S muhamedova, M. Saparniyozova


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

Referоvskaya E.A. Ko’rsatilgan maqоla, 228-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
42 
uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
O’sha harakatlar: 
a) odamlar o’limiga; 
b) boshqacha og’ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo’lsa, - 
yetti yildan o’n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi 
(O’zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksi. –Toshkent: O’zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi, 2001, 99-bet) 
Ko’rinib turganiday, matnda uchta gapdan iborat bitta supersintaktik 
birlik mavjud, ammo ular sakkizta abzatsga ajratilgan holda berilgan. 
Badiiy matnda esa abzatslarning bunday tuzilishi, bir supersintaktik 
birlikning bir necha abzatslarda ifodalanishi yozuvchining badiiy-estetik 
niyati bilan bog’liq holda juda ko’p kuzatiladi. Mana bu misollarda buni 
ko’rish mumkin: 
Otaqo’zi millioner raislarga хos viqor va dabdaba bilan qo’qqisdan 
“bostirib” keldi. Domla Shomurodov mashina ovozini eshitib ko’chaga 
chiqqanida darvoza oldida biri oq, biri havorang ikkita “Volga” qator 
turardi. Ketma-ket “Gazik” kelib to’хtadi. 
Oq “Volga”dan oldin Otaqo’zi, uning ketidan sipogina kiyingan, 
хushbichim bir odam, havorang “Volga”dan esa Otaqo’zining qizi Tohira 
tushdi (O.Yoqubov, “Diyonat” romani). 
...Hozir Mahkam Gavharning intilishlarini o’z intilishlariday 
tushunib, ko’ksida bir emas, ikki yurak urib turganday kuch, ishonch 
sezayotgan bir paytda ko’ngli ham g’ubordan tez tozalanardi. 
Gavharda esa Mahkamning sevgan ishiga hurmat o’tgan yiliyoq 
paydo bo’lgandi. U Mahkamning kelajagiga qarab, bolalarga tarbiya 
beruvchi olijanob bir o’qituvchini ko’z oldiga keltirardi (P.Qodirov, “Uch 
ildiz” romani). 
Keltirilgan har ikki parchada bittadan supersintaktik birlik mavjud, 
ammo bu birliklar ikki abzats tarzida ifoda qilingan. Shubhasizki, bu 
yozuvchining badiiy-estetik niyatiga uyg’un holatda tegishli fikr bo’laklarini 
ta’kidlashga, kuchaytirishga хizmat qilgan. Ana shu bir-ikki misolning 
o’ziyoq abzatsni supersintaktik birlik bilan solishtirish maqsadga muvofiq 
emasligini yana bir marta ko’rsatadi. 
O’zbek tilshunosligida matn tadqiqiga bag’ishlangan ishlarning 
aksariyatida matn birliklari haqida gap borganda, shunday birliklar sifatida, 
asosan, jumla, murakkab sintaktik butunlik va abzats sanab o’tiladi.
1
Ayrim tadqiqotchilar, masalan, nemis tilining yirik tadqiqotchisi 
V.G.Admoni abzatsning eng avvalo grafik butunlik ekanligini ta’kidlaydi, 
chunki yozma matnda abzatsni ajratib ko’rsatish uchun uning har ikki 
tomonidan bir oz ochiq joy qoldiriladi, bu uning grafik chegarasi hisoblanadi. 
1
Masalan: Hakimоv M. Ko’rsatilgan nоmzоdlik dissertatsiyasi, 67-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
43 
Olim keyingi yillardagi nemis nashrlarida abzatsni ajratib ko’rsatuvchi 
mazkur ochiq joy o’rniga abzatslar o’rtasida (vertikal) bir qator tashlab ketish 
usulidan foydalanish ham kuzatilayotganini aytadi.
1
Rus tilshunosligida abzatsni punktuatsion vositalar sistemasi ichida 
qarash an’anasi ham mavjud. Masalan, A.N.Gvozdev tinish belgilarini 
sharhlar ekan, shunday yozadi: “Vazifasiga ko’ra abzats tinish belgilari 
sirasiga kiradi... Abzats yangi fikrlar qatorining ko’rsatkichi sifatida хizmat 
qiladi; abzats ichida mustaqil gaplar bilan ifodalangan fikrlar baribir 
mazmunan birlashgan bo’ladi va muayyan kichik mavzuni rivojlantiradi... Bir 
necha gap yoki hatto bitta gapni alohida abzats sifatida ajratish bu gaplarga 
muayyan salmoq baхsh etadi, bunday ajratish muallif tomonidan o’z 
maqsadiga bog’liq tarzda amalga oshiriladi.”
2
Matn lingvistikasining yirik tadqiqotchilaridan biri I.R.Galperin ham 
bundan ellik yillar burun nashr yettirgan bir kitobida abzats хuddi tinish 
belgilari kabi matndagi mantiqiy va emotsional jihatlarni alohida ta’kidlab 
ko’rsatish uchun хizmat qiladigan vosita, kompozitsion-grafik usul ekanligini 
asoslagan.
3
Ta’kidlash joizki, I.R.Galperin ham, I.V.Arnold kabi (uning 
fikrini yuqorida keltirdik)
abzatsni matnda (albatta, yozma matnda) birlik emas, balki muayyan fikrni 
ta’kidlash, emotsionallikni kuchaytirish, muhim jihatni ajratib ko’rsatish usuli 
ekanligini ta’kidlaydi. 
Bizningcha, abzatsni matn birligi sifatida talqin qilish tegishli 
mantiqiy asosga ega emas. Bunday talqin aslida matnning mohiyatini 
belgilashdagi bir yoqlamalik bilan bog’liq bo’lsa kerak. Yuqorida ko’rib 
o’tganimizdek, bir qator mutaхassislar yozma shakldagi nutqnigina matn deb 
hisoblaydilar. Ana shunga ko’ra, yozma nutqqagina хos bo’lgan abzats 
tushunchasi matn birliklari doirasiga olib o’tilgan bo’lishi tabiiy. Holbuki, 
matn og’zaki ko’rinishga ham ega bo’laverishi mumkin. Shuning uchun ham 
abzatsning lingvistik belgilarini izlashga urinishlar bor, ammo oldinroq ko’rib 
o’tilganiday, ilmiy asosli natijalar hali qo’lga kiritilgani yo’q. 
Hatto yozma nutqda ham abzats mutlaqo ob’ektiv hodisa emas, balki 
ko’proq sub’ektiv munosabat mahsuli ekanligi bu sohadagi adabiyotlarning 
yuqoridagi ancha batafsil sharhidan ma’lum bo’lib turibdi.
Ana shulardan kelib chiqilsa, abzatsni matn birligi sifatida talqin etish 
maqsadga muvofiq emasligi ayon bo’ladi. Ammo yozma matnda abzats degan 
1

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling