S muhamedova, M. Saparniyozova


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

Оdintsоv V.V. Stilistika teksta. -M.: 1980, s. 122.
2
Moskalskaya О.I. Ko’rsatilgan asar, 14, 30, 83-betlar.
3
Masalan, qar.: Silman T.I. Struktura abzatsa i printsipi egо razvertivaniya v 
хudоjestvennоm tekste / Teоreticheskie prоblemi sintaksisa sоvremenniх indоevrоpeyskiх 
yazikоv. -L.: Nauka, 1975, s.208-216. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
38 
boshqa hech qanday birlik yo’q.”
1
Ayni paytda ular abzatsning yozma nutq 
amaliyotida fikr idrokini qulaylashtirish maqsadida yozuvchi tomonidan ongli 
ravishda ajratiluvchi birlik ekanligiga alohida urg’u beradilar. 
Yana 
ayrim 
tilshunoslar 
supersintaktik 
butunlik 
(“slojnoe 
sintaksicheskoe tseloe”)ni matnda sintaktik birlik sifatida qarash mumkin 
emasligini, faqat abzatsgina matnda ana shunday maqom ola bilishini 
isbotlashga urinadilar. Masalan, ayni masalani nemis tili materialida 
o’rgangan L.G.Fridman murakkab sintaktik butunlik o’zining sintaktik birlik 
maqomini tayin etadigan tegishli ko’rsatkichlarga ega emas deb hisoblaydi
shuning uchun uni grammatik birlik tarzida emas, balki bir qator mustaqil 
gaplarning mazmuniy umumiyligi asosida shakllanadigan mantiqiy-semantik 
butunlik tarzida talqin qilish to’g’ri bo’lishini aytadi. Muallif abzats stilistik, 
adabiy-kompozitsion birlik sifatida tadqiq etilgan ishlarda uni sintaktik birlik 
maqomini tayin etadigan belgilar yo ikkinchi planga surib qo’yilishini, yoki 
umuman e’tibordan chetda qolishini tanqid qiladi. U abzatsning mohiyati va 
maqomi haqida quyidagicha anchayin keskin fikrni ilgari suradi: “Nisbatan 
quyi sath birligi bo’lmish gapdan farqlovchi relevant belgilar turkumiga ega 
bo’lgan frazadan katta sintaktik birlik abzatsdir deb hisoblaymiz... Abzatsning 
kompozitsion birlik sifatidagi rolini inkor etmagan holda biz o’ylaymizki, u 
eng avvalo sintaktik birlikdir, chunki abzatsning aynan sintaktik tabiati uning 
adabiy-kompozitsion birlik sifatida qo’llanishi uchun imkoniyat yaratadigan 
bazis, asosdir.”
2
Ko’rinadiki, tadqiqotchi abzatsni хuddi gap kabi sintaktik 
hodisa sifatida talqin qiladi va matnning asosiy birligi abzatsdir degan fikrni 
qat’iy asoslashga harakat qiladi. 
Bunday qarash, bu qadar keskin bo’lmasa-da, boshqa tilshunoslarda, 
ayniqsa, 
хorijiy tillarni o’qitish metodikasi bilan shug’ullangan 
mutaхassislarda ham bor. Masalan, ana shunday yo’nalishdagi ishlardan 
birida matn yaratishning majburiy unsuri sifatida abzats alohida ajratib 
ko’rsatiladi, uning matn lingvistikasida o’ziga хos strukturaga ega bo’lgan 
to’laqonli birlik ekanligi ta’kidlanadi va shunga asoslangan holda abzats 
“katta matn” ichidagi “kichik matn” degan хulosaga kelinadi, uning “abzats-
tahlil”, “abzats-tavsif”, “abzats-kontrast”, “abzats-analog”, “abzats-ta’rif” 
kabi mazmuniy turlari ajratiladi.
3
1
Lоseva L.M. Mejfrazоvaya svyazь v tekste mоnоlоgicheskоy rechi. –Оdessa, 
1969, s. 24; Svоtina M.G. Abzats kak yyedinitsa rechevоy praktiki / Teоreticheskie 
prоblemi sintaksisa sоvremenniх indоevrоpeyskiх yazikоv. -L.: Nauka, 1975, s. 205-208.
2
Fridman L.G. K vоprоsu о sverхfrazоviх yyedinitsaх / Teоreticheskie prоblemi 
sintaksisa sоvremenniх indоevrоpeyskiх yazikоv. -L.: Nauka, 1975, s. 216-217.
3

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling