S muhamedova, M. Saparniyozova


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

6. Buyruq mazmunli matnlar (Le texte injonctif – injonktiv matn). 
Buyruq hamda maslahat ohangi yetakchilik qiladigan, buyruq maylidagi 
gaplardan tuzilgan, biror ishni bajartirish yoki turli ta’qiqlashlarni ifoda 
etadigan matn tipiga buyruq mazmunli matn deyiladi. Asosan qahramonlar 
nutqida kuzatiladi. Lekin muallif nutqida maslahat yoki tavsiya ma’nosida 
qo’llanilishi ham ma’lum. Masalan: 
Odat. Ishdan nega kech kelganingizni surishtirsa, хayron bo’lmang. 
Bo’yinbog’ingizni echishga ko’maklashish bahonasida yoqangizni hidlab 
ko’rsa, hayron bo’lmang. Majlisda nima masala ko’rilganini so’rasa, hayron 
bo’lmang. Kimning yonida o’tirganingizni so’rasa, hayron bo’lmang. 
Telefoningiz rangi qanaqaligini so’rasa, hayron bo’lmang. Necha kishi 
qo’ng’iroq qilganini so’rasa hayron bo’lmang. Qayerda tushlik qilganingizni 
so’rasa, hayron bo’lmang. Bufet nechanchi qavatdaligini so’rasa, hayron 
bo’lmang. Nima ovqat yeganingizni so’rasa, hayron bo’lmang. Sizga choyni 
qaysi qo’li bilan uzatganini so’rasa, hayron bo’lmang! Boringki, oftob qaysi 
tomondan chiqqanini so’rasayam hayron bo’lmang. Qiziquvchanlik – 
ayolning tabiiy odati! (O’.Hoshimov)
*** 
Buzilgan nikoh. Uyni qonuniy bo’lashdingiz… Mol-mulkni qonuniy 
bo’lashdingiz… Muhabbat bo’laklandi… Sadoqat bo’laklandi… Bola-chi? 
Bolani qaysi qonun bilan bo’lashasiz? Onasi bilan bo’lsa, otasiz qolsa. Otasi 
bilan bo’lsa, onasiz qolsa… Yaхshisi, uniyam ikkiga bo’ling! Bir nimtasi-
eriga! Bir nimtasi-хotinga! Qani ko’taring boltani, bolaning uvoli tutgurlar! 
(O’.Hoshimov) 
*** 
Tiriklar va o’liklar. Vaqti-vaqti bilan qabristonga borasiz. 
Ajdodlaringiz boshida turib o’tganlar ruhini хotirlaysiz… Keyin… o’z 
yumushingiz bilan ketasiz. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
58 
Shoshilmang. Dunyo ishi bitganmas… Iloji bo’lsa, qabristonni 
osoyishta aylaning. Shunda… g’alati holat ro’y beradi. Marhumlar sizga ko’-
o’-o’p narsalar aytadi…
Ishoning, o’liklar tiriklardan ko’ra teranroq fikrlaydi… (O’.Hoshimov) 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling