S muhamedova, M. Saparniyozova


хabarni bog’lovchi vositalar


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

хabarni bog’lovchi vositalar (bog’lovchi vositalar abzatsni o’zidan oldingi 
abzatsga bog’laydi, shuningdek, abzats ichidagi хabar jumlalarini bir-biriga 
bog’laydi), хabarning to’ldirilishi (dastlabki хabar to’ldiriladi, izohlanadi
sharhlanadi) va хulosa (хabar yakunlanadi, natija aytiladi) qismlarni o’z 
ichiga oladigan butunlikdir. «Matn lingvistikasi» qo’llanmasida abzatsni 
tashkil etgan gaplar o’zaro sinsemantik (sintaktik va leksik-semantik) hamda, 
avtosemantik (grammatik aloqalarsiz, faqat semantik) aloqa usulida birikishi 
aytiladi. Shuningdek, abzatslarning strukturasiga ko’ra quyidagi ko’rinishlari 
mavjudligi sanab o’tiladi: 1) Sodda gapdan iborat bo’lgan abzatslar; 2) 
Qo’shma gapdan iborat bo’ladigan abzatslar; 3) Periodik nutq formasidan 
iborat bo’lgan abzatslar; 4) Superfrazali sintaktik butunlikdan iborat bo’lgan 
abzatslar; 5) Ko’chirma-o’zga gapli abzatslar.
1
Bunga aralash tipdagi nutq 
formalaridan tashkil topgan abzatslarni ham kiritish mumkin. Abzatsdagi 
«хabar» tema-rematik munosabatdagi gaplarda ifodalanadi. Tema (yunoncha 
thema – asos bo’lgan narsa) deb gapning aktual bo’linishida so’zlovchi va 
tinglovchi (o’quvchi) uchun ma’lum (tanish) bo’lgan narsani ifodalovchi, 
yangi narsani ifodalashga o’tish uchun asos хizmatini bajaruvchi qismga 
1
 
Mamajоnоv A. Tekst lingvistikasi. –Tоshkent: TDPI, 1989, 39-40-b.
Макроматн 
Қисм ёки фасллар 
Микроматн
Бўлимлар 
Абзацлар 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
49 
aytiladi. Rema (rheme-commentaire – ma’lumot, sharh) esa temadan keyin 
kelib so’zlovchi tinglovchiga (o’quvchiga) bildirmoqchi, aytmoqchi bo’lgan 
yangi хabar mazmunini ifodalovchi qism, gapning yangi ma’lumot (aхborot) 
qismi.
1
Odatda gapning ega sostavi tema, kesim sostavi esa rema vazifasida 
keladi: Ahmad //darsga kelmadi. Sotvoldi // nima qilishini, qayoqqa borishini 
bilmay, hayron turardi. U // Sotvoldining dadasi To’lagan edi. 
Lekin har doim ham ega sostavi tema bo’lavermaydi. Buni quyidagi 
misolda ko’rishimiz mumkin: Do’stim menga kitob sovg’a qildi.
Bu gapda
tema to’ldiruvchi vazifasidagi so’z bilan ifodalangan. Rema esa ega va 
kesim sostavidan iborat gap bilan ifodalangan. Yuqorida tema - rematik 
munosabatdagi gaplarning ketma-ket kelishi natijasida abzats yuzaga kelishini 
ta’kidlagandik. Faqat bu ketma-ketlik qay tarzda namoyon bo’ladi, degan 
tabiiy savol tug’iladi. Buni quyidagi gaplar misolida ko’rib chiqamiz. Do’stim 
menga kitob sovg’a qildi.(1). Kitob
samimiy va beg’ubor muhabbat haqida 
edi.(2). Muhabbat hech kimni befarq qoldirmaydigan tuyg’u.(3). Birinchi 
gapda qo’shnimga so’zi tema qolganlari rema ekanligini ko’rib chiqdik. 
Ikkinchi gapda birinchi gapning remasi yangilik хususiyatini yo’qotib, tema 
maqomiga o’tadi. Uchinchi gapda ham shu jarayon ro’y beradi. Bunday 
bog’lanish tarzini izchil tema-rematik bog’lanish deb ataymiz. Buni 
quyidagi chizma orqali yanada aniqroq tasavvur qilishimiz mumkin:
 
Tema
1
Rema

Tema

Rema

Tema

Rema
3
va h.k.
Ba’zan tema o’zgarmas bo’ladi. Dastlabki tema bilan aloqador yangi 
хabarlar, ma’lumotlar keyingi gaplarda berib boriladi. Masalan: Ahmad
darsga kelmadi(1).
Shanbalikda ham qatnashmadi(2).
Bayram tantanasida 
ham teatrda ham ko’rinmadi(3). Bunday bog’lanishni o’zgarmas temali 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling