1. Molekulalar haqidagi tushunchalar Molekulalarning hosil boʻlishi
Download 54.71 Kb.
|
Komiljon13
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasm-NaF molekulasining hosil bo’lishi.
2. Molekulalarning hosil boʻlishi
Atomlardan molekulaning hosil bo’lishi. Quyidagi ikki guruh elementlar misolida atomlardan molekulaning hosil bo’lishini qarab chiqamiz. Birinchi guruh bu shunday elementlar guruhiki, ulardagi atomlarning tashqi elektron qobig’ida faqat bitta elektron bor (Li, Na, K, Pb, Cs, Fr…). Bu elementlarda tashqi orbitadagi elektron atom bilan uncha mustahkam bog’lanmagan (ionizatsiya potensiali kichik), natijada atom bu elektronni osonlik bilan yo’qotishi mumkin. Ikkinchi guruh bu shunday elementlar guruhiki, ulardagi atomlarning tashqi elektron qobig’ida 7 tadan elektron bor (F, Cl, Br, I…). Bu guruh elementlari katta ionizatsiya potensialiga ega bo’lib, tashqaridan elektronni qabul qilib olish imkoniyatiga ega. Agar birinchi guruh atomlari ikkinchi guruh atomlariga yaqinlashsa, masalan, Na atomi F atomiga yaqinlashsa, u holda Na atomi o’zining tashqi orbitasidagi bitta elektronini F atomiga berib, o’zining tashqi elektron qobig’ida 8 ta elektroni bo’lgan musbat ionga aylanadi. F atomi esa o’zining tashqi orbitasiga bitta elektronni qabul qiladi va uning ham tashqi elektron qobig’ida 8 ta elektron bo’lib, manfiy ionga aylanadi. Bu turli zaryadga ega bo’lib qolgan ionlar o’rtasida elektrostatik tortishish kuchi vujudga keladi va bu kuch ionlarni molekulaga birlashtiradi. Shunday yo’l bilan hosil bo’lgan molekulalarga ionli molekulalar deyiladi va ular asosan geteropolyar molekulalarga tegishli. Fizik nuqtai nazardan ionli bog’lanishda ta’sir etuvchi ionlar o’rtasida to’liq zaryad almashinish vujudga keladi (ko’rilayotgan holda elektron almashinish). Ionlarning bir–biriga tortish potensial en Rasm-NaF molekulasining hosil bo’lishi. ergiyasi quyidagicha aniqlanadi: U(r)=–e2/40r0 , (1.1.) bu yerda r0 – ionlar orasidagi masofa. Zaryad almashinish natijasida hosil bo’lgan ionlar o’rtasida itarish kuchlari ham mavjud. Agar ionlar o’rtasida itarish kuchlari bo’lmaganda edi, bu ionlar bir–birlarining ichlariga kirib borishlari mumkin edi. Download 54.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling