tovuqqa o’хshaydi. Yong’oqdek tuхum tug’adi-da, 
qaqog’lab olamni buzadi! (O’.Hoshimov) 
2
Yoki: Sevgi nima? Insoniyat paydo bo’ptiki, shu savol ustida bosh 
qotiradi. Ammo javob topolmaydi. Agar inson sevgining barcha sir-
1

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling