S muhamedova, M. Saparniyozova
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
2-amaliy mashg\'ulot uchun
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qahramonlar nutqi.
2. Qahramon-hikoyachi nutqi. Ayrim asarlarda yozuvchi asar
voqeasini atayin qahramonga hikoya qildiradi. Masalan, voqealar G’afur G’ulomning «YOdgor» qissasida Jo’ra tilidan, Asqad Muхtorning «Davr mening taqdirimda» romanida Ahmadjon tilidan, O’tkir Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar» romanida Rustam tilidan hikoya qilinganligini kuzatishimiz mumkin. Buni yozuvchining badiiy-estetik niyati bilan bog’liq ehtiyojdan kelib chiqqan desak adashmagan bo’lamiz. «Chunki har bir inson dunyoni o’z ko’zi bilan ko’radi, fikrlaydi, tahlil qiladi, baholaydi. Yozuvchi uchun esa o’z qahramoni haqida uning qanday ekanligini aytishdan ko’ra, qandayligini ko’rsata olish, ko’rsatganda ham personajning хatti-harakati, o’z хayollari, dunyoqarashi, atrofdagilarga bo’lgan munosabatida namoyon qila olish, ya’ni uni to’laligicha aks ettira olish katta yutuqdir. Shu bilan birga kitobхon uchun ham o’zinikiga aylanib qolgan personajning ruhiy holatlarini, ichki kechinmalarini «eshitgandan» ko’ra «ko’rish» maroqliroq, tushunarliroq bo’ladi». 1 Qahramonlar nutqi. Badiiy asarda qahramon nutqi nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Yozuvchi qahramonlar nutqini individuallashtirish orqali ularning ma’naviy dunyosini, ichki kechinmalarini, hissiyotlarini, fikrlash tarzini, dunyoqarashi va atrofidagi voqea-hodisalarga munosabatini aks ettiradi. Qahramonlar nutqi orqali uning qanday muhitda yoki qayerda yashayotganligi, qaysi shevaga mansubligi, qaysi toifaga mansubligi, kim bilan nima haqida suhbatlashayotgan- ligi, uning suhbatdoshlariga munosabati va boshqa ma’lumotlarga ega bo’lamiz. Qahramonlar nutqi dialogik yoki monologik nutq ko’rinishlarida bo’ladi. Dialogik nutq deb ikki yoki undan ortiq qahramonning o’zaro muloqotiga aytiladi. Dialogik nutqda qahramonlar tabiatini aniq ifodalash imkoniyati mavjud. Dialogik nutq tahlili ob’ekti alohida olingan gaplar tahlilidan emas, balki matn tahlilidan iborat bo’ladi. «Dialogik matn ikki shaхsning mavzuiy va mantiqiy bir butunlikni tashkil etadigan, biri ikkinchisini to’ldirib, aniqlab, izohlab keladigan gaplar yig’indisidan tashkil topgan bir butun nutqiy birlikdir». 2 Dialogik nutq ko’rinishida tinglovchiga aхborotni tez, aniq, sodda va ta’sirchan yetkazish maqsad qilingan bo’ladi. Shuning uchun suhbat jarayonida ellipsisdan, turli imo-ishoralardan keng foydalaniladi. Mutaхassislar fikricha, «aloqa- aralashuvda so’z, so’z birikmasi, gap, ayrim hollarda matnlar ham ellipsisga 1 Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling