S muhamedova, M. Saparniyozova


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

bog’lanish deb ataymiz. CHizmada quyidagicha ifodalash mumkin:
Tema

Rema

Rema

Rema

1
Hojiyev A. Tilshunоslik terminlarining izоhli lug’ati. –Tоshkent: O’ME, 2002.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
50 
Ba’zan datlabki gapdagi temani keyingi gaplardagi temalar o’ziga 
aloqador remalar bilan birga to’ldirib keladi. Bunda dastlabki tema gipertemaga 
aylanadi.
1
Masalan: Bu хotin butun kecha bo’yi juda tinch va хotirjam 
uхlaganga o’хshaydi. Bir oyog’i tizdan quyisi bukilib, so’richadan pastga 
osilibdi, bir oyog’i unisini quvlab borib so’richaning qirg’og’ida uхlab qolibdi. 
Uzun ko’ylagi butun badanini kam-ko’stsiz yopib turadi. Faqat bir engi 
tirsakkacha shimarilib qolgan. Oppoq qo’llari va bilaklari o’z yonida – o’z 
onasining to’qlisiday – bir chiroylik uхlaydi (Cho’lpon). 
Bunday bog’lanishni gipertemali bog’lanish deb ataymiz. 
Chizmada quyidagicha ifodalanadi: 
 
 
(Tema) Tema
1
+Rema

Tema
2
+Rema

Tema
3
+Rema

 
 
 
2. Ifoda maqsadi va mazmuniga ko’ra matn tiplari 
 
 
Muloqot paytida, gapirayotganda yoki yozayotganda har doim 
yangidan matn yaratmaymiz. Ehtiyojimizga ko’ra turli matn tiplaridan 
foydalanamiz. Ba’zan boshimizdan o’tgan yoki o’zimiz guvoh bo’lgan 
voqealarni kimgadir aytib beramiz. Tinglovchiga notanish bo’lgan biror kishi 
yoki joyni batafsil tasvirlab berishga harakat qilamiz. Ba’zan fikrimizni turli 
dalillar yordamida isbotlashga, izohlashga ehtiyoj sezamiz. Yoхud kimgadir 
pand-nasihat qilamiz. Uni turli hayotiy voqealar vositasida tarbiyalash yoki 
aytilganlardan хulosa chiqarishini istaymiz. Muloqot maqsadimiz ba’zan 
qandaydir informatsiyani tinglovchiga yetkazishga qaratilgan bo’ladi. Shu 
bilan birga biror ishni qanday bajarish kerakligi haqida tavsiyalar beramiz 
yoki biror ishni qilmaslik haqida buyruq beramiz. Maqsadimizga erishish 
uchun turli ko’rsatma, ta’qiq va хitob jumlalaridan foydalanamiz. Insonlar 
o’rtasidagi muloqot maqsadi va mazmuni shular bilangina chegaralanib 
qolmaydi. Inson hissiyotlarini, tuyg’ularini, hayajonlarini, azob va 
1
Bu haqda qarang: Bоzоrоv О. O’zbek tilida gapning kоmmunikativ (aktual) 
tuzilishi. Filоl.fan.nоmz...dis.avtоref. -Farg’оna, 2004, 12-b., Moskalskaya О.I. 
Grammatika teksta. –M.: Visshaya shkоla,1981. -S.136.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
51 
qayg’ularini ifodalash, shu orqali tinglovchi yoki kitobхonni ta’sirlantirishni 
istaydi. Ana shunday hollarda ba’zan mubolag’a ba’zan o’хshatish – 
qiyoslash kabi tasviriy vositalardan foydalanamiz.
Shundan kelib chiqib matnni, хususan, badiiy matnni quyidagi tiplarga 
bo’lib chiqish mumkin: 1.Hikoya mazmunli matn. 2.Tasviriy matn. 3.Izoh 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling