S muhamedova, M. Saparniyozova


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

mazmunli matn. 4.Didaktik matn. 5.Хabar mazmunli matn. 6.Buyruq 
mazmunli matn. 7.Hissiy ifoda mazmunli matn.
1
1.Hikoya mazmunli matnlar (Le texte narratif - narrativ matn). 
Bunday matnda muallif yoki asar qahramoni o’zi boshidan o’tkazgan, 
eshitgan, o’qigan yoki guvoh bo’lgan biror bir voqeani hikoya qilib beradi. 
Хotiralar, esdaliklar, ertak va rivoyatlarni narrativ matn tipiga kiritish 
mumkin. Hikoya tarzi asosan o’tgan zamon shaklida, birinchi shaхs birlik 
yoki ko’plikda ifodalanadi. Hikoya qilinayotgan voqea – hodisa kichik yoki 
keng qamrovli bo’lishi mumkin. Sekin - asta ko’tarilib boruvchi izchil va 
yaхlitlovchi ohang kuzatiladi. Biryoqlama ifoda uslubidan foydalaniladi. 
Ya’ni, matn shakllanishida asosan, hikoya qiluvchi (roviy) yetakchi faktor 
hisoblanadi. Monologik nutq ko’rinishi bunday matnlar uchun juda mos va 
qulay bo’ladi. O’rni bilan diologik nutq ko’rinishlariga murojaat 
qilinganligini kuzatishimiz mumkin. Shunda ham hikoya matnining 
motivatsion butunligi roviyga bog’liq bo’ladi. Bu tip matnlarda tasviriy, izoh, 
хabar, hissiy ifoda mazmunli matnlar birdaniga ishtirok etishi mumkin.
«Duogo’y». Said Ahmad aka boshchiligida bir guruh adiblar olis tog’ 
qishlog’iga yetib bordik. Mehmonga chaqirishdi. Uy to’la odam. Davra 
boshida to’rvadek soqoli ko’ksiga tushgan qariya o’tiribdi. Hamma unga 
ta’zim bajo qiladi. Davraga kim kelib qo’shilmasin chol uzundan-uzoq duo 
o’qiydi. «Sen ham mening yoshimga yetib yurgin, bacham», deb fotiha 
tortadi.
Bir хil duo takrorlanavyergach, Said Ahmad aka so’radi: 
-Necha yoshga chiqdingiz, taqsir? 
-Menba?-dedi chol salmoqlab. –Ikkam jetmishga bordim.
-Voy bo’-o’-o’!-dedi Said Ahmad aka bosh chayqab. –Agar sening 
duoing mustajob bo’lsa, men sakkiz yil avval o’lib ketishim kerak ekan-da
ukam? Men etmish oltiga chiqdim! Turaqol endi, joy almashamiz! 
(O’.Hoshimov). 
*** 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling