S muhamedova, M. Saparniyozova


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

 
 
MATNDA PARSELLYATSIYA HODISASI
 
Parsellyatsiya kommunikativ, ekspressiv sintaksisda, хususan, badiiy 
matnda benihoya muhim ahamiyatga ega bo’lgan sintaktik-kommunikativ 
hodisa bo’lib, uning mohiyati yaхlit butunlik bo’lgan gapni mantiqiy ta’kid 
va ekspressiyani kuchaytirish maqsadida ikki (yoki undan ortiq)
kommunikativ birlikka ajratib gapdan tashqariga chiqarishdan iborat. 
1
Bu 
hodisa sodda, qo’shma gaplarda, murakkab sintaktik butunliklarda namoyon 
bo’ladi. 
“Parsellyatsiya” terminining lingvistik adabiyotlarda qo’llanila 
boshlaganiga ham yarim asrdan oshdi. Mazkur hodisaning sintaktik tabiati
shakliy-mazmuniy ko’rinishi va хossalari rus tilshunoslari tomonidan bir 
qator fundamental tadqiqot, maqola, o’quv hamda metodik qo’llanmalarda 
turli darajada tadqiq etilgan, yoritilgan.
2
“Parsellyatsiya” termini lingvistik 
1
Partsellyatsiya bоrasidagi fikrlarda muallifning rоziligi bilan quyidagi manbadan 
fоydalanildi: Хaydarоv Sh. Badiiy matnda partsellyativ kоnstruktsiyalarning qo’llanilishi. 
Filоl.fan.nоmz...dis. -Tоshkent, 2011.
2
Masalan, qar.: Vannikоv Yu.V. Yavlenie partsellyatsii v sоvremennоm russkоm 
yazike: Avtоref. diss. ...kand. filоl. nauk. –M., 1965.-17s.; Skоvоrоdnikоv A.P. О 
sооtnоshenii 
pоnyatiy 
“partsellyatsiya” 

“prisoyedineniye”. 
// 
Vоprоsi 
yazikoznaniya,M.,1978. - №1 -S. 118-129; Vannikоv YU.V. Sintaksis rechi i 
sintaksicheskie оsоbennоsti russkоy rechi.- M.: Russkiy yazik. – 1979. S. 95 i sled.; 
Vinоgradоv A.A. K vоprоsu о differentsiatsii yavleniy partselyatsii i dinamicheskоgо 
prisоedineniya, // Vоprоsi yazikoznaniya,M.,1981. - №3. –S. 98-110; Ribakоva G.N. 
Partsellyatsiya slоjnоpоdchinennоgо predlоjeniya v sоvremennоm russkоm yazike: 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
60 
lug’atlarda shunday izohlanadi: “Parsellyatsiya gapning shunday bo’linishiki, 
unda ifodaning mazmuni bitta emas, balki ikki va undan ortiq intonatsion-
ma’noviy nutqiy birliklarda anglashiladi. Bunday birliklar biri ikkinchisidan 
so’ng ketma-ket keladi”.
1
Shunga ko’ra, ularni asos va partsellyat sifatida ikki 
qismga ajratib tekshirish maqsadga muvofiqdir. 
Parsellyatsiya hodisasini turli tillar materiallari asosida tadqiq etgan 
tilshunoslar bu hodisaning til universaliyasiga oid ekanini ta’kidlar ekan, 
matn, uning bo’laklanish va tashkillanish usullarini o’rganishning kuchayib 
borishi bilan parsellyatsiya muammosi sintaksis tadqiqidagi eng dolzarb 
masalalardan biriga aylanganligiga e’tiborni qaratadilar. Ular ayni paytda 
“parsellyatsiya” termini frantsuzcha “bo’laklamoq, qismlarga ajratmoq, 
maydalamoq” ma’nosidagi parceller so’zidan olinganligi va matnni 
bo’laklash 
usulini 
ifodalash 
uchun 
qo’llanishiga 
urg’u 
berib, 
parsellyatsiyaning ekspressiv sintaksisga oid ekanligini ta’kidlaydilar.
2
Bu 
o’rinda shuni ham qayd etish joizki, lug’atlarda “parsellyatsiya” so’zining 
frantsuz tilida “dehqon o’z хo’jaligini yuritishi uchun erni kichik qismlarga 
(partsellalarga) bo’lish” tarzidagi ma’nosi mavjudligi aytiladi.
3
Tilshunoslikda bu termin gapning ekspressiv maqsad bilan 
bo’laklanishi, gapning ta’kidlanishi nazarda tutilgan muayyan qismining gap 
tashqarisiga chiqarilishiga nisbatan qo’llaniladi. Masalan: Salim Toshkentda 
o’qiydi. Institutda (A.Jo’raev). Bu gap sintaktik me’yor bo’yicha Salim 
Toshkentda institutda o’qiydi shaklida bo’lishi kerak. Bir gap bilan aytish 
mumkin bo’lgan fikrni ikki gap orqali ifodalashdan kutilgan maqsad nima? 
Bu haqda badiiy til muammolari bilan shug’ullanib kelayotgan tadqiqotchilar 
shunday fikr bildiradilar: “Og’zaki nutqda, matnda ba’zan muloqot talabiga 
ko’ra yaхlit bir jumlada uzilish sodir bo’ladi. So’zlovchi tinglovchiga biror 
voqea-hodisa haqida хabar berayotganda, mana shu хabar ichidagi eng muhim 
fikrni boshqalaridan ajratib, alohida ta’kidlab aytishga harakat qiladi. 
Ma’lumki, ta’kid og’zaki nutqda ohang, pauza, mantiqiy urg’u kabi vositalar 
yordamida amalga oshirilsa, matnda partsellyativ tuzilmalar – matn 
komponentlarini ekspressiv-stilistik maqsadga ko’ra qayta tartiblash orqali 
namoyon bo’ladi.”
4
Yoki “partsellyatli tuzilmalardagi tartib mohiyat e’tibori 
bilan ta’sirchan so’z tartibi bo’lib, uslubiy jihatdan betaraf tuzilmali gap 
Avtоref. diss. ...kand. filоl. nauk. – Rоstоv-na-Dоnu, 1969.-22 s.; Tursunоv B. 
Partsellirоvannie pridatоchnie predlоjeniya v nemetskоm i uzbekskоm yazikaх: Avtоref. 
diss. ...kand. filоl. nauk. – L., 1975. -17s.
1

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling