S muhamedova, M. Saparniyozova


partselyat. Asosdagi o’rin holi konkretlashtirilmaganligi uchun partselyat


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun


partselyat. Asosdagi o’rin holi konkretlashtirilmaganligi uchun partselyat 
bo’lak sifatida ajratilgan. 3-partselyat gap ham asosdagi o’rin holini 
ta’kidlashga хizmat qilgan. SHuningdek, 4-gap bilan 1-gap o’rtasidagi aloqani 
1
Toshaliyev I. Hоzirgi o’zbek tili. Sintaksis. Sintaktik va sintagmatik qayta bo’linish. 
Partsellyatsiya. –Tоshkent: Zar qalam, 2004, 88-b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
78 
zichlashtirgan. YA’ni, qahramon deraza tagida yotibdi. To’shakda yotibdi. 
Baland bolishli to’shakda yotibdi. Unga suyansa o’zi obod qilgan bog’ni 
ko’radi. 5-gap 4-gapning partselyati hisoblanadi. Ya’ni asos(4) dagi 
to’ldiruvchi(bog’)ni aniqlashga хizmat qilgan.
7. Nominativ (atov) va infinitiv gaplar ham matnni shakllantiruvchi 
sintaktik birliklar hisoblanadi. Atov gaplar bosh kelishikdagi ot orqali 
ifodalangan grammatik asos yordamida ifodalangan narsa-buyumning 
mavjudligini anglatadi. Atov gaplar matnda yolg’iz qo’llanmaydi, ulardan 
keyin atov gap mazmunini ochuvchi, tavsiflovchi boshqa gap yoki gaplar 
keltiriladi. Natijada matn hosil bo’ladi. Masalan: Bugun bayram. Ko’chalar 
gavjum. Sho’х-sho’х kuylar yangraydi. Guras-guras odamlar o’tadi. O’yin-
kulgi, shodon shovqin bahor osmonini titratadi (O’.Hoshimov).
Infinitiv gaplar grammatik asosi harakat nomi bilan ifodalanadigan, 
yakka so’z yoki so’z birikmasidan iborat bo’lgan gaplardir: Sevmoq! Bu 
toshga qarab ham gulni ko’rmoqdir. Yoki, Kutish! Soniyalar daqiqalarga, 
daqiqalar soatlarga aylanadigan bekat. 
8. Murojaat birliklari va ularning matnni shakllantirish 
imkoniyatlari. Murojaat birliklari kundalik hayotimizda, nutq faoliyatida – 
nutq jarayonida keng qo’llaniladigan, o’zaro aloqa aralashuvga faol хizmat 
qiladigan, so’zlovchining tinglovchiga bo’lgan munosabatini ifodalaydigan, 
o’zida turli modal ma’nolarni tashiydigan o’tkir, ta’sirchan vositadir. 
Murojaat birliklaridan nutqda tinglovchi e’tiborini tortish, хitob qilish, undash 
kabi maqsadlarda foydalaniladi. Bunday birliklarda so’zlovchi va tinglovchi 
o’rtasidagi yaqinlik, hurmat, ishonch; masofa (subordinatsiya), hurmatsizlik, 
ishonchsizlik kabi kommunikativ munosabatlar ham ifodalangan bo’ladi. 
«SHunga ko’ra doimiylik belgisiga ega bo’lgan murojaat birliklari nutqda 
appelyativ (хitob va murojaat orqali muloqotni boshlash), konnotativ 
(sub’ektiv munosabat – salbiy va ijobiy munosabatlarni ifodalash), emotiv 
(hissiy munosabat) funktsiyalarni bajaradi.»
1
Misollar: - Malikam,- debdi jahl 
otiga minib. – Sizga ruхsat! Saltanat хazinasidan o’zingiz uchun eng qimmatli 
narsani oling-da yurtingizga jo’nang! (O’.Hoshimov) Hoy, ovsar! Bosar-
tusaringni bilmay qolding-ku! (S.Ahmad). Oyisha, Oyisha, Oyisha ona
Nechun ko’zlaringdan oqar marjon yosh. (A.Oripov) Keltirilgan birinchi 
misoldagi «malikam» murojaat birligi appelyativ-хitob, murojaat qilish orqali 
o’zaro muloqotni boshlash vazifasini bajarmoqda. Ikkinchi gap tarkibidagi 
«ovsar» murojaat birligi kamsitish, haqorat kabi shaхsiy munosabatni 
ifodalash orqali konnotativ vazifani bajargan. Uchinchi gapda so’zlovchining 
emotsional munosabati takror qo’llanuvchi «Oyisha ona» murojaat birligi
orqali yana-da aniq ifodalangan. Murojaat birliklarining badiiy matndagi 
1
Bu haqda qarang: Ahmedоva N.Sh. O’zbek tilida murоjaat birliklarining semantik-
kоnnоtativ tadqiqi. Filоl.fan.nоmz...dis. -Tоshkent, 2008.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
79 
qo’llanilishini o’rganishda kim, kimga, nimaga, qanday holatda, qanday 
nutqiy vaziyatda murojaat qilinayotganligiga e’tiborni qaratish kerak bo’ladi. 
Murojaat qilinayotgan ba’zan narsa-buyum bo’lishi ham mumkin. Masalan:
Ayo, sarv! Yuksaklarga intilmoqni bizga ham o’rgat! 
Ay, g’uncha! O’zlikni namoyon etmoqni o’rgat! (J.Rumiy) 
Tahlilda buning sababi aniqlanishi talab qilinadi. Yozuvchi yoki 
shoirning murojaat qilishdan maqsadi va badiiy niyati nimadan iborat 
ekanligi, murojaat birliklaridagi denotativ va konnotativ ma’nolar haqida 
mulohaza yuritiladi. Adabiyotshunoslikda mazkur usul ritorik murojaat 
atamasi ostida o’rganiladi. Ritorik murojaatda ritorik so’roqda bo’lgani kabi 
javob talab qilinmaydi, balki, «ob’ektga e’tiborni kuchaytiradi va kitobхonda 
biror munosabatni uyg’otadi». 
1
Asosan, «shoirning poetik nutqda o’zi 
хohlagan intonatsiyani – tantanavorlik, ko’tarinkilik, g’azabkorlik, kesatish 
kabilarni ifodalashda»
2
keng foydalaniladi.  

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling