1. Molekulalar haqidagi tushunchalar Molekulalarning hosil boʻlishi
Download 54.71 Kb.
|
Komiljon13
Reja: 1. Molekulalar haqidagi tushunchalar 2. Molekulalarning hosil boʻlishi 3. Molekulalarning spektrlarida kuzatiladigan asosiy qonuniyatlar 4. Molekulalar spektrlari Kirish Malumki, fizika tabiat to’g’risidagi fandir. Tabiatda kuzatiladigan hodisalar gaz, suyuqlik, qattiq jism holatidagi moddalar ishtirokida sodir bo’ladi. Plazma holati (ionlashgan gaz holati) ham bor. Ana shu agregat holatlardagi moddalarning tarkibini, tuzilishini va ularning shu moddalarxususiyati bilan bog’liqligini o’rganish molekulyar fizika fanining asosiy maqsadi va vazifasidir. Kundalik turmushimizda moddalarni qismlarga bo’lish hodisasiga ko’p uchraymiz: qattiq, suyuq va gaz holatdagi moddalar qismlarga bo’linadilar. Masalan, bo’r parchasini yoki biror idishdagi suvni qismlarga bo’lish mumkin. Muhimi shundaki, bo’linish natijasida hosil bo’lgan har bir qism bo’linishdan oldingi moddaning to’liq xususiyatlariga ega bo’ladi. Masalan, bo’rning parchalari ham bo’r, kichik idishdagi suv ham katta idishdagi suv xususiyatlariga ega. Bunday misollarni juda ko’p keltirish mumkin. Endi savol tug’ilishi mumkinki, berilgan moddani qismlarga bo’linishini cheksiz davom ettirish mumkinmi? Yoki bo’linishning ham chegarasi bormi? Takidlab o’tish kerakki, jismning bo’linish natijasida hosil bo’lgan qismining xususiyati, bo’lingandan oldingi xususiyatidan farq qilmasligi kerak, faqat modda miqdori bilan farq qilishi mumkin. Ko’p usullar yordamida olib borilgan izlanishlar shuni ko’rsatadiki, berilgan moddani qaysi agregat holatda bo’lishdan qat’iy nazar ma’lum chegaragacha qismlarga, bo’laklarga bo’lish mumkin ekan. Bunda eng mayda qism shu moddaning katta bo’lagining xususiyatiga ega bo’ladi. Ana shu bo’lakni ham yana bo’lish mumkin, lekin bu bo’lish natijasida hosil bo’lgan qismlar, ularning bo’linishdan oldingi xususiyatlaridan tubdan farq qiladi. Moddaning eng kichik bo’lakchasi, zarrachasi, qaysikim shu moddaning xususiyatlariga ega, molekula deb ataladi. Download 54.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling