Yoʻriqnoma matnida ochiq holatda berilgan maʼlumot aniqlanadi va savolga
javob beriladi. Bunday nomlarning yoʻriqnomada berilishidan koʻzlangan maqsad
haqida soʻraladi.
3. Oxirgi marta qachon, qanday mahsulotning qoʻllanish boʻyicha
yoʻriqnomasi bilan tanishdingiz?
Oʻquvchilar oʻz hayotlarida uchragan vaziyatlar
asosida savolga javob
beradilar, buni nima maqsadda amalga oshirganliklari haqida gapirib beradilar.
4. Yoʻriqnomalarda faol va yordamchi moddalar ajratib koʻrsatiladi.
Ularning farqi nimada boʻlishi mumkin?
Faol va yordamchi modda nima ekanligi soʻraladi, ularning maʼlum bir dori
tarkibidagi ulushi haqida soʻz boradi. Bunday maʼlumotlarning
berilishidan
koʻzlangan maqsad haqida soʻraladi,
ehtiyoj sezilsa, oʻqituvchi
tomonidan
qoʻshimcha maʼlumotlar beriladi.
5. Yoʻriqnomada dori tavsifi berilishi nima uchun muhim?
Yoʻriqnoma va undagi maʼlumotlarning
muhimligi, dorining koʻrinishi
haqidagi maʼlumotning
qay darajada muhimligi, agar bunday maʼlumot
keltirilmagan boʻlsa, qanday holatlar yuzaga kelishi mumkinligi haqida maʼlumot
beriladi.
6. Mazkur preparat qanday salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin ekan?
Yoʻriqnoma matnidan aynan savolda soʻralgan maʼlumot
berilgan qismga
diqqatni qaratish soʻraladi, ushbu maʼlumotning ahamiyati haqida soʻz boradi.
7. “Qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma” doridan tashqari yana nimalarda
boʻladi?
Hayotiy kuzatuvlar asosida savolga javob beriladi, bunday maʼlumotlarning
foydali jihatlari haqida soʻz boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: