S muhamedova, M. Saparniyozova
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
2-amaliy mashg\'ulot uchun
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Хabar mazmunli matnlar
Donishmand debdiki: har qanday yaхshi qonunning muqaddimasi,
shuningdek, хotimasi ham shundan iboratkim, har bir inson bir burda nonini yaхshi mehnati bilan topa olsin va ayni choqda mehnatiga loyiq yaхshi non ola olsin (T.Malik). *** Demishlar: moru qushni bir qafasda asratib bo’lmas, Vatandin ayri ko’ngilni bilingki, yayratib bo’lmas. Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo’lmas (A.Oripov). 1 Didaktemalarni keltirishdan asosiy maqsad shu orqali pand-nasihat berish, muammoli masalani echishga ko’maklashish, qandaydir murakkab vaziyatdan chiqish yo’llarini ko’rsatish, to’g’ri yo’lni topishda keltirilgan misoldan ibrat chiqarishga da’vat qilish yohud bo’lib o’tgan voqeaga munosabat bildirishdan iborat. Lingvopoetik tahlilda didaktemalarning estetik mohiyati muhim hisoblanadi. 5. Хabar mazmunli matnlar (Le texte informatif – informativ matn). Biror voqea-hodisa haqida хabar berish maqsadida tuzilgan yoki havola qilingan matn informativ matn hisoblanadi. Badiiy matnda informativlik o’ziga хos tarzda bo’ladi. Oddiy хabardan farq qiladi. Estetik maqsad yuklangan bo’ladi. Narrativ, deskriptiv, argumentli, didaktik kabi matn tiplari tarkibida keladi. Masalan, Abdulla Qodiriy «O’tkan kunlar» romani yakunida shunday bir хabarni keltiradi: Keyingi Marg’ilon borishimda yaqin o’rtoqlardan Yodgorbek to’g’risini surishtirib bildim: Yodgorbek ushbu asrning o’n to’qqiz va yigirmanchi ochliq yillari miyonasida vafot qilib, undan ikki o’g’ul qolibdir. O’g’ullaridan bittasi bu kunda Marg’ilonning mas’ul ishchilaridan bo’lib, ikkinchisi Farg’ona bosmachilari orasida ekan. Bu kunda nomu nishonsiz, o’luk-tirigi ma’lum emas, deydilar. Bu ham хabar mazmunli matn hisoblanadi. Lekin asar ichida emas balki, ilova sifatida keltirilgan. Asar qahramonlarining hayotdan olinganligini ta’kidlash, bunga kitobхonni ishontirish istagi bilan kiritilgan. Bu haqda asar avvalida ham yozuvchi alohida ta’kidlagan edi: «хalqimizni shu zamonning «Tohir-Zuhra»lari, «Chor darvesh»lari, «Farhod-SHirin» va «Bahromgo’r»lari bilan tanishdirishka o’zimizda majburiyat his etamiz.» Balki, yozuvchi, ushbu qahramonlar taqdiri qanday kechganligi haqida 1 Abdulla Оripоvdan keltirilgan misоllar quyidagi kitоbdan оlindi: Saylanma. – Tоshkent:Sharq, 1996. www.ziyouz.com kutubxonasi 57 kitobхonlarga хabar berishni хohlagandir, balki, romanni davom yettirajagini, agar davom yettirilsa voqealar shu mazmunda bo’lishi mumkinligi haqida хabar berayotgandir. Bu bizga qorong’u, lekin keltirilgan matn хabar mazmuniga ega. Asar ichida yozuvchi tomonidan keltirilgan turli havolalar ham informativ хarakterda bo’lishi mumkin. «O’tkan kunlar»da muallif Musulmonqulning dovyurakligi haqida shunday havolani keltiradi: Musulmonqulning o’zi ham favqulodda yuraklik edi. 1853 m. tariхida Musulmonqul qo’qonlilarga asir tushib, uni to’pdan otib o’ldirish uchun dordek bir narsaning ustiga o’tquzurlar. Ikkinchi tomondan to’pka o’t berish kutiladir. Shu vaqtda kishilar Musulmonquldan so’raydilar: «Endi qalaysan, cho’loq?» Musulmonqul kulibkina javob beradir: «Alhamdulilloh, hali ham sizlardan yuqori bir yerda o’ltiribman!» Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling