S muhamedova, M. Saparniyozova


Balli Sh. Fransuzskaya stilistika. –M.: Izd-vо inоstrannоy literaturi , 1961. –S.355 –  357. 2 Balli Sh


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

Balli Sh. Fransuzskaya stilistika. –M.: Izd-vо inоstrannоy literaturi , 1961. –S.355 – 
357.
2
Balli Sh. Ko’rsatilgan asar.-B.355.
3
O’zbek tilining izоhli lug’ati. 5 jildli. 1-jild. Tоshkent: O’zbekistоn milliy 
ensiklopediyasi, 2006. –B.627.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
63 
Frantsuz tili stilistikasini tavsif etar ekan, K.A.Dolinin Sh.Ballining 
dislokatsiya haqidagi fikrlarini rivojlantiradi, emotsional sintaksis hodisasi 
bo’lmish 
dislokatsiyaning 
turli 
ko’rinishlarini 
tahlil 
qiladi 
va 
parsellyatsiyalangan konstruktsiyalar ham ayni shu dislokatsiya hodisasining 
mahsuli ekanligini, dislokatsiyaning bir ko’rinishi ekanligini aytadi.
1
Gap sintaktik strukturasining bunday nutqiy bo’laklanishi E.V.Guliga, 
A.A.Andrievskaya, V.G.Admoni kabi ayrim tadqiqotchilar tomonidan 
“separatizatsiya” termini bilan nomlanib o’rganilgan, bu hodisaning badiiy 
nutqdagi o’rniga alohida urg’u berilgan.
2
Separatizatsiya (separatsiya) 
so’zining “ajratish, tarkibiy qismlarga bo’lish” ma’nosidan
3
kelib chiqilsa, 
mazkur termin ayni hodisaning mohiyatini ifodalay olishini ta’kidlash 
mumkin. Ammo aytish joizki, bu tilshunoslarning ba’zilari, masalan, nemis 
tili sintaksisining taniqli tadqiqotchisi V.G.Admoni “separatlashtirilgan 
konstruktsiyalar” (“separatizovannыe konstruktsii”)ni ilova konstruktsiyalar 
bilan bir хil hodisa sifatida talqin qiladi. U bunday konstruktsiyalarning 
mohiyati elementar gapga хos bo’lgan sintaktik aloqalarning uzilishi, 
buzilishidan iboratligini aytadi.
4
Hamonki, “separatizatsiya”ning mohiyati 
gapga хos bo’lgan sintaktik aloqalarning buzilishidan iborat ekan, uni ilova 
konstruktsiyalar bilan tenglashtirib bo’lmaydi. Chunki “ilova”da keyin 
qo’shilganlik ta’kidi hamisha mavjud, ya’ni oldin tayyor gap bor, keyin unga 
qo’shimcha qilib, boshqa tuzilma tirkaladi. Separatizatsiyada esa mohiyatan 
muayyan sintaktik tuzilmaning mavjudligi, ayni shu tuzilmaning o’zini 
qismlarga ajratish nazarda tutiladi. Boshqacha qilib aytganda, separatizatsiya 
butunni qismlarga ajratish, ilova esa muayyan butunga boshqa qismni 
qo’shishdan iborat hodisalardir. Ana shu ma’noda separatizatsiya 
parsellyatsiyani o’z ichiga oladi. 
Gapning nutqiy bo’laklanishi nemis tilining E.I.Shendels, E.Rizel kabi 
yana boshqa tadqiqotchilari tomonidan “izolyatsiya” termini ostida ham 
o’rganilgan.
5
Bunda, albatta, muayyan gapdan ma’lum bir qismni ajratib 
alohidalashga 
urg’u 
berilgan. 
Shubhasizki, 
bunday 
alohidalash 
parsellyatsiyaning mohiyatiga ham хosdir. 
Gapni nutqda muayyan qismlarga – segmentlarga ajratish hodisasi 
tilshunoslikda “segmentatsiya” nomi bilan ham yuritiladi. Sh.Ballidan 
boshlangan 
segmentatsiya 
nazariyasi
6
turli 
tilshunoslar 
tomonidan 
1

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling