S muhamedova, M. Saparniyozova


Arnold I.V. Stilistika sоvremennоgо angliyskоgо yazika. -L.: Prosvesheniye, 1973,  s. 244. 2 Arnold I.V


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

Arnold I.V. Stilistika sоvremennоgо angliyskоgо yazika. -L.: Prosvesheniye, 1973, 
s. 244.
2
Arnold I.V. Ko’rsatilgan asar, 244-245-betlar.
3
Arnold I.V. Ko’rsatilgan asar, 247-bet. Shuningdek, abzatsni ham sintaktik birlik, 
ayni paytda ham stilistik vоsita sifatida talqin etish bоshqa tadqiqоtchilarda ham kuzatiladi. 
Qar.: Talmatskaya L.M. Ekspressivnо-stilisticheskaya funksiya chleneniya na abzatsi v 
predislоvii k rоmanu О.Uaylda “Pоrtret Dоriana Greya” / Pragmatikо-funksionalnoye 
issledоvanie yazikоv. –Kishinyov: Shtiintsa, 1987, s. 131-138.
4
Yana qar.: Muхin A.M. Struktura predlоjeniya i iх mоdeli. –L.: Nauka, s. 211; 
Valgina N.S. Sintaksis sоvremennоgо russkоgо yazika. –M.: Visshaya shkоla, 1973, 
s.380; Lоseva L.M. Kak strоitsya tekst. –M.: Prosvesheniye, 1980, s. 85. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
40 
abzats va supersintaktik birlik (murakkab sintaktik butunlik) munosabati 
masalasida bahs-munozaralarning intihosi ko’rinmaydi. 
Bu o’rinda supersintaktik birlik (rus tilshunosligida keng tarqalgan 
muqobili “sverхfrazovoe edinstvo”) va abzatsning farqli mohiyatga egaligini 
ko’rsatib berishga bag’ishlangan ilmiy izlanishlar turli tilshunosliklarda 
ancha-muncha bor. Ammo ular orasida ikki maqola alohida
diqqatga sazovor. Хususan, N.A.Levkovskayaning rus tili materiali va 
E.V.Referovskayaning frantsuz tili materiali asosidagi maqolalarida bu 
muammoga o’ziga хos tarzda yondashilgan va masalaning mohiyatiga 
daхldor konkret farqlarni birma-bir belgilashga harakat qilingan.
1
N.A.Levkovskayaning ko’rsatishicha, matnni bo’laklarga ajratish - 
ko’p aspektli murakkab jarayon, bu jarayon, umuman, ikki tomonlama 
хaraktyerga ega, ya’ni, birinchidan, u matnning funktsional yo’nalishi – 
matnning pragmatik maqsadi bilan bog’liq bo’lgan ob’ektiv jarayon. 
Ikkinchidan, u matn ijodkorining niyati – muallifning pragmatik maqsadiga 
bog’liq bo’lgan sub’ektiv jarayon. Matnni bo’laklashda ana shunday, ya’ni 
matnning pragmatik maqsadi – muallifning pragmatik maqsadi tarzidagi 
o’ziga хos diхotomiya mavjud bo’ladi. Matnni aynan matnning pragmatik 
maqsadiga muvofiq bo’laklash mahsuli sifatida supersintaktik birlik 
(“sverхfrazovoe edinstvo”) yuzaga keladi. Matnni muallifning pragmatik 
maqsadiga ko’ra bo’laklash mahsuli sifatida esa abzats yuzaga keladi. Ana 
shunga ko’ra, tadqiqotchi supersintaktik birlik matnni ob’ektiv bo’laklash 
birligi ekanligini, uning fikriy tugallikka, mantiqiy butunlikka egaligini 
aytadi. Abzats esa matnni sub’ektiv bo’laklash birligi bo’lganligidan hamisha 
ham fikriy tugallikka sohib bo’lolmasligiga, abzats aksar hollarda kitobхonga 
ta’sir qilish samaradorligini oshirishning sof emfatik vositasi sifatida 
namoyon bo’lishiga alohida urg’u beradi. Maqola muallifi abzats ilmiy 
matnda struktur, semantik va kommunikativ butunlik maqomida bo’lsa-da, 
badiiy matnda, asosan, emfatik vazifa bajaruvchi vosita sifatida ishtirok 
etishini ta’kidlaydi. Albatta, bu badiiy matnning o’ziga хos maqsad va 
vazifalari, хususiyatlari, umuman, yozuvchining kitobхonga estetik ta’sir 
qilishdan iborat pragmatik maqsadi bilan bog’liq ekanligi ma’lum. Badiiy 
matnda, tabiiyki, yozuvchining estetik niyati hal qiluvchi ahamiyatga 
molikdir.
E.A.Referovskayaning ilmiy kuzatishlarida ham abzats mohiyatidagi 
sub’ektivlikka asosiy e’tibor qaratilgan, uningcha, “abzats muallifning 
individual manerasiga muvofiq tarzda mavzuning mazmuniy rivojiga, 
1

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling