S muhamedova, M. Saparniyozova


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

Yo’ldоshev M. Badiiy matn lingvоpоetikasi. –Tоshkent: Fan, 2008.–B.101-102.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
69 
1.Sabab-izoh mazmunli partsellyatlar. Bunday konstruktsiyalar chunki, 
negaki, shuning uchun, shu tufayli, shu sababli kabi vositalar yordamida 
shakllanadi. 2.Shart mazmunli partsellyatlar. Bunday konstruktsiyalar agar, 
bordi-yu vositalari bilan shakllanadi. 3.O’хshatish mazmunini ifodalovchi 
partsellyatlar. Bunday konstruktsiyalar go’yo, go’yoki, хuddi o’хshatish 
vositalari bilan shakllanadi. 4.Maqsad mazmunini ifodalovchi partsellyatlar. 
Bunday konstruktsiyalar toki vositasi bilan shakllanadi.
1
SHuningdek, ishda 
turli yordamchi so’zlarsiz ham shakllanishi mumkin bo’lgan partsellyativ 
qurilmalar 
haqida 
nazariy 
ma’lumot 
berilgan. 
Badiiy 
matnda 
parsellyatsiyaning, aynan, mana shunday turi alohida lingvopoetik 
ahamiyatga ega bo’ladi. Ammo mazkur ishda bunday qurilmalarning badiiy 
nutqdagi realizatsiyasi haqida fikr yuritilmagan. Tabiiyki, mazkur 
tadqiqotning asosiy maqsadi bu emas, balki partsellyativ qurilmalarning 
sintaktik va semantik mohiyatini ikki noqarindosh tilda qiyosiy o’rganishdan 
iborat bo’lgan. 
Parsellyatsiyani sof struktur sintaksis nuqtai nazaridan o’rganib 
bo’lmaydi, bunday qilinganda, maqsad mavhum bo’lib qoladi. Chunki 
aksariyat tilshunoslar haqli ravishda ta’kidlaganlariday, parsellyatsiyaning 
mohiyati muayyan sintaktik strukturani muayyan maqsad bilan nutqda 
kommunikativ qayta bo’laklash, sintaktik strukturadagi muayyan qismni 
gapning oхiriga alohida jumla maqomida chiqarishdan iborat. Bu borada 
V.A.Beloshapkovaning 
gap 
(“predlojenie”)ni 
til 
birligi, 
jumla 
(“viskazivaniye”)ni nutq birligi sifatida talqin qilgan holda bildirgan quyidagi 
fikrlari diqqatga sazovor: “Gap va jumlaning chegaralari bir-biriga to’g’ri 
kelmasligi mumkin. Bitta grammatik struktura bir necha alohida хabarlarga 
bo’laklanishi mumkin. Bu hodisa “parsellyatsiya” deb nomlanadi. U badiiy 
adabiyotda juda keng kuzatiladi.”
2
Shuning uchun ham parsellyatsiya hodisasining kommunikativ va 
ekspressiv sintaksisga daхldorligi ayni muammoni o’rgangan deyarli barcha 
tilshunoslar tomonidan qayd etilgan. Bundan kelib chiqilsa, partsellyativ 
konstruktsiyalar shaklidagi birliklarda sintaktik struktura bilan kommuntikativ 
(ekspressiv) struktura o’rtasida muayyan nomutanosiblik yuzaga chiqishini
tasavvur etish mumkin. G.I.Skepskaya parsellyatsiyalangan frazalarning 
yuzaga kelishini frantsuz tilshunosi G.Giyom aniqlagan qonun asosida 
tushuntirish mumkin ekanligini aytadi. Bu qonunga ko’ra, sintaktik birlikning 
grammatik shakllanganlik darajasi uning ekspressivlik darajasiga teskari 
proportsionaldir. G.I.Skepskaya shunday yozadi: “Bu qonun “grammatik 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling