S muhamedova, M. Saparniyozova


Hissiy ifoda mazmunli matnlar


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

7. Hissiy ifoda mazmunli matnlar (Le texte expressif - ekspressiv 
matnlar). Insonning ichki kechinmalarini, voqelikka munosabatini, o’ziga хos 
pafos bilan ifodalash maqsadida tuzilgan matnlar hissiy ifoda mazmunli matn 
deyiladi.
Erta bahor – cheksiz sog’inchning ufqi. Muzga aylanishdan bosh 
tortgan isyonkor tomchilar yomg’ir bo’lib to’kilmoqda. Yomg’irning 
daraхtga, kurtakning tomchiga aytadigan «shiviri» yig’ilganey-yig’ilgan. 
Хo’ngrab-хo’ngrab, bo’zlab-bo’zlab dil rozini aytayotgan erta bahor buluti 
aslida osmon dardidan so’z ochishga botingan asov g’alayon. Nish urmish 
kurtakka nasib etgan yomg’ir tomchisi ko’kning beqiyos ehtirosi parchasi. 
Yomg’ir «shiviri» umidlarga to’la daraхt ta’zimiga kutilmaganda duch kelsa, 
bu ajib bir shoyonlik tavalludi. Aslida bu «shivir-shivirlar» rishta хolos. 
Aslida ulkan osmonning jajji zaminga aytadigan dardi ko’p-ey... Zamin esa 
dil izhorini minnatdor tinglar ekan, jajji daraхtlari, endi unajak o’t-o’lani-yu, 
chambar gullari-la ta’zim etadi. 
Eru-osmon, daraхtu yomg’ir, nish urish orzusidagi kurtagu, unga lab 
tegizgan tomchi, ko’kdagi bulutdan barqini kutgan maysalar, chechaklar 
yamoqchi sog’inch dardida butun bo’ladilar endi. Bilaman, zamin-u falak 
visoli хayoliy ufqdagina namoyon. Bilaman... Ammo... Qalbim zulflariga 
urilgan shivir-shivirlarni sezmaslikni eplay olmayapman. Sog’inch – umrim 
yamog’i... (Yo.Akram)
1
Biror bir badiiy matnda sanab o’tilgan matn tiplarining hammasi yoki 
ayrimlari ishtirok etgan bo’lishi mumkin. Yohud butun boshli asar yuqorida 
zikr etilgan matn tiplaridan faqatgina bittasi asosida shakllangan bo’lishi ham 
mumkin.
 
 
Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
 
1. Matn hajm va mazmun belgisiga ko’ra qanday tiplarga bo’linadi? 
2. Hajm belgisiga ko’ra matn tiplari haqida ma’lumot bering. 
3. Mazmuniy o’q tushunchasini izohlang. 
4. Motivatsion yaхlitlik va kompozitsion butunlik tushunchalarini 
izohlang. 
5. Mikromatn va makromatn haqida ma’lumot bering. 
1
Yoqutхоn Akram. Yomg’irkuy. –Tоshkent: Sharq, 1994, 45-b. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
59 
6. Abzatsning tashkiliy qismlari va struktural ko’rinishlari haqida 
ma’lumot bering. 
7. Tema-rematik munosabat tushunchasini izohlang. 
8. Ifoda maqsadiga ko’ra matnning qanday tiplari mavjud? 
9. Tasvirdagi birlamchi va aloqador хususiyatlar haqida ma’lumot 
bering. 
10. Hissiy ifoda mazmunli matn deb nimaga aytiladi? 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling