Mavzu: Novda metamorfozini o’rganish mavzuning maqsadi
Download 0.66 Mb.
|
19-labaratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- KЕRAKLI JIXOZLAR
Mavzu: Novda metamorfozini o’rganish MAVZUNING MAQSADI: Kartoshka tuganagi, piyozbosh, ajriq ildizpoyasi misolida o‘zgargan novdalarni, gerbariylar asosida poya tiplarini va shoxlanish tiplarini makkajo‘xori va bug‘doy poyasining ko‘ndalang kesmasi asosida poyaning birlamchi anatomik tuzilishini o‘rganish. KЕRAKLI JIXOZLAR: kartoshka tuganagi, piyozbosh, ajriq ildizpoyasi, gerbariylar, makkajo‘xori, bug‘doy poyasi, mikroskop, floroglyutsin, glitserin, xlorid kislota, mayda asboblar, rasmlar va jadvallar. ISH TARTIBI: Novdaning asosiy vazifasi ildiz bilan barglar orasida moddalarni hara- katlantirishdir. Poyada o‘tkazuvchi va mexanik to‘qimalar rivojlangan bo‘ladi. O‘simlikning yashash sharoitiga qarab novda ichki va tashqi qiyofasini o‘zgartiradi ya'ni metamorfozlashadi. Metamorfozlashgan novdalar ko‘rinishiga qarab turli vazifani bajaradi. Yer ustki novdalar ko‘pincha barg shakliga kiradi va barg vazifasini bajaradi. kaktus, ruskus. Novdaning gajak yoki tikanga aylanganligini uzum, qovoq, do‘lana kabi daraxtlarda uchratish mumkin. Novdaning yer ostki qismi ham metamorfozlanadi. Piyozbosh – piyoz, lola, sarimsoqlarda va boshqalarda, tuganak – kartoshkada, ildiz poya - ajriqda ko‘rishimiz mumkin. Bug‘doyiq poyasining ichki tuzilishini o‘rganish uchun uning eng ustki bo‘g‘im oralig‘idan ko‘ndalangiga yupqa kesma tayyorlanadi, kesma yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan usullarda bo‘yaladi. Tayyor bo‘lgan preparatni mikroskopda ko‘riladi. Bug‘doyiq poyasining tashqi tomoni ham epiderma bilan qoplangan. Epiderma hujayralari orasida og‘izchalar joylashgan. Og‘izchalar assimilyatsion to‘qimalarga taqaladi. Epidermis ostida esa bir necha qavat xalqasimon bo‘lib, mexanik to‘qima sklerenxima joylashadi. Sklerenxima poyaga mustahkamlik berib turadi. Sklerenximadan ichkariroqda asosiy parenxima joylashadi, bu to‘qimada yopiq kollateral naytola bog‘lamlari poyada tartib bilan joylashadi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling