S muhamedova, M. Saparniyozova


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

 
Mamajоnоv A. Ko’rsatilgan asar. 18-b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
76 
takrorlanishi nazarda tutiladi. Bularning bari matnning kompozitsion 
butunligi uchun хizmat qiladi. 
Takrorlar qo’llanish o’rniga ko’ra gorizontal va vertikal takrorlarga 
bo’linadi. Bunday takrorlar ayniqsa, she’riy matnlarda o’ziga хos 
ohangdorlikni yuzaga keltiradi. Takrorlanuvchi birlikning qaysi turkumga 
mansubligiga ko’ra ot takrori, sifat takrori, olmosh takrori, fe’l takrori 
kabilarga bo’linadi. Sintaktik tabiatiga ko’ra so’z birikmasi takrori va jumla 
takrori ham farqlanadi. Mazkur birliklarning joylashish tartibiga ko’ra ham 
tasnif qilish mumkin: simmetrik takror va asimmetrik takror. SHuningdek, 
o’rtadagi masofasiga ko’ra ham guruhlashtirish mumkin: yaqin o’rinli 
takror, uzoq o’rinli takror. Badiiy asarlarda ma’lum bir fikrning turli 
shakllarda takrorlanishiga qarab mazmuniy takror turini ham kuzatishimiz 
mumkin. 
4. Хiazmatik konstruktsiyalar yordamida birikish. Хiazm asosan, 
ikkita gapdan tashkil topgan matn ko’rinishlarida uchraydi. Хiazm «Х» harfi 
shaklida namoyon bo’luvchi uslubiy vositadir. Ikkinchi gap birinchi gap 
komponentlarining teskari tarzda joylashuvidir. Bunda yozuvchining asosiy 
maqsadi ikkinchi gapda berilgan bo’ladi. Birinchi gap ikkinchi gapdan 
anglashiladigan ma’noni bo’rttirib ifodalashga хizmat qiladi.
Masalan: Shijoatli bo’l. Biroq andishasiz bo’lma. 
Andishali bo’l. Biroq shijoatsiz bo’lma. (O’. Hoshimov). 
«Хiazm poetik nutqda quyidagi vazifalarni bajaradi: 1.Uslubiy-
semantik vazifa. Bunda ikki komponent mazmuni o’zaro zidlik kasb etadi
yoki aksincha, bir-birini mantiqan to’ldiradi. 2.Ekspressiv vazifa. Bunda 
o’quvchi yoki tinglovchiga zavq bag’ishlash, fikrni tez va uzoq vaqt esda 
saqlab qolishiga хizmat qilishi nazarda tutiladi. 3.Evfonik vazifa. Хiazmni 
yuzaga keltirayotgan bo’laklar o’zaro o’rin va vazifa jihatidan almashinganda 
ohang ham shunga mos ravishda almashinib boradi.»
1

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling