1. Molekulalar haqidagi tushunchalar Molekulalarning hosil boʻlishi


Rasm-Elektron bulutining geometrik konfiguratsiyalari


Download 54.71 Kb.
bet5/11
Sana16.06.2023
Hajmi54.71 Kb.
#1493439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Komiljon13

Rasm-Elektron bulutining geometrik konfiguratsiyalari.
3. Magnit kvant soni m – elektron bulutining fazodagi oriyentatsiyasi yo’nalishini ifodalaydi. Berilgan l ning qiymatida elektron bulutining fazoda necha xil yo’nalishga ega bo’lishligini (oriyentatsiyasini) ifodalaydi. Berilgan n va l qiymatlarida m ning o’zgarishi energetik sathlarning
o’zgarishiga olib kelmaydi (magnit maydoni bo’lmagan paytda) m = 0, ± 1, ± 2….., ± l.
4. Elektronning spini +(1/2) ga yoki –(1/2) ga tengdir. Elektronlarni qobiqlar bo’yic ha joylashishida Pauli prinsipi muhim rol o’ynaydi. Pauli prinsipiga ko’ra har bir elektron qobig’ida 4 ta kvant soni bir xil bo’lgan 2 tadan ortiq elektron bo’lishi mumkin emas. Ular hech bo’lmaganda elektronlarning spinlari yo’nalishi bilan farq qilishlari kerak. Shunga asosan S–qobiq’ida ikkita elektron (H2, He2), P–qobig’ida (Li, Be, B, C, N, O, F, Ne) oltitagacha elektron (1S2 2S2 2P6) bo’lishi mumkin, Na elementida o’n bitta elektron (1S2 2S2 2P6 3S1) va hokazo. Neytral atomning tashqi orbitasidagi elektronga valent elektron deyiladi. Unga mos keluvchi qobiqqa – valent qobiq deyiladi. Ixtiyoriy elektron qobig’i, shu jumladan, valent qobiq ham, uch holatda bo’lishi mumkin. 1–holat bo’sh vakant qobiq, 1 ta elektroni bo’lgan holat, spini kompensatsiya qilinmagan holat va 2 ta elektronlarning spinlari o’zaro kompensatsiya qilingan holat bunga elektron juftlik holat ham deyiladi. Misol tariqasida 1.2.–jadvalda Mendeleyev davriy sistemasida boshlang’ich 11 ta element uchun elektron qobiqlarida elektronlarning taqsimlanishi keltirilgan. Ba’zan ixchamlik uchun ko’rilayotgan qobiq yozilib, undan oldinigisi yozilmaydi, undan oldingi qobiqlar to’ldirilgan deb qaraladi, masalan, 2S desak, undan oldingi 1S2 yoki 3S desak, undan oldingi 1S2 2S2 2P6 bor deb qaraladi. R–qobiqda elektronlarning taqsimlanishi o’zaro perpendikulyar bo’lgan Rx Ry Rz o’qlardan iborat bo’lib, ularda 1 ta yoki 2 ta elektron bo’lib, valentlik shu elektron spinlarining yig’indisi bilan aniqlanadi, masalan, azotda har bir yo’nalishda bittadan elektron, shuning uchun azot uch valentli. Berilliy, bor va uglerodda 2S–holatdagi elektronlarning spinlari o’zaro parallel bo’lganda, ular mos ravishda 2, 3 va 4 valentli bo’ladilar. Neonda R–qobig’ining har bir o’qi (Rx Ry Rz) bo’yicha 2 ta elektronlarning spinlari antiparallel bo’lgani uchun, yig’indi spin 0 ga teng, shuning uchun Ne inert bo’lib reaksiyaga kirishmaydi.


Download 54.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling