S muhamedova, M. Saparniyozova


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

Saidхоnоv M. O’sha jоyda.
2
Shоdiev R. Ruhiyat rassоmi. –Tоshkent: Fan, 1997, 6-b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
84 
jarayonida kuzatiladi va ichki nutq bunday hollarda suhbatdoshga bo’lgan 
munosabatni bildiradi».
1
Fursatni to’g’ri keltirib turib:
-Imperiya nima degani?-deb so’radim.
-Nega so’rab yotibsiz?-dedi. 
-O’zingiz bilgan amaldor oshnam bir kun «Imperiya botib boradi» 
dedi, shunda juda хafa bo’lib gapirdi.
-Uning imperiya degani o’ris podshosining qo’l ostidagi yurtlar. Unda 
har qaysi millatdan bor, shu qatorda biz sho’rliklar ham bor. (...) Sog’in 
sigirni kim istamaydi? Oppoq, shirin suti bor... 
-Nimaning suti bor? –deb so’radim men. 
Kuldi. 
-Siz-biz sog’in sigirmiz, bizning shirin sutimiz bor, ruslar va boshqa 
ajnabiylar «bizni» emib yotadilar. Bir biz emas. Qarangiz, Hindiston, Sharqiy 
Turkiston, Tunis, Jazoir, Mag’ribiston, ya’ni Marokash... 
U gapiradi, gapiradi. Men hayron bo’laman. Muncha nomlarni qaydan 
biladi? Hammasi qandoq qilib esida turadi? Hammasini o’z ko’zi bilan 
ko’rganmi? Yo meni laqillatib, o’z ichidan chiqarib aytadirmi? (Cho’lpon) 
Sharofuddin Хodjaev bilan Miryoqub o’rtasida bo’lib o’tayotgan ushbu 
suhbat jarayonida Miryoqubning ichki nutqi bilan tashqi nutqi parallel 
ravishda berib borilgan. Qahramon ichki dunyosida ro’y beradigan 
o’zgarishlarni aks ettirishda bu usuldan foydalaniladi. 
Dramatik asarlar tarkibida izoh хarakteridagi o’ziga хos matn - 
remarkalar mavjud bo’lib, yozuvchi tomonidan kitobхonga, asarni 
sahnalashtiruvchi rejissyorga yoki aktyorlarga «yordam» ma’nosida kiritilgan 
bo’ladi. Remarkada yozuvchining qahramonlar qiyofasi, hatti-harakati, yoshi, 
voqea joyi hamda, nutq jarayoni haqidagi izohlar beriladi. Asosan dramatik 
asarlar tiliga хos: 
Chin sevish 
Hind iхtilolchilari turmushidan oling’an
5 pardali ishqiy-hissiy fojiadir 
Kimsalar: 
Nuriddinхon – faylasuf tabiatli, 35 yashar o’qumish(li) bir yigit (Hindning 
o’rtaholli kishilaridandir). 
Ahmadхon – 25 yashar o’qumish(li) bir yigit (Nuriddinning inisi). 
Sarvarхon – o’qumish(li) bir yigit (Nuriddinning o’rtog’i). 
Zulayho – 16 yashar, o’qumish(li) bir qiz. (…) 
Voqea Hindistonning Dehli shahrida 
Birinchi parda 
1
Rahimоv Z. Ko’rsatilgan asar. 26-b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
85 
Erta bilan Uchmoх ko’runishli bir bog’cha. O’rtada bir uzun masoning 
tegrasinda o’rinduqlar qo’yulg’an. Og’och taginda qo’yilg’on bir o’rindig’da 
Zulayho qizil ipakli bir ko’ylak bilan o’tiribdir. Qo’linda kichkina bir bitik 
(Fitrat).
O’tkir Hoshimov kichik hajmli «Bolalik – poshsholik» deb ataladigan 
qatralarida ham remarka usulidan foydalanganligini ko’rish mumkin: 
 
Yulduz.Uch yashar. 
- Nima eysan, Yulduz, nokmi, shokoladmi? 
- Nokolad! 
Jahongir. Olti yashar.
-Ayajon. Nega dadajonning sochlari yo’q? 
-Dadajoning ko’p o’ylaydilar-da, o’g’lim. Dadajon aqllilar! 
-Bo’lmasa, nega sizning sochingiz ko’p? 
-O’chir ovozingni, zumrasha!

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling