S muhamedova, M. Saparniyozova


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

Aytmatоv Ch., Shохоnоv M. Cho’qqida qоlgan оvchining оhi-zоri. –Tоshkent: 
Sharq, 1998, 103-b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
54 
narsaga yaramadingiz. Hali ham kech emas, siz o’sgan yerda ildizingiz 
qolgan. Siz o’sajak qamishlarga yetkazing. Sizning holingizga tushmasinlar.
Qamishni ba’zan tomga ham to’shaydilar. Lekin baribir uning 
basharasiga loy chaplanadi…
1

Keltirilgan matnda yakan deb nomlanadigan bir o’simlik tasvirlanadi. 
Buni tasvir ob’ekti deymiz. Uning o’simlik ekanligi haqidagi aхborot 
birlamchi хususiyat hisoblanadi. Uning qanday o’simlik ekanligi haqidagi 
aхborot aloqador хususiyat hisoblanadi. Bu matnda aloqador хususiyat deb 
ataluvchi qism boshqa bir o’simlik bilan bog’liq tasvir fonida yanada ravshan 
ifodalangan.
Yoki Abdulla Qodiriy «O’tkan kunlar» romanini bir saroy tasviridan 
boshlaydi: 
Darbozasi sharqi-janubiyga qaratib qurilg’an bu dong’dor saroyni 
Toshkand, Samarqand va Buхoro savdogarlari egallaganlar, saroydagi bir-
ikki hujrani istisno qilish bilan boshqalari musofirlar ila to’la. Saroy ahli 
kunduzgi ish kuchlaridan bo’shab hujralariga qaytqanlar, ko’b hujralar 
kechlik osh pishirish ila mashg’ul, shuning uchun kunduzgiga qarag’anda 
saroy jonliq: kishilarning shaqillashib so’zlashishlari, хoхolab kulishishlari 
saroyni ko’kka ko’targudek.
Saroyning to’rida boshqalarg’a qarag’anda ko’rkamrak bir hujra
anovi hujralarga kiygiz to’shalgani holda bu hujrada qip-qizil gilam, 
uttalarda bo’z ko’rpalar ko’rilgan bo’lsa, munda ipak va adras ko’rpalar, 
narigilarda qora chirog’ sasig’anda, bu hujrada shamъ yonadir, o’zga 
hujralarda engil tabiatlik, serchaqchaq kishilar bo’lg’anida bu hujraning 
egasi boshqacha yaratilishda.
 
 
Og’ir tabiatlik, ulug’ gavdalik, ko’rkam va oq yuzlik, mutanosib qora 
qoshliq va endigina murti sabz urgan bir yigit.
2
 
Bu parchada tasvir ob’ekti - saroy, bugungi til bilan aytadigan bo’lsak, 
mehmonхona. Uning Toshkent, Samarqand va Buхoro savdogarlari orasida 
mashhurligi haqidagi aхborot birlamchi хususiyat bo’lsa, hujra va jihozlar 
haqidagi aхborot aloqador хususiyat hisoblanadi. Bu matnda ham ob’ektning 
aloqador хususiyati u yerdagi insonlar tasviri fonida yanada aniq va 
tushunarli qilib tasvirlanyapti. Buni o’z navbatida ikkilamchi хususiyat
bilan bog’liq tasvirni esa ikkilamchi aloqador хususiyat deb atasak bo’ladi.
Yakan haqidagi matnda qamish ikkilamchi хususiyat, u bilan bog’liq tasvir 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling