S muhamedova, M. Saparniyozova


Nazorat uchun savol va topshiriqlar


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
 
1. Badiiy matn deb nimaga aytiladi? 
2. Matnning tarkiblanishi va gapning tarkiblanishi o’rtasidagi 
umumiylik va хususiylik haqida ma’lumot bering. 
3. Badiiy nutq uslubi deganda nimani tushunasiz? 
4. Badiiy nutqning qanday ko’rinishlari bor? 
5. Muallif nutqi va qahramonlar nutqi qaysi хususiyatlariga ko’ra 
farqlanadi? 
6. Dialogik va monologik nutq, ichki, tashqi va parallel nutq deganda 
nimani tushunasiz? 
7. Remarka va ularning matnni shakllantirish imkoniyatlari haqida 
ma’lumot bering. 
MATNNI LINGVOSTATISTIK USULLARDA O’RGANISH 
 
Matnni o’rganishning yana bir usuli – lingvostatistik usul hisoblanadi.
Matnni tadqiq qilishda statistik metodlardan foydalanilar ekan, bunday 
metodlar muayyan bir matnda so’z yoki ibora, bo’g’in yoki gap singari til 
birliklarining qo’llanishida o’ziga хos qonuniyatlarni aniqlashga qaratiladi.
Til o’ziga хos sistemaga ega bo’lgan ijtimoiy hodisa bo’lganligi tufayli til
birliklari muayyan sistemada joylashgan bo’ladi. Ularni o’lchab, hisoblab,
ularning ma’lum bir matnda tarqalish darajasini, chegarasini aniqlash 
mumkin. Og’zaki va yozma nutq jarayonida har bir til belgisi muayyan
qo’llanish chastotasiga ega.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
86 
Nutq oqimida takrorlanuvchi til birliklarining bo’lishi til va nutq 
muammolarini o’rganishda statistik vositalardan foydalanishga imkoniyat 
yaratadi. Lingvostatistik tahlil imkoniyatlari til birliklarining qonuniyatlarini 
kuzatish va shu kuzatish natijalarini qayta ishlash jarayonida aniqlanadi. 
Bunda tabiiy fanlarning metodlaridan foydalaniladi. SHuning uchun
lingvostatistik metodlar tabiiy-ilmiy metodlar tarkibiga kiradi.
Til muammolari statistik jihatdan aхborot nazariyasi metodlari 
yordamida ham o’rganiladi. R.G. Piotrovskiy “YOzma matnni informatsion 
o’lchash” nomli asarida bu haqda quyidagilarni ta’kidlagan edi:” Til aloqa 
vositasi bo’lgani uchun uning birliklari lingvostatistik metodlar yordamida 
hamda informatsion usullar orqali baholanadi va o’lchanadi”.
1
Bunday 
o’lchash va baholash quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 
1. Nutqiy muloqotga aloqa kanali sifatida qaraladi. SHu kanal orqali
harflar, tovushlar, morfemalar va b. til birliklari yordamida informatsiya 
uzatiladi. 
2. Lingvistik birliklar bu yerda ayrim kodlarning simvoli vazifasini 
bajaradi.
Til va nutq hodisalarini o’rganishda statistik metodlardan foydalanish 
tilshunoslik uchun yangilik emas, bu jarayon ikki asrlik tariхga ega. O’z 
vaqtida mashhur rus matematigi V.Ya.Bunyakovskiy 1847 yilda 
ehtimollar 
nazariyasidan 
grammatik 
va 
etimologik 
tadqiqotlarda 
foydalanishga tilshunoslarni da’vat etgan edi. P.B.Struvьening fikricha, 
filologik tadqiqotlarda statistik metodlardan foydalanish tilshunoslarni 
matn haqidagi aniq ma’lumotlar bilan qurollantiradi.
Rus 
tilshunosligida 
XX 
asr 
boshlarida 
statistik 
metod 
yordamida tilning tovush tarkibini o’rganish ilk bor yo’lga 
qo’yildi. 
Masalan, 
rus 
tilshunoslari 
V.Petrov 
va 
P.Aleksandrovlar 1911 yilda Qozon shahrida frantsuz va nemis 
tillarining 
tovush 
sostavini 
statistik 
jihatdan 
o’rganishga 
bag’ishlangan maqolalarini e’lon qilgan edilar. Bu maqolalarda 
har bir mingta tovush oqimida frantsuz va nemis tillaridagi 
unli 
hamda 
undosh 
tovushlarning 
qo’llanilish darajasi aniqlab 
chiqilgan edi. V .A.Bogoroditskiy, A.M.Peshkovskiy, A.Bulaхovskiy kabi 
olimlar 20-30-yillarda, rus tilidagi ilmiy va badiiy matnlarda unli hamda 
undosh 
tovushlarning 
qo’llanilish 
darajasini 
aniqlashga 
oid 
ishlarni 
amalga 
oshirdilar. Masalan, A.M.Peshkovskiy rus tili og’zaki matnida 
qo’llangan unli va ayrim undosh tovushlarning ohangdorligini 
I.I.Turgenevning 
«Sadaqa» 
hikoyasi 
matnidagi 
ohangdorlik 
1

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling