S muhamedova, M. Saparniyozova


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

Piоtrоvskiy R.G. Infоrmatsiоnnоe izmerenie pechatnоgо teksta // Entrоpiya yazika 
i statistika rechi. –Minsk, 1966. -S.5-86.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
87 
bilan 
qiyoslagan 
edi. 
Uning 
ta’kidlashicha, 
I.I.Turgenev 
hikoyasi matnidagi ohangdorlik og’zaki matndan ancha yuqori. 
Chunki hikoya matnida shovqinli undoshlarga nisbatan jarangli va 
sonor undoshlar ancha ko’p qo’llangan. A gar V. Y a. Bu nyak ovsk iy
tils hun os likda s ta tis tik metodlardan foydalanish lozimligini ilk bor 
ta’kidlagan bo’lsa, yana bir mashhur matematik olim A.A.Markov 1912 
yilda birinchi bo’lib til materialiga statistik metodni sof matematik 
nuqtai nazardan qo’lladi. U «Evgeniy Onegin» she’riy romani 1 - va 2-
boblarining har biridan o’n olti satrni hisoblab, ular miqdorini 20.000 
harfga yetkazdi. Ana shu harflar zanjiri tarkibida qaysi undosh yoki unli 
tovush yonma-yon kelish ehtimollik darajasini aiiqladi. Keyinchalik u ishlab 
chiqqan metod Markov zanjiri deb yuritiladigan bo’ldi. 
N.A.Morozov 1915 yilda badiiy asarning haqiqiy muallifi va 
ko’chirmachi (plagiat)ni farqlash maqsadida matnni o’rganishning 
statistik metodidan foydalandi. Bu ishni u «Lingvistik spektr» deb 
nomlaydi. Muallif u yoki bu yozuvchi asarlari matnida yordamchi 
so’zlarning qo’llanish chastotasini grafiklarda aks ettiradi, bu grafiklarni 
o’zaro qiyoslab, har qanday matnning kimyoviy (morfologik) tarkibini, 
uning haqiqiy muallifini aniqlash mumkin. Bu usulni N.A.Morozov 
«stilemetrik etyud» deb nomlagan edi. Olim N.Karamzin, A.S.Pushkin, 
N.Zagoskin, N.V.Gogol, L.N.Tolstoy, I.I.Turgenev asarlarining birinchi 
1000 so’zi tarkibida yordamchi so’zlar miqdorini aniqlaydi. N.A.Morozov 
tadqiqotlaridan shu narsa ma’lum bo’ladiki, yozuvchilarning asarlarida 
(badiiy matnlarda) eng ko’p qo’llanadigan, chastotasi yuqori bo’lgan 
yordamchi
so’zlar v, na, s predloglaridir.
1929 yilda Krasnodar shahrida V.Chistyakov va B.Kramorenkolarning 
«Tilshunoslikda statistik metodni qo’llash tajribasidan» nomli asari 350 
nusхa nashr etilgan edi. Bu sobiq Ittifoqda lingvostatistika bo’yicha 
nashr etilgan dastlabki alohida risoladir. Asarda til materialini 
lingvostatistik metodda o’rganish bo’yicha juda ko’plab grafiklar,
diagrammalar keltirilgan.
Linvostatistika bo’yicha tadqiqotlarning markazida chastotali 
lug’atlar yaratish turadi. 1898 yilda Frants Keding nemis tilining
dastlabki chastotali lug’atini yaratgan edi. Buning uchun u 11
million so’zshaklning qo’llanishini tahlil qilib, shu asarda ularning 
chastotasini belgilagan. 1951 yilda Pragada F.Malerj rus tilining
chastotali lug’atini nemis tilida nashr yettirdi. Bu asar gazeta va
jurnal materiallaridan tanlab olingan 100.000 so’zqo’llash 
(slovoupotreblenie) asosida tayyorlangan. 
Amerika olimi G.Yosselьson birinchi bo’lib EHM 
yordamida rus tilining chastotali lug’atini tuzgan (1953). Olim 
bir asrlik davrga tegishli proza, poeziya va drama, 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
88 
materiallarini bir хil miqdorda tanlab, хuddi shu 
materiallarni litva, frantsuz, nemis va ingliz tillaridagi 
tarjimalari bilan qiyosladi. SHu asosda rus tili grammatik 
qurilishiga doir bir million so’zqo’llashda mustaqil va yordamchi
so’zlarning chastotalarini belgilab bertan edi. 
O’tgan asrning 40-yillaridan boshlab lingvostatistik metodlar 
yordamida eng qadimgi Hind-Yevropa tillari, ugor-fin tillari va Kavkaz 
tillarining shakllanish davrini aniqlash bo’yicha ko’pgina ishlar amalga 
oshirildi. Bunga tilshunoslikda glottoхronologik metod deb yuritiladi. 
1905 yilda E.Arnold «Vedalarning vaznlari haqida» nomli asarini 
eьlon qildi. Bunda olim qadimgi hind diniy qo’shiqlari «Rigveda» 
shakllarining eng qadimgi ko’rinishlarini glottoхronologik metod 
yordamida aniqlashga intildi. Tilshunos olim Gerхard Zolta nemis tilida 
yaratilgan «Arman tilidagi qadimgi so’zlarning miqdori» nomli asarida 
qadimgi arman tilida o’nta til (yunon, qadimgi hind - sanskrit, german, 
boltiq, slavyan, lotin, irland, kelьt, alban, toхar)dan o’zlashgan so’zlar 
mavjudligini glotgoхronologik metod yordamida aniqlagan edi. 
Yana bir tilshunos G.Berejskiy esa mariy tilida qadimgi fin-ugor
bobo tilidan o’zlashgan 682ta bir o’zakli so’zlar mavjudligini shu 
metod yordamida aniqlashga muvaffaq bo’lgan.
Rus 
tilshunosligidagi 
tillarga 
o’qitish yo’nalishida lingvistik 
statistikadan ham keng foydalanilgan. Ma’lumki, ona tilidan tashqari ikkinchi 
bir tilni o’rganayotganda, avvalo, ushbu tilning lug’at boyligiga murojaat 
qilinadi. Ammo har bir tilning lug’at boyligida ming-minglab turli so’zlar 
mavjud bo’lib, ularning hammasini eslab qolish mumkin emasligi tabiiy. Shu 
sababli o’rganilayotgan tilning dastlab eng asosiy hamda tez-tez qo’llanib 
turadigan so’zlarinigina o’zlashtirishga kirishiladi va muntazam ravishda 
bosqichma-bosqich so’z boyligi orttirib boriladi. Buning uchun esa 
leksikostatistik manbalar-ma’lumotlar asosiy poydevor vazifasini o’taydi. 
L.N.Zasorinaning 
ta’kidlashicha, 
leksikostatistikaning 
markaziy 
muammosi jonli (funktsional) tilning statistik qonuniyatlarini va matnning 
statistik strukturasini aniqlashdir. Matnning statistik strukturasi deyilganda, 
shartli ravishda, ma’lum matndagi turli so’zlar miqdori bilan shu matnda 
uning qaytarilish-qaytalanish chastotasi orasidagi munosabat tushuniladi 
3
.
SHunga ko’ra statistik ma’lumotlarni to’plash, qayta ishlash kabi murakkab 
jarayondagi barcha ishlarni EHMga yuklash zaruriyati kelib chiqqan holda 
kompyuter lingvistikasida statistik yo’nalish yuzaga keldi. U rus 
tilshunosligida avtomatik tarzda tilga o’qitish yo’nalishi bilan hamohang 
tarzda rivojlanib borgan .

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling