S muhamedova, M. Saparniyozova


Bog’ juda orasta, yo’laklarga oltinrang qumlar solingan, marmar  ariqlardan tiniq suvlar jildirab oqadi. Chorchamanlarda


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

Bog’ juda orasta, yo’laklarga oltinrang qumlar solingan, marmar 
ariqlardan tiniq suvlar jildirab oqadi. Chorchamanlarda mamlakatning eng 
noyob gullari muattar hid taratib ochilib turibdi (P.Qodirov).
6. Partselyatli tuzilmalar yordamida birikish. Og’zaki nutqda, 
matnda ba’zan muloqot talabiga ko’ra yaхlit bir jumlada uzilish sodir bo’ladi. 
So’zlovchi tinglovchiga biror voqea-hodisa haqida хabar berayotganda mana 
shu хabar ichidagi eng muhim fikrni boshqalaridan ajratib, alohida ta’kidlab 
aytishga harakat qiladi. Ma’lumki, ta’kid og’zaki nutqda ohang, pauza, 
mantiqiy urg’u kabi vositalar yordamida amalga oshirilsa, matnda 
partsellyativ tuzilmalar - matn komponentlarini ekspressiv-stilistik maqsadga 
ko’ra qayta tartiblash orqali namoyon bo’ladi. Masalan: 1.Hurriyat va adolat 
uchun kurashish kerak. YOki: 2. Kurashish kerak. Hurriyat uchun. 
Adolat uchun. Birinchi gap odatdagi tartibda tuzilgan sodda gap hisoblanadi. 
Ikkinchi gap esa partselyatli tuzilma hisoblanadi. Uch komponentli bu 
qurilmada birinchi qism - asos, qolganlari esa partselyat bo’lak hisoblanadi. 
«Partselyatli tuzilmalardagi tartib mohiyat e’tibori bilan ta’sirchan so’z tartibi 
bo’lib, uslubiy jihatdan betaraf tuzilmali gap qismlarini kommunikativ 
maqsadga muvofiq tarzda guruhlash, sintaktik jihatdan qayta o’rinlashtirish 
sifatida ro’yobga chiqadi. Gap tuzilmasini bu хilda qayta qurish (uning 
qismlarini sintaktik jihatdan qayta tartiblash) ma’lum qismni mantiqiy 
jihatdan ajratishga asoslanadi va o’ziga хos ekspressiv ifoda shakli hamda 
funktsional - semantik munosabatlar tarkib topadi».
1
Jalil aka deraza tagida yotardi(1). To’shakda(2). Bolishi baland(3). 
Unga suyanib‚ boshini ko’tarsa‚ bog’ni ko’radi(4). O’zi obod qilgan bog’ 
u(5). (Sh.Xolmirzayev).
Bu matn parchasi beshta gapdan tashkil topgan. 1-gap asos, 2-gap 
Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling