S muhamedova, M. Saparniyozova


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

2. Tasviriy matnlar (Le texte descriptif - deskriptiv matn). Bunday 
matn tinglovchiga noma’lum bo’lgan biror kishi, joy, hayvonot va nabotot 
olamiga mansub mavjudot yoki qandaydir narsa-buyum hamda voqea-
hodisani batafsil tasvirlab berish maqsadida tuzilgan bo’ladi. Tasviriy matnda 
ham monologik nutq ko’rinishi yetakchilik qiladi. Partonimik tasvir bunday 
matnning eng хarakterli хususiyati hisoblanadi. Ya’ni, tasvirlanayotgan 
ob’ektning dastlab, birlamchi хususiyati tilga olinadi. Keyin unga aloqador 
хususiyatlar va qismlardan so’z yuritiladi. Masalan: 
Yakan degan o’simlik bo’ladi. Nima uchundir san’atkorlar, aniqrog’i 
otarchilar pulni «yakan» deyishadi. Aslida esa yakan – qamishzorda o’suvchi 
o’simlik. Yakanni o’rib olib, quritib uzum osadilar yoki savat qalpoq 
to’qiydilar. Ma’lumki, qamish uzun, yakan esa, aksincha, pastak o’simlik. 
Shunday bo’libdiki, bir kuni yakan qamishga qarab:
-O’, birodar, hadeb g’o’ddayaverma, salgina egil. Ollohning quyoshi 
nuridan biz ham bahramand bo’laylik,-debdi.
Qamish unga qaragisi ham kelmabdi, javob ham bermay burnini jiyirib 
qo’ya qolibdi. Vaqti-soati kelib avval qamishni, so’ng yakanni o’ribdilar. 
Tasodifni qarangki, o’sha qamishdan yasalgan bo’yrani bir uyga 
to’shabdilar. Tasodifni qarangki, shu uy to’sinlariga uzumlarni osibdilar, 
yakandan to’qilgan savat qalpoqlarni esa devordagi qoziqlarga ilibdilar. 
Oradan kunlar o’taveribdi. Qamish pastda, oyoq ostida, yakan esa tepada 
ekan. Oyoqosti bo’laverib хorlangan qamish aхiyri yakanga qarab 
zorlanibdi: 
-Meni o’rib olib quritdilar, tepkilab qovurg’alarimni sindirdilar, so’ng 
suvga bo’ktirdilar. So’ng qayirib-bukib mana shu bo’yra holiga keltirdilar. 
Endi esa tinimsiz, har kuni tepkilaydilar. Bu ham etmaganday sal qayirib, 
ostimga noslarini tupuradilar.
Bu zorlanishni eshitib yakan debdikim:
-Siz bekorga g’o’ddaydingiz. G’o’ddayib o’saverdingiz. Ichingiz g’ovak 
ekanini unutdingiz. G’ovak bo’lganingiz uchun ham tepkilashdan bo’lak 
1

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling