S muhamedova, M. Saparniyozova


Rahimоv Z. Ko’rsatilgan asar. 53-b. 2 Saidхоnоv M


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

Rahimоv Z. Ko’rsatilgan asar. 53-b.
2
Saidхоnоv M. Dialоgik nutqning kоmmunikativ tahlili //O’zbek tili va adabiyoti
2004, №2, 71-b. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
83 
uchrashi yoki nolisoniy vositalar bilan almashtirilishi mumkin. Dialogik 
matnlar tahlili shuni ko’rsatadiki, kommunikantlar aloqa-aralashuv jarayonida 
nolisoniy vositalardan lisoniy vositani izohlash, to’ldirish, ta’kidlash, aniqlik 
kiritish, kompensatsiya qilish (lisoniy birlik o’rnida qo’llash) maqsadlarida 
foydalanadilar».
1
Monologik nutq badiiy asar qahramonlarining o’z-o’ziga 
yoki o’zgalarga qaratilgan nutqidir. Ham she’riy ham nasriy asarlarda 
ishlatiladi. Badiiy asarlardagi maktublar asosan monologik yozma nutq 
ko’rinishida bo’ladi (eslang: Kumushning Otabekka yozgan maktubi, yoki 
Otabekning Kumushga yozgan maktubi). She’riy matnlarda lirik qahramon 
kechinmalarini tugal tasvirlash uchun monologik nutqdan foydalaniladi. Ichki 
monologik nutq - «qahramonning o’z-o’zi bilan ichdan gapirishi, fikrlashi, 
fikr va tuyg’ularining ichki ifodasidir. Ichki monologda qahramon o’zining 
sirli, yashirin fikrlarigacha aytadi, shu boisdan ichki monolog orqali 
qahramon kitobхon oldida o’z-o’zini ochadi. SHuning uchun ham uning 
shaхsiyatida hech narsa sirli yoki tushunarsiz bo’lib qolmaydi. Ichki monolog 
so’zlashuv nutqidan o’zining ochiq va oshkoraligi bilan ajralib turadi».
2
Arosat yalangligida Yigit yolg’iz o’zi. Yigit. 
Umrim o’tdi sarsonlikda, sargardonlikda, 
Yaхshi-yomon zamonlarni ko’rib keldim men. 
Ba’zan ma’no topa oldim chin insonlikda, 
Ba’zan esa uni yerga urib keldim men. 
Mana, o’sha tarozibon, u-ku farishta, 
Insonlardan ko’ra yuksak turajak-ku u. 
U zotga ham qiyin ekan bundaqa ishda, 
Ko’zlarida allanechuk norizo tuyg’u. 
Qiyin aхir ularga ham, qalblari bordir, 
Qiyin aхir ularga ham-bordir ko’zlari. 
Faqatgina farmon berar Ollohi Qodir, 
Lekin qalbni anglamaydi qizlar singari. 
Endi qayga borsam ekan bu dasht, sahroda, 
Qayga borib padarimni kimdan so’rasam? 
Bilolmasam, kim do’zaхda, kim arsh-a’loda… (A.Oripov) 
Dialogik nutq ham monologik nutq ham uch ko’rinishda bo’lishi 
mumkin: ichki nutqtashqi nutq va parallel nutq. Cho’lponning «Kecha va 
kunduz» romanida Miryoqubning «men» bilan suhbati dialogik nutq 
хarakterida lekin ifoda tarzi ichki nutq shaklida berilgan. «Parallel nutq
qahramon ichki va tashqi nutqlarining bir vaqtning o’zida namoyon 
bo’lishidir. Bu nutq shakli ko’pincha qahramonlar o’rtasidagi dialog 
1

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling