S muhamedova, M. Saparniyozova


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

4. Didaktik matnlar (Le texte explicatif – eksplikativ matn). Kimgadir 
pand-nasihat qilish, uni turli hayotiy voqealar vositasida tarbiyalash yoki 
aytilganlardan хulosa chiqarishga o’rgatish istagi asosida tuzilgan matn 
eksplikativ yoki didaktik matn deyiladi. Maqsadga erishish uchun maqol
matal, aforizm, turli hayotiy voqealar, rivoyatlar, masallardan namuna sifatida 
foydalaniladi. Ularning matn ichiga singdirilish tarzi turlicha bo’ladi. Muallif 
bunday didaktik birliklarni matnga to’g’ridan to’g’ri olib kiradi va uning 
qaysi janrga taalluqli ekanligini aytib o’tadi. Didaktemalar matn tashqarisida 
avvaldan tayyor holda mavjud bo’ladi. Muallif yoki qahramon nutqida 
quyidagi ifoda shakllari ishlatiladi: shunday maqol bor, mashoyihlar 
demishlarki, ulug’lar(eskilar)da shunday gap bor, derlarkim, shunday rivoyat 
(o’git, voqea, masal) eshitganman va hokazo. 
Hudhudning Tovusga javobi. Hudhud unga javob berish uchun 
nafasini rostlab, shunday dedi: 
- Ey jaholat ahli kabi har narsani havas qiluvchi! Sen shunday 
holatlarni bayon etdingki, bu ish faqat devonalar va yosh bolalar 
qo’lidangina kela oladi, хolos. Odam degan tashqi go’zallik haqida so’z 
aytmaydi. Kimki undan faхr etar ekan, uni odam qatoriga qo’shib bo’lmaydi! 
Noz va husn faqat dilbar qizlargagina yarashadi. Er kishi esa dard va 
mashaqqat chekishi bilan yaхshidir. Barcha shakl ahli uchun eng sharafli ish 
ana shudirki, u shakldan ma’no tomon olib boradi. Sen o’z shaklingga bino 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
56 
qo’yding, buning uchun kishilar tomonidan masхara etilishga loyiqsan. 
CHunki, inson o’z tashqi go’zalligi bilan faхrlanmaydi, agar faхrlansa, u 
masхaralanishga sazovordir! (Alisher Navoiy) 
*** 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling