C vitamini (4 soat) Nutqiy mavzuning maqsadi


Download 181.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana31.12.2022
Hajmi181.55 Kb.
#1073338
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5. C vitamini OʻK(2)



C VITAMINI 
(4 soat) 
 
Nutqiy mavzuning maqsadi: infografika shaklida berilgan maʼlumotlarni oʻqib 
tushunish, yoʻriqnoma shaklida berilgan matnlarni oʻqib tushunish, olinma soʻzlar, 
nutqiy mavzu doirasidagi atamalar, ular talaffuzi va imlosi bilan tanishish, shakldosh 
soʻzlar va ular maʼnolari ustida ishlash, sifat va son soʻz turkumi, uning soʻrogʻi, 
sifat soʻz turkumining tuzilishiga koʻra turlari bilan bogʻliq lingvistik bilimlarni 
mustahkamlash. 
1-soat 
DARS JARAYONI 
 
Kirish 
Yangi nutqiy mavzu eʼlon qilinadi. Ushbu mavzu doirasida nimalar haqida 
suhbatlashish mumkinligi haqida soʻraladi. C vitamini haqida nimalarni bilishi 
haqida oʻquvchilardan soʻzlab berishni soʻrash mumkin.
Asosiy qism.
Oʻqib tushunish va ogʻzaki nutq
 
Infografikaga asoslanib C vitamini haqida soʻzlab bering. 
Infografika shaklida berilgan maʼlumotlarni oʻqib tushunish, unda berilgan 
maʼlumotlar yuzasidan berilgan savollarga javob berish, mavjud maʼlumotlardan 
foydalana olish bilan bogʻliq nutqiy koʻnikmalarni rivojlantirish. 
Oʻqituvchi infografikaning nima ekanligini esalatdi, u qanday qismlardan 
iborat ekanligi, unda nimalar tasvirlanganligi haqida soʻraydi. Quyidagi savollar 
asosida suhbat tashkillashtiriladi.  
1. C vitaminiga boyligi boʻyicha qaysi mahsulotlar 1-, 2-, 3-oʻrinni 
egallaydi?
 
Oʻquvchilar infografikaning birinchi qismida berilgan maʼlumotlarga 
eʼtiborni qaratadi. C vitamini uchraydigan mahsulot nomlarini ketma-ketlik bilan, 
har bir mahsulot tarkibida qancha miqdorda C vitamini uchrashi haqida maʼlumot 
beradi. Oʻqituvchi oʻquvchilarga ushbu koʻrsatkichlar 100 gr mahsulotga nisbatan 
olinganligini eslatadi.

Download 181.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling