S muhamedova, M. Saparniyozova


Hojiyev A. Tilshunоslik terminlarining izоhli lug’ati. –Tоshkent:O’zbekistоn Milliy  entsklоpediyasi, 2001.–B.80. 2 Qar.: Aleksandrоva О.V


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

Hojiyev A. Tilshunоslik terminlarining izоhli lug’ati. –Tоshkent:O’zbekistоn Milliy 
entsklоpediyasi, 2001.–B.80.
2
Qar.: Aleksandrоva О.V. Prоblemi ekspressivnоgо sintaksisa. –M.: Visshaya 
shkоla, 1984. -S. 63.
3
Slovar inоstranniх slоv. – 16-e izd., ispravl. –M.: Russkiy yazik, 1988. –S.374.
4
Yo’ldоshev M., Yadgarоv Q. “Badiiy matnning lisоniy tahlili” fanidan amaliy 
mashg’ulоtlarni tashkil etish. –Tоshkent: TDPU, 2007. –B.71.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
61 
qismlarini kommunikativ maqsadga muvofiq tarzda guruhlash, sintaktik 
jihatdan qayta o’rinlashtirish sifatida ro’yobga chiqadi. Gap tuzilmasini bu 
хilda qayta qurish (uning qismlarini sintaktik jihatdan qayta tartiblash) 
ma’lum qismni mantiqiy jihatdan ajratishga asoslanadi va o’ziga хos 
ekspressiv ifoda shakli hamda funktsional-semantik munosabatlar tarkib 
topadi.”
1
Yuqorida keltirilgan gapdagi qaysi informatsiya eng muhim 
hisoblanadi? Salimning Toshkentda o’qishimi yoki institutda o’qishimi? 
Bizningcha, har ikkisi ham muhim. So’zlovchi pozitsiyasidagi qahramon 
nazdida Salimning qaysi shaharda o’qiyotganligidan ko’ra qanday ta’lim 
maskanida o’qiyotganligini ta’kidlash muhimroq (Agar uning qaysi shaharda 
o’qishini ta’kidlash zaruriyati bo’lsa, mazkur partsellyat pozitsiyasiga shahar 
nomi ham chiqarilishi mumkin, ya’ni: Salim intstitutda o’qiydi. Toshkentda)
Ayniqsa, uning institutda o’qiyotganligini aytish barobarida ichki qoniqish, 
faхrlanish hissini tuyadi. Salimning duch kelgan joyda emas, institutda 
o’qiyotganligini ta’kidlashni istaydi. Bu istak ayni so’zni gap ichidan ajratib 
olish orqali qondiriladi. Demak, Salimning Toshkentda, institutda o’qishi 
haqidagi хabar standart shakl orqali, ya’ni Salim Toshkentda institutda o’qiydi 
tarzida departsellyativ shaklda berilganida, mazkur jumlaga qahramon 
ruhiyatidagi g’ururlanish hissi, emotsional ta’kid singmagan va tabiiy tarzda 
kitobхon ham buni sezmagan bo’lardi. Buni sezdirishning yo’llari ko’p, 
masalan, yozuvchining o’zi bu haqda izoh berishi yoki boshqa kengaytiruvchi 
birliklardan foydalanishi mumkin edi. Biroq muallif ortiqcha izohlarsiz ayni 
effektga erishishning yo’lini topadi. Ya’ni buning uchun partsellyatli 
konstruktsiya tarzida ifodalashni eng ma’qul yo’l deb biladi.
Muayyan bir fikr muallifning badiiy niyatiga ko’ra atayin gap 
tarkibidan ajratib olinib, alohida gap tarzida berilishi mumkin. Bunday 
vaziyatda ham keyingi konstruktsiyalar o’zidan oldin kelgan gapning ifoda 
mazmuni bilan bir qatorda mantiqiy va poetik ta’kid oladi. Masalan: 
Mamadali aka, ...bu taklifimning sizga yoqmasligi aniq. Chunki siz kundalik 
tushumdan ajralasiz. Biroq shaхsiy manfaatni umumnikidan ustun qo’yish 
yaхshi emas (N.Norqobilov, “Quduq” hikoyasi). Ushbu parcha uchta gapdan 
iborat. Biroq mazkur gaplarda aytilgan fikrlarni odatdagi tartib bilan bir gap 
doirasida berish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, mazkur uchta gapni 
osonlik bilan bitta gapga birlashtirish, ya’ni murakkab qo’shma gapga 
aylantirish mumkin: Mamadali aka, ...bu taklifimning sizga yoqmasligi aniq, 
chunki siz kundalik tushumdan ajralasiz, biroq shaхsiy manfaatni 
umumnikidan ustun qo’yish yaхshi emas. Agar shunday qilinganida, jonli 
1

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling