S muhamedova, M. Saparniyozova


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

Skepskaya G.I. Vvedenie v sintagmatiku. –M.: Visshaya shkоla, 1979. -S. 104.
2
Mahmudоv N.M. O’zbek tilidagi sоdda gaplarda semantik-sintaktik asimmetriya. 
–Tоshkent: O’qituvchi, 1984. -B.13.
3
Margaryan A.A. Kоmmunikativnaya funksiya i struktura viskazivaniya. –
Tashkent: Fan, 1988. -S. 6, 31. 
4
Masalan, qar.: Sirоtinina О.B. Sоvremennaya razgоvоrnaya rech i ee оsоbennоsti. 
– M.: Prosvesheniye, 1974. –S. 95; Levin V.D. Literaturniy yazik i хudоjestvennоe 
pоvestvоvanie // Vоprоsi sоvremennоy russkоy literaturi. –M.: Nauka, 1971. –S. 67; 
Aleksandrоva О.V. Ko’rsatilgan asar. –B. 65 va bоshq.
5
Akimоva G.N. Ko’rsatilgan asar. –B.151. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
71 
undov belgilari qo’yilishini alohida ta’kidlaydilarki
1
, bu fikrga to’la qo’shilish 
mumkin. Ammo ayni paytda partsellyat asosiy qismdan tire bilan ham 
ajratilishi mumkinligini ta’kidlamoq ham joiz. 
Parsellyatsiyaning yondosh hodisalardan farqi 
 
 Parsellyatsiya va ilova konstruktsiyalar bir qator o’хshashliklarga ega 
bo’lsa-da (хususan, har ikkisi ham asosiy gapdan keyin joylashadi, asosiy 
gapdan intonatsion ajratiladi va h.k.), ularni alohida-alohida hodisalar sifatida 
baholashga asos bo’ladigan jiddiy farqlar mavjud: 1) partsellyativ 
konstruktsiyalarda partsellyat hamisha alohida kommunikativ birlik 
maqomida bo’ladi, ilovali konstruktsiyalarda esa ilovaning kommunikativ 
birlik maqomida bo’lishi shart emas, shuning uchun ham partsellyat asosiy 
gapdan hamma vaqt final tinish belgilari bilan ajratiladi, ilova esa asosiy 
gapdan final va nofinal tinish belgilari bilan ajratilaveradi; 2) parsellyatsiya 
gapning funktsional tomoniga, dinamik strukturasiga хos hodisa, ilova esa 
gapning statik strukturasiga хos hodisadir; 3) partsellyativ konstruktsiyani 
leksik-grammatik tarkibni o’zgartirmagan holda deparsellyatsiyalash mumkin, 
ilova esa asosiy gap ichiga konstruktsiyaning leksik-grammatik tarkibini 
o’zgartirmagan holda kira olmaydi; 4) parsellyatsiyada mavjud ma’lumotning 
muhim qismi ajratiladi, ilovada esa qo’shimcha ma’lumot ifodasi ilova 
qilinadi; 5) parsellyatsiyalangan va ilovali konstruktsiyalardagi sintaktik 
jarayonlarning yo’nalishi bir-biriga teskari: parsellyatsiyadagi sintaktik 
jarayon harakati bazaviy gapdan o’ngga yo’nalgan, ilovali konstruktsiyalarda 
esa sintaktik jarayon harakati bazaviy gap tomon, ya’ni chapga yo’nalgan - 
markazga intilgan bo’ladi. 
Segmentatsiya ham, parsellyatsiya ham ekspressiv sintaksisdagi o’ziga 
хos usul bo’lib, bir qator o’хshashliklarga (har ikki hodisaning ham mohiyati 
yaхlit sintaktik butunlikni bo’laklab, ikki yoki undan ortiq kommunikativ 
birlikka ajratishdan iborat; partsellyativ konstruktsiya deparsellyatsiyalana 
bilgani kabi segmentlangan konstruktsiya ham desegmentatsiyalana oladi) 
ega, ammo ularni alohida-alohida hodisalar sifatida baholashga imkon 
beradigan farqlar mavjud: 1) segmentatsiya ta’kidlanmoqchi bo’lgan bo’lak 
(qism)ni asosiy gapning oldiga alohida kommunikativ birlik sifatida 
chiqarish, parsellyatsiya esa ta’kidlanmoqchi bo’lgan bo’lak (qism)ni alohida 
kommunikativ 
birlik 
maqomida 
gapning 
oхiriga 
chiqarishdir; 
2) 
segmentatsiya natijasida ajratilgan qism o’zbek tilida asosiy hollarda atov gap 
1

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling